Mavzu: jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari
Download 93 Kb.
|
8 MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish tizimi.
- Ta’limiy vazifalari
- Tarbiyaviy vazifalar
Yurak-tomir tizimi boshqa tizimlarga nisbatan oldinroq faollik ko’rsata boshlaydi. Bola tug’ulishda yurak-tomir tizimi ancha yetuk bo’ladi. Bolalarda qon-tomirlari kattalarnikiga qaraganda ancha kengroq. Shu munosabat bilan qon bosim kamroq, lekin u yurak qisqarish chastotasi bilan moslashib boradi. Yurak qisqarish ritmi oson buziladi. Yurak kuchlanishi ishdan tez charchaydi va tez o’zgaruvchan faoliyatga birdan moslasha olmaydi. Kichkina bolalarda pulьs juda tez daqiqasiga 140-160 marta uradi. Asta-sekin u kamayib boradi, 7 yoshga to’lganda daqiqasiga 95-85 zarbaga yetadi. Bularni hisobga olgan holda yurak mushaklarini, shuningdek butun tomirlar, jumladan, miya tomirini ham mustahkamlashga harakat qilish kerak. Yurakka qon oqishini kuchaytirib, uning qisqarish ritmini yaxshilash, birdan o’zgarib qoluvchi jismoniy yuklanishga tezda moslashuv qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Nafas olish tizimi. Bolalarda yuqori nafas olish yo’llari nisbatan tor, uning shilimshiq qobig’i limfatik va qon tomirlariga boy, noqulay sharoitlarda shishib, nafas olishni keskin buzadi. O’pka hujayralari juda nozik. Ko’krak qafasining harakatchanligi cheklangan. Qovurg’alarning gorizontal joylashuvi va nafas olish muskullari sust rivojlangan (chaqqaloq bolalar daqiqasiga 40-35 marta, 7 yoshlilar esa 24-22 marta nafas oladilar). Sayoz nafas olishda o’pkaning yaxshi havo almashtirib bo’lmaydigan qismida havo turib qolishi ro’y beradi. Ko’rsatilgan xususiyatlarga bog’liq xolda ko’krak qafasi chuqur nafas olishi, nafas olish ritmini muqarrar etishi, o’pkaning hayotiy sig’imini oshirish zarur bo’lib qoladi. Undan tashqari bolalarni burin orqali nafas olishga o’rgatish zarur. Burun orqali nafas olganda havo maxsus asbob nuqtalariga ta’sir etadi, natijada nafas olish markazi qo’zg’alishi yaxshilanadi, chuqurroq nafas olinadi. Og’iz orqali nafas olganda sovuq havo nafas olishning shilimshiq qobig’i (mindalin)ga ta’sir etib, uning kasallanishi, natijada organizmga og’riq beruvchi bakteriyalar tushishi mumkin. Agar bola burin orqali nafas olsa, shilimshiq qobiqdagi qilchalar xavodagi changni ushlab qoladi, shunday qilib havo tozalanadi. Bolalarda, ayniqsa yosh bolalarda ovqat hazm qilish organlari yetarlicha rivojlanmagan. Muskul qobig’ining kuchsizligi natijasida ichak harakat faoliyati kichkina va tez buziladi. Ichakning tekis muskul to’qimalarini mustahkamlash, uning to’g’ri ishlashini ta’minlash zarur. Teri ichki organlarini va to’qimalarni ularga mikroorganizlar kirishidan saqlaydi va ter chiqarish organi hisoblanadi, issiqni boshqarish va nafas olishda qatnashadi. Bolalar terisi juda nozik va tez yaralanadi. SHu munosabat bilan bola terisini jarohatlanishdan saqlash va uning (issiq almashinuvchi va himoyachi) funktsiyasini to’g’ri rivojlantirishga imkon berish zarur. Bola tug’ilishda uning asab tizimi o’zining bir qancha funktsiyalarini bajarishga tayyor emas. Vegitativ asab tizimi ancha rivojlangan. Bolalar ko’zg’alish va tormozlanish uchun tekis bo’lmagan jarayonlari, kam harakatchanlik tormozlanish ishga ko’ra ko’zg’alish yuqoriroq ekanligiga hosdir. Shu munosabat bilan maktabgacha yoshda asab jarayonini takomillashtirishga, faol tormozlanishini, shuningdek harakat analizatorlari, sezgi organlarini rivojlantirishga imkon berish zarur. Maktabgacha yoshdagi o’quvchilarda issiqni boshqarish kam rivojlangan bo’lgani uchun organizmni tashqi muhitni noqulay sharoitlarga (suv, havoning past va harorati, quyosh nuri ta’siriga), ya’ni chiniqishini tavsiya etadi. O’zbekiston o’quvchi yoshlarni tarbiya kontseptsiyasida ko’rsatilganiga ko’ra maktabgacha tarbiya maqsadi bolani shaxs sifatida oyoqqa turg’azishdir, oldindan tuzilgan dasturga asosan qayta qurish emas. Jamoa maktabgacha tarbiya tizimi oilaviy tarbiya bilan bog’liq holda olib borilganidagina, uni to’ldiruvchi bo’lgandagina, oiladan ajratilmagan xoldagina bolalarga yordam berish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda etnik va etnopsixologik xususiyatlarni hisobga olish zarur. Bolaning psixik va shaxsiy rivojlanishida oiladagi tarbiya o’zining ahamiyati jihatidan yuqori bo’lishi kerak. Oilada bola birinchi marta o’z halqining madaniyati va turmushi bilan to’qnashadi, milliy odatlarini o’zlashtira boradi. Oiladagi tarbiya bola himoyasini amalga oshiradi, va jismoniy va hissiy qulayliklar yaratadi. Shu narsani ta’kidlash kerakki, umumittifoq dasturi O’zbekiston sharoitida oqlanmadi. Mintaqa xususiyati (jug’rofiyasi, yil fasllarining davomiyligi), jismoniy tarbiya tizimiga original yondashishni talab etadi, uning muvaffaqiyati bo’lishiga o’quvchining psixologiyasi va sog’ligi ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Iqlim sharoiti o’quvchilar faoliyatining ko’p qismini ochiq havoda tashkil etishga imkoniyat yaratadi (bunga hamma amaliy mashg’ulotlar kiradi). O’quvchilar faoliyatini mumkin qadar tabiiy shakllarga yaqinlashtirish bolaning harakatga bo’lgan talabini hisobga olishdir. O’quvchining o’z kuchiga qarab ishga jalb etish har doim ham emotsional hissiyotini hosil qiladi hamda faollikdagi bolalar talabini amalga oshiradi. Tarbiya muassasalarida yoshlikdan boshlab sog’liqni saqlashni odatga kirita borish kerak. Bolani sog’lom, chaqqon, mard, kuchli bo’lishi kun tartibiga rioya qilish, harakatli halq o’yinlarini sevib bajarishi uchun sharoit yaratish kerakki, unda irodalikni namoyon etishga, jismoniy va psixologik xarakterdagi qiyinchilikni yengishga intilish zarur. Bunda qiz va o’g’il bolalarni jismoniy tarbiya asosida kelajakdagi qiz va yigitlarning sifatlarini tarbiyalab, o’ziga hos xususiyatlarni hisobga olish zarur. Juda kichik yoshdan boshlab bolalarda sog’liq uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirib borish darkor. Gigienik tarbiyalarda kelajakdagi sog’lom turmush kechishi uchun qo’yilgan yo’riqlarni shakllantirish uchun zarur bo’lgan ozodalik madaniyati asosdir. Gigienik va jismoniy salomatlik ko’p jihatdan sog’liqni saqlash va halq ta’limining birgalikda olib boriladigan ishlariga bog’liqdir. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya oliygohi ilmiy-metodik labaratoriyasi Farzandingiz sog’lom bo’lishini istasangiz deb nomlangan, 3-6 yoshli bolalarga mo’lljalangan, oilada o’tkaziladigan jismoniy mashqlar qo’shimcha mashg’ulotlari haqida metodik tavsiyanomalar shuningdek, bolalarda jismoniy madaniyat va sport, mustaqillikni tarbiyalash sohasidagi bilimlarni shakllantirish bo’yicha o’quv qo’llanmasini ishlab chiqdilar. 2. Ta’limiy vazifalari - uquvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni: harakat ko’nikmalarini va malakani shakllantirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, to’g’ri qaddi-qomat, gigiena qo’nikmalarini singdirib borish, maxsus bilimlarni egallash, mustaqillik ko’nikmasini singdirish kabilarni ham hal etib borish zarur. Ko’pgina harakatlar (emaklab yurish, yurish, yugurish, velosoped uchish va boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko’p foydalaniladi, bu esa atrof-muhit bilan aloqani yengillashtiradi va uni bilish imkonini beradi. Emaklay boshlagan bolaning o’zi uni qiziqtirayotgan buyum oldiga kelib kuzata boshlaydi. Velosipedda uchuvchi bola havoni, suzishni biluvchi bola esa suv hossalarini yaxshi bilib oladilar. Mustahkam harakat ko’nikma va malakalari jismoniy kuchni tejashga imkon beradi. Chunki u oson, kuchlanish katta bo’lmagan holda bajaradi hamda mashq bajarishga asab-mushak energiyasini kam sarflaydi. Mustahkam shakllangan harakat malaka va ko’nikmalaridan foydalanish harakat jarayonida, ayniqsa o’yin faoliyatida ko’nikmagan xolatlarda vujudga keladigan vazifalarni tushunib olishga imkon beradi. Masalan: yugurib kelib uzunlikka sakrashni o’rganib olgan bola Fovurdagi Bo’ri o’yinida chuqur ustida qanday sakrash haqida o’ylamasdan, balki Bo’ridan qanday qutilish kerakligini o’ylaydi. 7 yoshgacha bolalarda shakllanib olingan harakat malaka va ko’nikmalari maktabda uni takomillishtirib borish uchun fundament bo’ladi, murakkabroq harakatlarni egallashni yengillashtiradi va kelajakda sport sohasida yuqoriroq natijaga erishishga imkon beradi. O’quvchilarda shakllantirib borish zarur bo’lgan harakat malaka va ko’nikmalarni hajmi barcha jismoniy tarbiya dasturida berilgan, lekin u tarbiya muassasalaridagi sharoit, bolalarning tayyorgarligiga, tarbiyachilar tajribalari va bilimlarini hisobga olib kengaytirilishi mumkin. Erta yoshdan boshlab bolalarda jimoniy sifatlarni (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, kuch, chidamlilik, harakat koordinatsiyasi, ko’z bilan chamalash va shu kabi) rivojlantirib borish zarur. Agar bolada u yoki bu asosiy jismoniy sifatlar u yoki bu darajada rivojlanmagan bo’lsa, u hatto oddiy mashqlar ham bajara olmas edi. O’quvchilarda o’tirgan, turgan va yugurgan vaqtda tanani to’g’ri shakllantirib borish juda muhimdir. To’g’ri qaddi-qomat butun ichki organlar va o’quvchi organizmi tizimining bir me’yordagi faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Muassasa va oilada shaxsiy va jamoa gigienasi malaka va odatlarini (qo’llarni yuvish, jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin zarur xonaga borish, tana, kiyim, oyoq kiyim, o’yinchoq, jihozlar, xona va h.k. tozaligi haqida g’amho’rlik qilish) singdirib borishga katta e’tibor berish zarur. Yoshlarning sog’ligi ko’p jihatdan shularga ham bog’liq. O’quvchilar uchun qulay tilda jismoniy tarbiya bilan bog’liq bilimlarni (mashg’ulotlar foydasi, mohiyatini, jismoniy shakllar va jismoniy tarbiya sifatlarini ahamiyati va h.k.) berish va singdirib borish muhimdir. O’quvchi tana qismlarining nomlarini, harakat yo’nalishlarini (yuqori, pastga, oldinga, o’ngga, chapga), jihozlarining nomlarini bilishlari zarur. 3. Tarbiyaviy vazifalar - erta yoshdan boshlab bolalarda kun tartibiga qat’iy rioya qilish odatini, kundalik jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish odatlarini tarbiyalash muassasalarda va uyda bu mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish ko’nikmasini rivojlantirib borish zarur. Bolalarning o’z tengdoshlari va kichkintoylar bilan jismoniy mashqlarni, shu jumladan, harakatli o’yinlarni tashkil etish va o’tkazishni o’rgatib borish muhimdir. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, nafosat, mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun ko’pgina imkoniyatlar mavjud. Jismoniy mashqlar mashg’ulotlari to’g’ri tashkil etilganda ijobiy xususiyatlarini (tashkilotchilikni, intizomlikni, mustaqillikni, faollikni) tarbiyalash uchun, axloqiy sifatlarni (rostgo’ylik, adolatlilik, dњstlik hissi, o’zaro yordam, jamoada shug’ullanish malakasi, jihozlariga yaxshi munosabat, topshiriqni bajarishga javobgarli), shuningdek, irodaviy sifatlarni (mardlik, hal qiluvchanlik, qiyinchiliklarni yegnishda qat’iylik, o’z kuchiga ishonish, chidamlilik va boshqalar) namoyon etishda qulay sharoitlar yaratiladi. Yaxshi qo’yilgan jismoniy tarbiya ko’p jihatdan o’quvchilarni aqliy rivojlanishiga, nutqini rivojlantirishga imkon beradi. Jismoniy mashqlar mashg’ulotlarida bolalarda hamma psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash, eslab qolish, tasavvur etish va h.k), shuningdek, fikrlash jarayonlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish va h.k.) rivojlanib boradi. O’quvchilar o’zlari egallagan bilimlari va kњnikmalarini faoliyati, mustaљillik, fikr yurituvchanlik, topqirliklarini namoyon etgan holda ijodiy foydalana olishlariga intilishlari zarur. Jismoniy tarbiya nafosat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida go’zallikni, qaddi-qomatni, harakat ifodasini, kiyim, jismoniy tarbiya jihozlarini, atrof-muxit holatini qabul qilishga, sezish, tushunish va to’g’ri baholash qobiliyatini rivojlantirish, nafis intizomga intilish, harakat va so’zlarda uchrab qoladigan qo’pol holatga qarshi kurashni rivojlantirish zarur. Jismoniy tarbiya jarayonida mehnatga tayyorlash amalga oshiriladi: bolalarda sog’liq mustahkamlanadi, harakat ko’nikmalari shakllanadi, mehnat uchun zarur jismoniy sifatlar, harakat ko’nikmalarini va mehnat jarayonlarini tezda egallash qobiliyati rivojlanadi. Undan tashqari, xona va maydonni jihozlash (sakrash uchun qumli chuqurchalarni qurush va h.k.) bilan sport jihozlarini tayyorlash va tiklash, (irg’itish uchun haltachalar tikish, irg’itish uchun nishonlar tayyorlash va h.k.) bilan ularni tozalikda saqlash (bolalar gimnastik devor, to’plar, tayyoqchalar, gardishlar, velosipedlar, gimnastik tushaklar va h.k. changini artishlari) bilan bog’langan holda mehnat ko’nikmalarini egallaydilar, bolalarda kattalar mehnatiga hurmat xususiyatlari oshib boradi. Download 93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling