Mavzu: Jismoniy mashq qilish samaralarining o`ziga xosligi va fiziologik harakatlari Reja


Download 35.23 Kb.
bet3/5
Sana15.11.2023
Hajmi35.23 Kb.
#1774603
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy mashq qilish samaralarining o`ziga xosligi va fiziologik harakatlari

Siklik va asiklik harakatlar
Siklik mashqlarning tasnifi. Siklik mashqlarda, bitta siklda mavjud bo‘lgan harakatlarning barcha fazalari boshqalarida ham xuddi shunday ketma-ketlikda bo‘ladi. Organizmning (ish bajarayotgan mushaklarning) energetik ehtiyojlari: anaerob va aerob yo‘l bilan qoniqtiriladi. Energiya ishlab chiqarilishining, ushbu ikkita yo‘lining nisbati har xil siklik mashqlar paytida bir xil emas. Har qanday mashqni bajarishda, uchala energetik tizimning barchasi ishlaydi: anaerob fosfagen (alaktatli), laktatsid (glikolitik) va aerob (kislorodli, kislorodsiz). Ularning ta’sir ko‘rsatish «sohasi» bir-biri bilan kesishadi Shuning uchun, har bir energetik tizimning «sof» ulushini ajratish qiyin, ayniqsa, uncha katta bo‘lmagan chegaraviy davomiylikda ish bajarilgan paytda. Shundan kelib chiqqan holda, ko‘pincha tizimlar, energetik quvvati (ta’sir ko‘rsatish sohasi) bo‘yicha juftliklarga birlashtiriladi, ya’ni fosfagen laktatsid bilan, laktatsidlini kislorodli bilan. Bunda, birinchi bo‘lib, energetik ulushi katta bo‘lgani ko‘rsatiladi.
Barcha siklik mashqlarni, nisbiy yuklamani anaerob va aerob energetik tizimlarga berilishiga mos ravishda, anaerob va aerobga bo‘lish mumkin . Birinchilari — anaerob komponentning ustunligi bilan, ikkinchilari esa — aerob komponentning ustunligi bilan ajraladi. Anaerob mashqlarni bajarish paytida yetakchi sifat bo‘lib, quvvat (tezlik-kuch imkoniyatlari), aerob mashqlarni bajarishda esa — chidamlilik xizmat qiladi. 22 Energiya ishlab chiqarish turli tizimlarining nisbatini, turli mashqlarni bajarishni ta’minlaydigan har xil fiziologik tizimlarning xarakteri va faoliyatidagi o‘zgarishlar darajasini belgilaydi. Anaerob mashqlar. Anaerob mashqlarning uchta guruhi ajratiladi: 1) maksimal anaerob quvvatli (anaerob quvvatli); 2) maksimalga yaqin anaerob quvvatga ega bo‘lgan, (aralash anaerob quvvatga ega bo‘lgan); 3) submaksimal anaerob quvvatga ega bo‘lgan (anaerobaerob quvvatga ega bo‘lgan). Anaerob mashqlarning energetik va ergometrik tavsiflari Maksimal anaerob quvvatga ega bo‘lgan mashqlar (anaerob)
Asiklik mashqlarda bajarish davrida harakat faolligining xarakteri keskin o‘zgaradi. Bunday tipdagi mashqlarga quyidagilar: sport o‘yinlarining barchasi, sport yakkakurashlari, uloqtirish, sakrashlar, gimnastik va akrobatik mashqlar, suv hamda tog‘ chang‘ilari bilan bajariladigan mashqlar; konkida figurali uchish mashqlari. Asiklik mashqlar uchun, ularni bajarish davrida quvvatning keskin o‘zgarishlari ham xarakterlidir. Asiklik mashqlarni tasniflash vaqtida, asosiy ish davrlarning quvvatini (quvvatning cho‘qqisi) yoki mashq bajarishning to‘liq vaqtidagi «o‘rtacha» quvvatini baholash zarurligi tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Asiklik mashqlarning fiziologik tavsiflari, bunday ko‘rsatkichlarning har biridan foydalanish paytida, turlicha bo‘ladi. Bajarilayotgan mashqning mexanik yoki fizik quvvati fizik kattaliklar bilan vatt larda, kgm/min larda o‘lchanadi. U, jismoniy yuklamani belgilaydi. Ko‘p hollarda, sport mashqlarining jismoniy yuklamalarini yetarlicha aniq o‘lchash qiyin.
Siklik mashqlarda quvvat (jismoniy yuklama) va harakatlanishning tezlik (harakatni bajarish texnikasi o‘zgarmas bo‘lganda) chiziqli tobelik bilan bog‘liq, ya’ni tezlik qancha katta bo‘lsa, fiziologik yuklama shunchalik katta bo‘ladi. Ma’lum bir jismoniy yuklamaga nisbatan organizmning fiziologik (va psixofiziologik) reaksiyalari yuklamaning fiziologik quvvatini yoki ish bajarayotgan odamning organizmiga berilayotgan fiziologik yuklamani belgilaydi. «Fiziologik yuklama» yoki «fiziologik quvvat» tushunchalari — «ishning og‘irligi» atamasiga yaqin turadi. Bir xil 19 xarakterdagi mashqni bajarish paytida, har bir odamda, tashqi muhitning bir xil sharoitlarida, yuklamaning fiziologik quvvati jismoniy yuklamaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Masalan, yugurish teziligi qanchalik yuqori bo‘lsa, fiziologik yuklama shunchalik katta bo‘ladi. Lekin, bir xil jismoniy yuklama, har xil yoshga va jinsga mansub odamlarda, funksional tayyorgarlik (mashq qilganlik) darajasi turlicha odamlarda hamda bir odamning o‘zida turli sharoitlarda (masalan, yuqori yoki past harorat yoki havo bosimida) har xil fiziologik reaksiyalarni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, bir odamning o‘zida, turli mushak guruhlari (qo‘llar yoki oyoqlar) tomonidan yoki gavdaning turli (yotgan yoki turgan) holatlarida, bir xil quvvatga ega jismoniy yuklama bajarilayotgan paytida ham turlicha fiziologik reaksiyalar kuzatiladi. Masalan, jismoniy quvvati bo‘yicha bir xil ish bajarayotgan (kislorod yutish tezligi bir xil bo‘lgan) kanoeda eshkak eshuvchilarda, suzuvchi yoki yuguruvchilardagi fiziologik yuklamalar (reaksiyalar)dan kuchli farq qiladi
Asiklik mashqlarda bajarish davrida harakat faolligining xarakteri keskin o‘zgaradi. Bunday tipdagi mashqlarga quyidagilar: sport o‘yinlarining barchasi, sport yakkakurashlari, uloqtirish, sakrashlar, gimnastik va akrobatik mashqlar, suv hamda tog‘ chang‘ilari bilan bajariladigan mashqlar; konkida figurali uchish mashqlari.

Asiklik mashqlar uchun, ularni bajarish davrida quvvatning keskin o‘zgarishlari ham xarakterlidir. Bu, nafaqat musobaqalashuv, balki trenirovka mashqlari uchun ham (masalan, masofa qismlarini har xil tezlik bilan qayta yugurib o‘tish) xos. Mashqlarning muhim tasnifiy tavsifini (texnik mashqlardan tashqari) ularning quvvati tashkil qiladi. Siklik mashqlarda quvvatning nisbatan doimiy bo‘lishini hisobga olgan holda, ularni, mashq bajarilishining har qanday qismi davomida, yuklamaning o‘rtacha quvvati bo‘yicha tasniflash mumkin.


Asiklik mashqlarni bajarish davomida eng katta faollik (quvvat) davri — ishchi davrlar ajratiladi, ular, nisbatan uncha katta bo‘lmagan faollikning (quvvat) oraliq davrlari bilan joy almashib turadi, bu davr, toki to‘liq dam olish (quvvatga teng bo‘lgan) holati yuzaga kelguncha davom etishi mumkin. Asiklik mashqlarni tasniflash vaqtida, asosiy ish davrlarning quvvatini (quvvatning cho‘qqisi) yoki mashq bajarishning to‘liq vaqtidagi «o‘rtacha» quvvatini baholash zarurligi tushunarsiz bo‘lib qolmoqd. Asiklik mashqlarning fiziologik tavsiflari, bunday ko‘rsatkichlarning har biridan foydalanish paytida, turlicha bo‘ladi. Bajarilayotgan mashqning mexanik yoki fizik quvvati fizik kattaliklar bilan vatt larda, kgm/min larda o‘lchanadi. U, jismoniy yuklamani belgilaydi. Ko‘p hollarda, sport mashqlarining jismoniy yuklamalarini yetarlicha aniq o‘lchash qiyin.
Siklik mashqlarda quvvat (jismoniy yuklama) va harakatlanishning tezlik (harakatni bajarish texnikasi o‘zgarmas bo‘lganda) chiziqli tobelik bilan bog‘liq, ya’ni tezlik qancha katta bo‘lsa, fiziologik yuklama shunchalik katta bo‘ladi. Ma’lum bir jismoniy yuklamaga nisbatan organizmning fiziologik (va psixofiziologik) reaksiyalari yuklamaning fiziologik quvvatini yoki ish bajarayotgan odamning organizmiga berilayotgan fiziologik yuklamani belgilaydi. «Fiziologik yuklama» yoki «fiziologik quvvat» tushunchalari — «ishning og‘irligi» atamasiga yaqin turadi. Bir xil 19 xarakterdagi mashqni bajarish paytida, har bir odamda, tashqi muhitning bir xil sharoitlarida, yuklamaning fiziologik quvvati jismoniy yuklamaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Masalan, yugurish teziligi qanchalik yuqori bo‘lsa, fiziologik yuklama shunchalik katta bo‘ladi. Lekin, bir xil jismoniy yuklama, har xil yoshga va jinsga mansub odamlarda, funksional tayyorgarlik (mashq qilganlik) darajasi turlicha odamlarda hamda bir odamning o‘zida turli sharoitlarda (masalan, yuqori yoki past harorat yoki havo bosimida) har xil fiziologik reaksiyalarni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, bir odamning o‘zida, turli mushak guruhlari (qo‘llar yoki oyoqlar) tomonidan yoki gavdaning turli (yotgan yoki turgan) holatlarida, bir xil quvvatga ega jismoniy yuklama bajarilayotgan paytida ham turlicha fiziologik reaksiyalar kuzatiladi. Masalan, jismoniy quvvati bo‘yicha bir xil ish bajarayotgan (kislorod yutish tezligi bir xil bo‘lgan) kanoeda eshkak eshuvchilarda, suzuvchi yoki yuguruvchilardagi fiziologik yuklamalar (reaksiyalar)dan kuchli farq qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, har xil yoshga va jinsga mansub kishilar, funksional imkoniyatlari va tayyorgarlik (mashq qilganlik) darajasi har xil bo‘ladi. Bir sportchining o‘zi har xil sharoitlarda turli sport mashqlarini bajarishida, mashqning jismoniy quvvat ko‘rsatkichlarini fiziologik tasnif uchun mezon bo‘la olmaydi. Shuning uchun, tasnif belgisi sifatida, ko‘pincha fiziologik quvvat yoki fiziologik yuklama ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi

Download 35.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling