Mavzu: jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish usullari


O'quvchilarning sport sektsiyalarida qatnashishi


Download 46.43 Kb.
bet12/18
Sana15.11.2023
Hajmi46.43 Kb.
#1774733
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
O'quvchilarning sport sektsiyalarida qatnashishi. Uquvchilar sinfdan tashqari mashg’ulot sifatida sportning turli sektsiyalarida qatnashishlari mumkin. Bu sektsiyalarda qatnashuvchilar uchun gigiena talabi shundan iboratki sektsiya mashg’ulotlari haftasiga 2 martadan oshmasligi kerak, mashg’ulot 3—4 sinf o`quvchilari uchun 45—60 minut, 5—6 sinf o`quvchilari uchun 60—90 minut, 7— 10 sinf o`quvchilari uchun 90—120 minutdan ko`p davom etmasligi kerak. Sektsiyaga qatnashish uchun vrachning ruxsati kerak.
Sog’lom, jismoniy baquvvat sport sektsiyalariga qatnashadigan o`quvchilar sport musobaqalariga jalb qilinadilar. Maktabda o`tkaziladigan musobaqalarga 9 yoshdan katta o`quvchilar, tuman, shahar musobaqalariga 11 yoshdan katta, viloyat, o`lka musobaqalariga 13 yoshdan katta, respublika musobaqalariga 15 yoshli va undan katta, Xalqaro miqyosidagi musobaqalarga 16—18 yoshli o`quvchilar qatnashishi mumkin. Jismoniy mashg’ulotlarning ba`zi turlarini bajarganda qo`l qavarishining oldini olish uchun mashg’ulotdan oldin qo`lga magneziy kukini surtiladi, mashg’ulotdan keyin qo`lni sovun bilan yuvib, so`ngra glitserin surtishadi
Gimnastika zaliga bo`lgan gigienik talablar. Har bir o`quvchi uchun zalning pol sathi 4 m2 dan kam bo`lmasligi kerak. Pol tekis taxtadan bo`lishi unda yorilgan, o`yilgan, kovak joylari bo`rtib chiqib turgan mix yoki shruplari bo`lmasligi kerak. Devorining pastki 1,5—2 metr qismi yog’liq bo`yoq bilan bo`yaladi, yuqori qismi elimlik bo`yoq bilan bo`yaladi.
Zalning tabiiy yorug’ligi 1:4—1:5 ga teng bo`lishi talab qilinadi. Sun`iy yorug’lik spiralli elektr lampalari qo`llanganda 100 lyuks, lyuminestsent lampalarida 200 lyuks bo`ladi. Derazalar va elektr lampalari to`p tegib sinmasligi uchun to`r sim bilan to`sib qo`yiladi. Zalning temperaturasi—14—15°S bo`lishi kerak.
Cho`milish basseyniga qo`yilgan gigienik talablar.  CHo`miladigan basseynda har bir mashg’ulot o`tkazuvchi o`quvchi uchun 5 m2 suv sathi to`g’ri kelishi kerak. Suv tozalign jihatidan ichiladigan suvga to`g’ri kelishi kerak. U har kuni yangilanib va bakteriologik tekshiruvdan o`tkazilib turiladi. Suvning temperaturasi 22— 30°Sbo`ladi.
Basseyn yorug’ligi xuddi gimnastika zalinikidek bo`lishi kerak, ya`ni tabiiy yorug’lik 1:4—1:5, sun`iy yorug’lik spirallik lampalarda 100 lyuks, lyuminestsent lampalarida 200 lyuks.



Download 46.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling