Mavzu: jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish usullari
Download 46.43 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya darsning mazmuni.
Darsni moddiy texnik ta’minlash deganda, darsning optimal zichligini ta’minlashga imkon beradigan, qoʻyilgan kompleks vazifalarni toʻlaqonli hal qilish uchun kafolat beradigan, etarli darajadagi oʻquv-tarbiya jihozlari, anjomlari va mashgʻulot joyi nazarda tutilgan.
Oxirgi yillarda koʻpchilik maktablarda jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining tashabbusi bilan sport zallari va sport maydonlari birdaniga koʻpchilik oʻquvchi shugʻullanishi mumkin boʻlgan nostandart jihozlar, anjomlar va trenajerlar bilan jihozlanmoqda. Bunday jihozlardan foydalanish dars zichligini ahamiyatli darajada yuqori effektli tashkiliy formasini vujudga kelishi, oxir oqibat mashgʻulotlar natijalarini oshishiga olib kelmoqda. Jismoniy tarbiya darsning mazmuni. Jismoniy tarbiya darsining mazmuni dars mashgʻulotlarining sifatini belgilovchi toʻrtta asosiy komponentning umumiyligida ifodalanadi. Bu elementlar oʻzaro uzviy bogʻlangan va darsning xarakterli komponentlari deb ataladi, ular: a) darsning tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar. Darsning mazmunining eng yirik xarakterli komponentidir. Lekin bunday tushuncha bir tomonlama boʻlib, tarbiyalash, sogʻlomlashtirish, bilim berish vazifalarini hal qilishda shugʻullanuvchilar uchun faoliyat predmeti boʻlib xizmat qiladi. Mashqlar darsning umumlashtirilgan predmetining mazmuni, boshqa ma’noda dars mazmunining bir qirrasi xolos. b) tavsiya qilingan mashqlarning bajarish bilan bogʻliq boʻlgan oʻquvchilarning darsdagi faoliyati dars mazmunining navbatdagi yirik komponentlaridan biri.Bu komponent shugʻullanuvchini turli koʻrinishdagi, intellektual va jismoniy faoliyatdan iborat boʻlib, ular: pedagogni eshitish, koʻrsatilayotgan mashqni e’tibor bilan kuzatish, harakat faoliyati orqalihosil boʻlgan tasavvurni ustida fikr yuritish, bajarilishi lozim boʻlgan faoliyatni loyihasini fikran tuzish, uni bajarish, oʻzharakatlarini nazorat qilish va baholash, vujudga kelgan muammolarni pedagog bilan birgalikda muhokama qilish, oʻzhissiyotini va kayfiyatini nazorat qila olish, vujudga kelgan emotsionallikni boshqarish vah.k.lardir. SHugʻullanuvchilarini dars vazifasinihal qilish boʻyicha barcha faoliyatlari dars mazmuni asosini tashkil qiladi. v) pedagogning faoliyati dars mazmunining navbatdagi komponenti boʻlib, quyidagichaholatlarda namoyon boʻladi. Uyga vazifa berish va uni tushuntirish, darsning aniq vazifasini bayon qila bilish va unihal qilishni tashkillashtirish, shugʻullanuvchilarni doimiy nazoratda ushlash, ularni faoliyatini tahlil qilish, shuningdek shugʻullanuvchilarning faoliyatini lozim boʻlgan yoʻlga burish, ular orasidagi munosabatlarni oʻzining diqqat markazida ushlash va faoliyatlarini yoʻnaltirish, boshqarish, nazorat qilishdek ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy rol oʻynaydigan muhim asosiyholatlarni oʻz ichiga oladi. g)shugʻullanuvchilar organizmida dars tarkibidagi mashqlarni bajarishda sodir boʻladigan fiziologik, psixologik, biomexanik va boshqa oʻzgarishlar dars mazmunining navbatdagi yirik xarakterli komponentlaridan birihisoblanadi. Malakalarni shakllanishi orqali rejalashtirilgan, ularning natijasidagi oʻzgarishlar, shakllangan nazariy va amaliy bilimlar, uddalash,harakat malakasi va uning avtomatlashuvi orqali sodir boʻladigan yashirin (latent) davr darsning mazmunining toʻrtinchi komponentihisobiga sodir boʻladi. Bunda oʻqituvchi faoliyati va oʻquvchilar faoliyatining samarasi yashiringan boʻladi. Rejalashtirilgan oʻquv tarbiyaviy ishlarni sodir boʻlmoqdami yoki yoʻqligi joriy nazorat qilinib, pedagogik faoliyat keyinchalik qanday davom ettirilishi lozimligi uchun yoʻriqnomalar tayyorlanadi. Download 46.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling