Mavzu: jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish usullari


Download 46.43 Kb.
bet11/18
Sana15.11.2023
Hajmi46.43 Kb.
#1774733
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Ertalabki gimnastika.  Ertalabki gimnastikaning gigienik ahamiyati «juda katta. U bosh miya hujayralarini uyqudan keyin yarim tormozlangan holatdan qo`zg’algan holatga, ya`ni ish bajarish holatiga kelishiga yordam beradi. Organizmning hamma muskullari, to`qima va hujayralarida qon aylanishini yaxshilab, ularning ish qobiliyatini oshiradi.
Ertalabki gimnastika kompleksiga quyidagi harakatlarni bajarish kiradi: — qo`llarni yuqoriga ko`tarish,— oldinga bukish,— orqaga bukish;— qo`llarni va gavdani o`ng va chap tomonga qarab burib harakatlanish;— qo`llarni yon tomonga cho`zgan holda orqaga qayrilib harakatlanish;—joyida turgan holda sakrash va chopish,— oxirida organizmni tinchlantiruvchi harakatlarni bajarish, ya`ni yurish. chuqur nafas olish. Boshlang’ich sinf o`quvchilari yuqorida ko`rsatilgan mashg’ulotlarning har birini 3—4 marta, o`rta va yuqori sinf o`quvchilari 5—8 martadan bajaradilar. Joyida chopish 20—40 sekund davom etadi.
Maktabda dars oldidan o`tkaziladigan gimnastika. Dars boshlanishidan oldin hamma o`quvchilar gimnastika mashg’ulotlarini bajarishlari shart. Uning programmasini jismoniy tarbiya o`qituvchisi maktab vrachi hamkorligida tuzadi. Gimnastika boshlang’ich sinf o`quvchilari uchun 5—8 minut, o`rta sinf o`quvchilari uchun 8—10 minut, yuqori sinf o`quvchilari uchun 12—15 minut davom etadi.
Havoning issiq kunlari gimnastika maktab hovlisida, sovuq kunlari — koridor yoki sport zalida o`tkaziladi. Boshlang’ich sinf o`quvchilarida darsning 3—4 soatlarida aqliy mehnat charchash yuzaga keladi. Ularda aqliy charchash belgilarini yo`qotish va darsga e`tiborni oshirish, ish qobiliyatini yaxshilash uchun 3—4 soatlarning o`rtasida 1— 2 minutda dars to`xtatiladi va o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar parta yonida turib gimnastika harakatlarini bajaradilar. Bu vaqtda deraza fortochkasini ochib, sinf havosini yangilash kerak.
O`rta va yuqori sinflarda 3-4 soat darslaridan keyin tanaffus paytida sinfkom yoki jismoniy tarbiya o`qituvchisi rahbarligida hamma o`quvchilar maktab hovlisida, sinfda yoki koridorda 5-6 minut gimnastika mashg’ulotlarini bajaradilar.

Download 46.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling