Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Reja


Download 286.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana06.11.2023
Hajmi286.53 Kb.
#1751941
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Nazariy material

1) Ta’lim va tarbiya funksiyasi. Jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim 
tizimidagi doimiy tarzdagi, hayotda kerak bo‘ladigan, harakat ko‘nikmasi va 
malakalarini, ular bilan bog‘liq bilimlarni tashkil topishida foydalanganda to‘liq 
ko‘rinadi. 
2) Amaliy funksiyasi. Jismoniy madaniyatning mehnat faoliyatida, 
professional amaliy tayyorgarlik omili sifatida maxsus tayyorgarlik tizimida 
qo‘llanganda ko‘rinadi. 
3) Sport funksiyasi. Sportni yuqori ko‘rsatkichlar sohasida, jismoniy 
madaniyat maksimal natijalarga erishish omili hamda jismoniy va unga bevosita 
taalluqli imkoniyatlarni ko‘rsatishda aniq ko‘rinadi. 
4) Rekriativ va sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya funksiyasi. Jismoniy 


madaniyatni dam olishni tashkil qilish sohasida yoki organizmni maxsus qayta 
tiklash tizimida, charchashga qarshi kurash omili sifatida, emotsional talablarni 
qondirishda va organizmni vaqtincha yo‘qotgan funksional imkoniyatlarini qayta 
tiklashda ko‘proq ko‘rinadi. Ko‘pgina ilmiy ishlarda gipodinamiya yurak qon-
tomir tizimi kasalliklariga olib kelishi isbotlangan. Shuning uchun ham rekriativ 
va sog‘lomlashtirish funksiyasining ahamiyati juda katta. 
Jismoniy madaniyatning bu funksiyalarini amalga oshirish ob’ektiv ravishda 
faqatgina kishining jismoniy sifatlarigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki uning 
ruhiy va shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. 
Umumiy funksiyalari. Madaniyatga taalluqli bo‘lgan hamma umumiy 
funksiyalar, u yoki bu holda jismoniy madaniyat sohasida ham ko‘rinadi. 
1) Estetik funksiyasi. Jismoniy madaniyatni o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lib, insonlarni jismoniy kamolotga, sog‘lom bo‘lishga, 
umumiy garmonik rivojlanishiga bo‘lgan talablarini qondiradi. Shuning uchun ham 
har xil san’at turlarida jismoniy madaniyat turlarini qayd qilish keng yo‘l olgan 
bo‘lsa, sportning o‘zi ham san’atning ko‘pgina ko‘rinishlarini qabul qiladi. 

Download 286.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling