Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning rivojlanish tarixi hamda uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqadorligi
Download 323.26 Kb. Pdf ko'rish
|
2.JTSN va U 2-III-2
Uchinchi davr – jismoniy tarbiyahaqidagi nazariy bilimlarni intensiz
to‘planishi, uyg‘onish davridan XIX asrning oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni o‘qitish, davolashhaqidagi fanning rivojlanishi filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammolariga etibor qila boshlashlari davri, jismoniy tarbiyaning mohiyati haqidagi falsafiy, pedagogik va tibbiy maolumotlarning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri. Bu maolumotlarhali turlicha, chunki, ko‘pincha o‘sha davrda mustaqilroq sanalgan filosofiya, pedagogika, meditsina fanlari tarkibida voyaga etar edi. Yo‘l-yo‘lakay, ammo zarur bo‘lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari ko‘pincha o‘z muammolarini jismoniy tarbining rolini hisobga olmay hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. Yangilanish davridayoq pedagog-gumanistlar va hayoliy sotsialistlar jismoniy tarbiyada bir butun tarbiyaning majburiy qismlardan biri deb qaray boshladilar. Jumladan, shvetsariyalik demokrat pedagog I.G.Pestalotsii tomonidan (1746-1827) bolalarharakat qobiliyatini rivojlantirish uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimida bo‘g‘inlar (sustavnaya) gimnastika umumiy pedagogika nazariyasi ichida alohida o‘rinni egallaydi. XVIII asrda anatomlar tomonidan jismoniy mashqlar “biomexanika”si bo‘yicha izlanishlar olib borildi, XIX asrda esa jismoniy tarbiya haqida ilmiy- nazariy ishlar vujudga keldi. Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning roli tarbiyaning sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi. Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning o‘rni hamda shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘llari aniqlandi. Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu bo‘yicha ilmiy farazlar va bilimlar to‘planishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Download 323.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling