Mavzu: Jismoniy mashq qilish samaralarining o`ziga xosligi va fiziologik harakatlari Reja

Download 35.23 Kb.
bet2/5
Sana15.11.2023
Hajmi35.23 Kb.
#1774603
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy mashq qilish samaralarining o`ziga xosligi va fiziologik harakatlari

Statik va dinamik ish
Statik va dinamik mashqlar. Mushaklarning turli guruhlari o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi. Bo‘g‘inlarning harakat paytidagi dinamik ish va harakatsiz holatni ushlab turishda statik kuchlanish farqlanadi. Shundan kelib chiqqan holda, ma’lum bir mashqni bajarayotgan asosiy mushaklarning qisqarish tiplariga mos ravishda, barcha jismoniy mashqlarni statik va dinamik tipidagi mashqlarga ajratish mumkin. Statik mashqlarga, (masalan, gimnastikachining qo‘llariga tayangan holati), o‘q uzish lahzasida (miltiqdan o‘q otuvchida) gavdani tutgan holati kabilar kiradi. Jismoniy mashqlarning ko‘pi dinamik mashqlar hisoblanadi. Ularga, lokomotsiyalarning barcha turlari kiradi: yurish, yugurish, suzish va boshqalar. Kuch, tezlik-kuch mashqlari va chidamlilikka yo‘naltirilgan mashqlar. Jismoniy mashqlar yetakchi mushak guruhlarining qisqarish kuchlari bo‘yicha tasniflanganda ikkita bog‘liqlikni: mushak 9 qisqarishining «kuch-tezlik» va «kuch-faoliyat» bog‘liqligini hisobga olish kerak. «Kuch-tezlik» bog‘liqligiga mos ravishda (, dinamik qisqarish paytida namoyon bo‘ladigan kuch, mushakning qisqarish tezligiga (gavda qismlarining ko‘chish tezligiga) teskari proporsionaldir, ya’ni ushbu tezlik qanchalik katta bo‘lsa, namoyon bo‘ladigan kuch, shunchalik kam bo‘ladi. Ushbu bog‘liqlikning boshqacha ifodalanishi quyidagicha: tashqi yuklama (qarshilik, og‘irlik) qanchalik katta bo‘lsa, qisqarish (harakat) tezligi shunchalik past bo‘ladi va yuzaga keladigan kuch, shunchalik katta bo‘ladi va, aksincha, tashqi yuklama qanchalik kichik bo‘lsa, harakat tezligi shunchalik katta bo‘ladi va namoyon qilinadigan mushak kuchi, shunchalik kichkina bo‘ladi. Kuchni mushak qisqarishining tezligiga ko‘paytirish, uning quvvatini belgilaydi
Tezlik-kuchga (quvvatga) bog‘liq mashqlar shunday dinamik mashqlar hisoblanadiki, ularda, yetakchi mushaklar nisbatan katta kuch va tezlik bilan bir vaqtda qisqarishni, ya’ni katta quvvatni yuzaga keltiradi. Mushak qisqarishining maksimal quvvati, yuklanmagan mushak uchun maksimal bo‘lgan qisqarish tezlikdan 30% atrofida mushakning maksimal faollashuvi sharoitida erishiladi. «Kuch-tezlik» egri chizig‘ida tezlik-kuchga bog‘liq mashqlar o‘rtacha holatni egallaydilar — maksimal tezlikdan 50—60 foizgacha . Mushaklar maksimal quvvatni, ularnig maksimal (statik) kuchidan 30—50% ni tashkil qiladigan tashqi qarshilik (yuk) ta’siri ostida orttiradi. Mushak qisqarishlari katta quvvat bilan amalga oshiriladigan mashqlarning chegaraviy davomiyligi 3—5 soniyadan, to 1—2 daqiqagacha diapazonda bo‘ladi, ya’ni mushak 11 qisqarishlari, uning quvvatiga teskari bog‘liq bo‘ladi. Tezlik-kuchga bog‘liq mashqlarda quvvat muhim rol o‘ynaydi
Kuchga bog‘liq mashqlar — kichik tezlikdagi (katta tashqi qarshilik, vazn bilan) harakatlar paytida, statik yoki dinamik holda, asosiy mushaklarning maksimal yoki deyarli maksimal kuchlanishi namoyon bo‘ladigan mashqlar. Kuchga bog‘liq mashqlarga 1.1-rasmdagi egri chiziqning chap qismi «kuch-tezlik» mos keladi. Kuch maksimal yuzada keladigan mashqlarning chegaraviy davomiyligi bir necha soniyalar bilan o‘lchanadi. Kuch — kuch bilan bog‘liq mashqlarni muvaffaqiyatli bajarilishini belgilaydigan, asosiy harakatlantiruvchi sifat hisoblanadi. Lokal statik ish paytida, ishning chegaraviy vaqtini qisqarish kuchiga bog‘liqligi (chapda) va lokal dinamik ish paytida (o‘ngda) quvvatga (harakat chastotasiga) bog‘liqligi.
Chidamlilikka bog‘liq mashqlar — bajarilishi paytida, kuch va tezlik bo‘yicha, mushaklarning uncha katta bo‘lmagan qisqarishlarini rivojlantiradigan mashqlar hisoblanadi, lekin bunda mushaklar ushbu qisqarishlarni qo‘llab-quvvatlashga yoki uzoq vaqt davomida — bir necha daqiqadan, to bir necha soat davomida qayta yuzaga keltirishga qobiliyatli bo‘ladi. Ushbu guruh mashqlari uchun chidamlilik yetakchi jismoniy sifat hisoblanadi.
Sport mashqlarining barchasini ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh mashqlari uchun, juda katta (musobaqalarda — chegaraviy) jismoniy yuklamalar xarakterlidir. Ular, yetakchi fiziologik tizimlarga faqat yuqori talablarni qo‘yadi va kuch, chaqqonlik, chidamlilik kabi jismoniy harakatlarni talab qiladi. Bunday mashqlarga yengil atletika, suzish, chang‘i va konkida yugurish sporti, eshkak eshish, sport o‘yinlari, yakka kurash va hokazo kabilarning barcha turlari kiradi. Ikkinchi guruhni texnik mashqlar, ya’ni: avtosport, yelkanli, chang‘i, parashut, ot, avia va deltaplanerizm sport turlari tashkil qiladi. Son jihatidan eng ko‘p bo‘lgan, birinchi guruh mashqlarini bajarish paytida, sportchining fazodagi harakatlanishi, asosan ichki kuchlarning (mushak kuchlari) hisobiga amalga oshiriladi. Ikkinchi guruhdagi texnik mashqlarni bajarish paytida, sportchining harakatlari, asosan tashqi kuchlarning (mushak kuchlarini emas), ya’ni, mashina motorining tortish kuchi (avtomobil sportida); gravitatsiya kuchlari (chang‘i, parashut sporti); havo oqimining kuchi (yelkanli sportda, avia va deltaplanerizmda) hisobiga amalga oshiriladi. Texnik mashqlarni muvaffaqiyatli bajarishda juda ko‘p texnik jihozlar (ot sportida — otning sifatlari) va ularni egallash darajasi hisobga olinadi. Ushbu sport mashqlari, sportchilarda o‘ziga xos psixofiziologik funksiyalarning, ya’ni diqqatni, reaksiyaning tezligini, harakatlarni nozik muvofiqlashtirishni va hokazolarni, qat’iy talab qiladi. Shu bilan birga, sportning texnik turlaridagi mashqlar, qoidaga binoan, energetik va mushak tizimlariga, vegetativ ta’minot tizimiga hamda jismoniy sifatlar bo‘lmish kuch, quvvat va chidamlilikka chegaraviy talablarni qo‘ymaydi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling