Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning rivojlanish tarixi hamda uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqadorligi


Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa


Download 323.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana30.04.2023
Hajmi323.26 Kb.
#1412065
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2.JTSN va U 2-III-2

Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa 
 fanlar bilan bog‘liqligi 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas 
bog‘liq.har qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib 
qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir 
necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni hal qiladigan 
predmetga aylangan. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, 
inson 
umrining 
yoshi 
davrlarining 
fiziologiyasi 
va 
jismoniy 
tarbiya 
psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport 
pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog‘langan. Oldingi yagona, bo‘laklarga 
bo‘linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan alo’ida pedagogik fanlari 
ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlariham, lekin ularning so‘nggi 
rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlik namoyon bo‘ldi, jismoniy tarbiya 
nazariyasi va usuliyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga 
to‘g‘ri keldi.
Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini 
o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik mu’itini o‘z ichiga 
olgan keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport 
so’asi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, yengil atletika, sport 
o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun 
kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun tasir 
ko‘rsata oladiganlarigina alo’ida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishiham 
mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va 


xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqish hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va 
usuliyati fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi. 
Biologiya fani bilan bog‘liqligi jismoniy tarbiya vositalarini 
shug‘ullanuvchilar organizmiga taosiri reaksiya-sini o‘rganish, jismoniy tarbiya 
jarayonini samarali boshqarishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti 
fanlarining qonuniyatlarinihisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin. 
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini 
boshqa fanlar bilan bog‘liqligi bir tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. 
Jismoniy tarbiyahaqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga taosir etmay qolishi 
mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va 
fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari 
degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi. 

Download 323.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling