Mavzu: jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish usullari


Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi


Download 46.43 Kb.
bet7/18
Sana15.11.2023
Hajmi46.43 Kb.
#1774733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
2. Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun25-30 minutgacha (45 minutli darslarda) vaqt sarflanadi va oʻqituvchi tomonidan tuzilgan dars stsenariyasi yoki uning reja-konspektiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturiagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiriladi, yoki avvalgi sinflarda oʻzlashtirilgan jismoniy mashqlar,harakat faoliyatlari tanishtiriladi, oʻzlashtiriladi, mustahkamlanib takomillashtiriladi. Darsning asosiy qismini tuzilishi uchun yagona «standart sxema» mavjud emas. darsning bu qismi uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan usul va uslubiyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va tuzishdek tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturining
boʻlimlari (gimnastika, engil atletika, suzish, kurash, sport oʻyinlari, futbol, harakatli oʻyinlar)ni oʻquv materialini oʻqitish oʻzining uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini turlicha tashkillash talabini qoʻyadi. Darsning asosiy qismining talablarnihal qilish oʻquvchilar faoliyatini guruhli, individual, frontal, uzluksiz-ulab, aylanib yurib bajarish, kreystring uslubiyatlari orqali maktab yoshidagi oʻquvchilarning jismoniy tarbiya jismoniy rivojlanganligi, tayyorlanganligi va organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olishni taqazo etadi.
Darsning bu qismida oʻqituvchilarning yordamchilari-fizkulptura faollarining ahamiyatini e’tirof etmay ilojimiz yoʻq. Ular oʻqituvchi tomonidan haftaning boshlanishida instruktiv mashgʻulotlar uchun toʻplanadilar va ularga darsning asosiy qismida alohida guruhlarda yoʻriqchi vazifasini bajarish uslubiyati oʻqituvchi tomonidan oʻrgatiladi.
3. Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi dars uchun ajratilgan umumiy vaqtining 3-5 minuti sarflanadi. Unda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun turli xilharakatli oʻyinlar va estafetalar va jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Darsning asosiy qismida koʻtarilgan emotsionalholatni pasaytiruvchi va saf mashqlar bajartiriladi, dars yakunlanadi (oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi, lozim boʻlganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafarigajoriy baho qoʻyiladi), uyga vazifa uchun mashqlar tushuntiriladi va dars oʻtkazilgan joy (sport maydoni, sport zali va boshqa)dan uyushgan holda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi. Boshlangʻich sinflarda oʻtkazilgan mashgʻulotlardan soʻng oʻquvchilarini, oʻqituvchining oʻzi kiyinish xonasiga kuzatib qoʻyadi.
Turli xil yoshdagi oʻquvchilar bilan oʻtkazilgan jismoniy tarbiya darslarining tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natijalari tahlili birinchidan, qonuniy ravishda ularni bir-biridan farqlanishini koʻrsatdi. Ikkinchidan, jismoniy tarbiya darslarining bir xil yoshdagilar chegarasida oʻtkazilgan asosiy qismlari darsning turiga bogʻliq. Uchinchidan, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarini davomiyligini oʻzgarishi oʻquvchilarni yoshiga bogʻliq. Boshlangʻich sinflarda darsning asosiy qismlari nisbatan bir xilda, ya’ni tayyorlov va yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan ozgina farqlanadi xolos.
Yuqori sinflarda esa tayyorlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan keskin farq qiladi. Boshlangʻich sinflarda bolalar psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda turgan qiyinharakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlash uchun koʻp vaqt sarflashni talab qiladi. Bundan tashqari tayyorlov mashqlarini tushuntirish va koʻrsatish katta yoshdagilarga nisbatan sekin olib borilishi darsni qismlarida oʻqituvchi tomonidan koʻp vaqt sarflashni taqazo etadi.



Download 46.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling