Mavzu: jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish usullari
Jismoniy tarbiya darsiga qo`yilgan gigienik talablar
Download 46.43 Kb.
|
Jismoniy tarbiya darsiga qo`yilgan gigienik talablar. Davlat tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasi va dasturiga ko`ra jismoniy tarbiya darsi hamma sinflarda
haftasiga 2 soat o`tkaziladi. Bu ikki soatni birga qo`shib yoki bir kunda o`tkazish mumkin emas. yuqorida aytilganidek, boshlang’ich sinflarda 3- o`rta va yuqori sinflarda 4-soatlarda o`quvchilarda aqliy charchash yuzaga keladi. Shuning uchun xuddi mehnat darsi singari jismoniy tarbiya darsini ham shu soatlarga dars jadvaliga qo`yilsa natija yaxshi bo`ladi (mehnat darsi bo`lmagan kuni), chunki jismoniy mashg’ulotlar va harakatlanish natijasida organizmda qon aylanish kuchayadi, miya nerv hujayralarining qon orqali oziq mod-dalar, kislorod bilan tahminlanishi yaxshilanadi, aqliy mehnat bajarmaganligi uchun 45 minut miya ho`jayralari dam oladi va bu darsdan keyingi aqliy mehnat bilan bog’liq darslarda o`quvchilarning ish qobiliya-ti yaxshi bo`ladi. Jismoniy tarbiya darsi metodik jihatdan 3 qism-ga bo`lib o`tkaziladi:darsning boshlanish qismi (3-5 minut) o`quvchi-lar organizmini shu darsda bajariladigan jismoniy mashg’ulotlarga taiyorlash (moslashtirish). Buning uchun yurish, o`rtacha tezlik-da chopish, sakrash kabi mashg’ulotlar o`tkaziladi; darsning asosiy qismi (35—40 minut) dasturda ko`rsatilgan mashg’ulotlarni to`liq bajarishdan iborat. Bu mashg’ulotlar o`quvchilar harakatining tez,chaqqon va kuchli bo`lishini tahminlashga qaratilgan;darsning yakunlovchi qismi (2—5 minut) o`quvchilar organizmini tinch holatga keltirishga qaratiladi. SHuni alohida qayd qilish kerakki, jismoniy tarbiya darsini unumli bo`lishi dars vaqtida har bir o`quvchining qanchalik ko`proq vaqt aktiv mashg’ulot bajarishiga bog’liq. Boshlang’ich sinflarda har bir o`quvchk dars vaqtini kamida 50—55% ida aktiv mashg’ulot bajarmog’i kerak, o`rta va yuqori sinf o`quvchilari esa dars vaqtining 70—75% ida aktiv mashg’ulot bajarishlari zarur. Bu darsning zichlik ko`rsatkichi deyiladi. Bu ko`rsatkichning yuqori bo`lishi o`qituvchi tomonidan darsni metodik jihatdan to`g’ri tashkil qilinishiga hamda sport bazasining (mashtulot maydoni va sport buyumlarining) etarli bo`lishiga bog’liq. Jismoniy tarbiya darsiga qo`yilgan gigienik talablar. Download 46.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling