Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Reja


Download 286.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana06.11.2023
Hajmi286.53 Kb.
#1751941
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Nazariy material

2) Normativ funksiyasi. Jismoniy madaniyatni jamiyatdagi amaliyotda 
ishlatilishi bilan, ma’lum mezonlar ishlab chiqiladi va mustahkamlanadi. Bular esa 
tartiblashtirilgan, sport ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichi, jismoniy 
kamolotning umumiy kriteriyalari, jismoniy yuklamani me’yorlashtirish qoidalari 
va h.k. bo‘ladi.Bular amaliyotda “Alpomish” va “Barchinoy” sport majmuasi va 
O‘zbekiston Respublikasi sport klassifikatsiyasida yaxshi ko‘rsatilgan. 
3) Axborot funksiyasi. Jismoniy madaniyat vositalari va ularni ko‘paytirish 
yo‘lida, avloddan avlodga qimmatbaho ma’lumotlarni qoldirishda va ularni 
yig‘ishda inson va uning imkoniyatlari katta o‘rin egallaydi. 
Jismoniy madaniyat sohasida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar 
insonni o‘zini tabiiy sifatlarini takomillashtirish va uni yutuqlarini tashish axboroti 
bo‘lib xizmat qiladi. Kundan kunga jismoniy tarbiya va sportda ko‘pgina yangi 
ma’lumotlar paydo bo‘lyapti va ular asoisda qonuniyatlar topilayapti. 
Masalan: sportni ilmiy tomondan tekshirish, bizning organizmimizning 
funksional imkoniyatlarini, fiziologiyada hozirgacha ma’lum bo‘lmagan faktlarni 
ochib berdi. 
Bugungi kunda jahonda sport bo‘yicha musobaqalar xalqlar o‘rtasidagi 
do‘stlikni mustahkamlashga, insonlar salomatligini rivojlantirishga, turli xil 
kasalliklarni oldini olishga qaratilgandir. Sportni ommaviy tarzda targ‘ib qilinishi 
o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham, butun dunyo ommasini ham unga jalb 
qilishdir. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish shaxslar, jamoalar va xalqlar 
o‘rtasidagi aloqalar million-million xalqlarni birlashtirib, eng ko‘p tarqalgan 
shakllardan biri bo‘lib qoldi. . Jismoniy madaniyat harakatini o‘sib boruvchi 
oqimida xalqaro shakllarini ham hisobga olganda xalqlar o‘rtasida, do‘stlik va 
tinchlik orqali g‘oyaviy birlashish va do‘stona aloqa qilish turibdi. “Sport tilining” 
universalligi, hamma insonlarni tarjimasiz tushunishi, haqqoniy kurasha olishi, 
kishilarni tarqatmasdan balki birlashtirishga olib keladi. 

Download 286.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling