Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning rivojlanish tarixi hamda uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqadorligi


Download 323.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana30.04.2023
Hajmi323.26 Kb.
#1412065
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2.JTSN va U 2-III-2

To‘rtinchi davr – XIX asrning oxiridan ilmiy va o‘quv fani sifatida jismoniy 
tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni 
shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham 
ta’sir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Petr 
Fransevich Lesgaft (1837-1909) o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika
antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon 
jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi. 
Beshinchi davrrivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘rolar davlati 
olimlarining izlanishlari davri bo‘lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik 
dialektikaga asoslangan holda o‘sha davrda progressive hisoblangan usuliyatlarga 
tayanib amalga oshirildi. 
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar 
jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari samarali mehnat 
qildilar. Amaliy materiallarning mo‘lligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi, dast-
labki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differensiyalanishiga olib 
keldi. Yangi maxsus fanlar “Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish”, 
“Jismoniy mashqlar biomexanikasi”, “Sport psixologiyasi”, “Sport metro-
logiyasi”, “Sport fiziologiyasi”, “Davolash jismoniy tarbiyasi”, “Jismoniy 
mashqlar gigienasi”, “Valeologiya” va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi 
fanlarning ayrim sohalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning 
bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, 


bolalarning sport mutaxassisligi muam-mosi bu faqatgina sport pedagogikasi 
muammosigina bo‘lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik 
muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon 
muammolarini umumiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya va boshqa fanlarning 
dalillarsiz to‘la izohlab, isbotlab olishni isbotladi.

Download 323.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling