Mavzu: jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish usullari
Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga qoʻyilgan talablar
Download 46.43 Kb.
|
Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga qoʻyilgan talablar.
Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan oʻquv-tarbiyaviy ishlarning sifatiga bogʻliq. Bunga har bir dars zamiridagi qator vazifalarnihal etish bilan erishiladi. Jismoniy tarbiya darslari ta’lim berish (oʻqitish), tarbiyalash va sogʻlomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayonining umumiy vazifalaridan kelibchiqib ,har bir dars uchun aniq «Tanishtirish», «Oʻzlashtirish», «Mustahkamlash», «Takomillashtirish»dek mazmunga ega boʻlgan xususiy vazifalarni qoʻyish va unihal qilishni nazarda tutadi. Ta’lim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, oʻrganilgan mashqlarni mustahkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va koʻnikmalarni rivojlantirishgahamda oʻrganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda qoʻllashga oʻrgatishga yoʻnaltiriladi. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi butun oʻquv materiallarini izchil va mustahkam oʻrganishga olib keladi. Ta’limning ayrim vazifalarinihal etish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-ket darslar zarur vazifalar boshqahillarinihal etish uchun esa bir darsning oʻzi kifoy qiladi. Masalan, arqonga ma’lum usulda tirmashib chiqish va uni bajarishdaharakatlar ketma-ketligini bir darsning oʻzida texnik jihatdan mukammal oʻrganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, bunihal qilish uchun turkum darslar lozim. Qolaversa, shugʻullanuvchining harakat koordinatsiyasi, jismoniy tayyorgarligi, oʻzlashtirish qobiliyati (qabul qilishi), oʻzlashtirilayotganharakatga oʻxshashharakat zahirasigaham bogʻliq.Arqonga oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda oʻrgatish mumkin. Bu kichik xususiy vazifa boʻlib, uni mazkur darsning aniq vazifalaridan biri sifatidahal qilinadi. Ta’limning vazifalari, yuqoridagilardan tashqari oʻquvchilarni jismoniy tarbiya va sport, sogʻliqni saqlash, chiniqish, jismoniy mashqlarni toʻgʻri bajarishhaqidagi nazariy bilimlarini oshirishlari bilanhamhal qilinadi. Jismoniy tarbiya darslarida faqat ta’lim-tarbiya emas, balki insoniy fazilatlar – e’tiborlilik, diqqatini boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi, maqsadga intilishi, mustaqilligi va qiyinchiliklarni engishdagi qat’iyyati va boshqalarni qoʻshib tarbiyalash talab qilinadi. Download 46.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling