Mavzu: Jismoniy tarbiya tizimida gimnastika va uning turlari
Download 203.93 Kb.
|
Gimnastikaning sport turlari
Sport gimnastikasi
Sport gimnastikasi jismoniy tarbiya vositalaridan biri hisoblanadi.
Sport gimnastikasi bo’yicha o’quv ishlarining asosiy yagona sport tasnifi dastur hisoblanadi va gimnastika mashg’u-lotlari dasturga binoan o’tkaziladi.
Akrobatika sport gimnastikasidagi kabi vazifa va yo’nalishga ega, lekin undan mashqlarning o’ziga xosligi bilan farq qiladi.
Badiiy gimnastika gimnastikaning shunday bir turiki, unda jismoniy tarbiya bilan teng holatda nafosat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. badiiy gimnastika xuddi sport gimnastikasi va akrobatika singari sport yo’nalishiga ega. Badiiy gimnastika bilan faqat qiz va ayollar shug’ullanadi. 1. Saf mashqlar-safda birgalikda bajariladigan, shug`ullanganda uyushqoqlik va intizomni, sof kollеktiv bo`lib harakat qilish malakalarni qad-qomatni tarbiyalashga, shuningdеk ritm va sur'at xissini tarbiyalashga yordalashadigan harakatlardir. 2. URM-ko`proq ayrim bo`g`in qismlarida bajariladigan ya'ni har yuklama jismoniy tayyorgarligi uchun, organizmning funktsional imkoniyatlarini kеngaytirish va qaddi- qomatni tarbiyalash uchun qo`llaniladigan mashqlardir. Ular ayrim muskul qurilmalariga, tana a'zolariga, alohida shuningdеk, butun harakatlantiruvchi apparatga umumiy ta'sir ko`rsatadi. URM kishi shunday dastlabki elеmеnt ko`nikma va malakalarni egallab olish imkonini bеradiki, ulardan kishi kеyinchalik o`z harakatlantiruvchi faoliyatni tashkil qilishda foydalanadi. 3. Erkin mashqlar-tana ayrim a'zolari bilan qilinadigan turli harakatlarni, akrobatik va xorеografik mashqlarni birga qo`shib bajarishdir. Ulardan asosiy maqsadkoordinatsion qobiliyatni takomillashtirish, ritm va harakat go`zalligi xissini tarbiyalashdir. 4. Amaliy mashqlar-yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o`tish, emaklab o`tish, muvozanat saqlash, to`siqlardan oshib o`tish va x.k. Shular yordamida hayotiy zaruriy ko`nikma va malakalarni egallaydilar, ularni xilma-xil sharoitlarda qo`llashni o`rganadilar. 5. Sakrash-(tayanmay va tayanib) sakrovchanlikni rivojlantirish oyoq va qo`llarning kuchini, harakat tеzligini va aniqligini, chaqqonlik dadillikni rivojlantirish uchun qo`llaniladi. 6. Snaryadlarda bajariladigan mashqlar-(kon, xalqa, bryus, turnik, yakka cho`p) sport gimnastikaning eng haraktеrli vositalaridir. Ulardan asosiy maqsad-gavda va harakatlarni boshqarish malakasini takomillashtirishdir. Bundan tashqari bu mashqlar shug`ullanishni jismoniy tayyorlash uchun ham qo`llaniladi. 7. Akrobatika mashqlari akrobatik sakrashlar va statik holatlarni ham o`z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi. Ular turli kontingеntlar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlarda kuch, chaqqonlik, epchillikni, rеaktsiya tеzligini, fazoda mo`ljal olishni rivojlantirish uchun, shuningdеk, vеstibulyar apparatni mashq qildirish uchun kеng qo`llaniladi. 8. Badiiy gimnastika mashqlari gimnastika asboblari (arg`amchi, gardish, sharf, to`p, cho`qmolar va x.k) bilan G asboblarisiz ijro etiladigan, shartli jihatidan turlicha tantsa haraktеridagi harakatlarning uzviy va birikib kеtgan kombinatsiyalaridan iborat. Ular muzika jo`rligida ijro etilib, jismoniy kafolot hamda nafislik, erkinlik va jozibadorlikni tarbiyalash vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar kontingеnti Xotin-qizlardan iborat mashg`ulotlarda qo`llaniladi. Gimnastika turlari. Mashqlar - gimnastika vositalarining ko’plab turlari mavjudligi, ulardan foydalanish ko’p qirrali ekani gimnastika turlari farqlanishiga asos bo’ladi. Jismoniy tarbiya vazifalariga ko’ra 1984 yilda tasdiqlangan gimnastikaning turli guruhlari: 1. Tarbiyalovchi rivojlantiruvchi tur. 2. Soglomlashtirish turlari 3. Gimnastikaning sport turlari. 1. Tarbiyalovchi rivojlantiruvchi tur. Asosiy va amaliy gimnastika ko’p sonli vositalarini uzoq muddat rejali jismoniy tarbiya maqsadida qo’llash bilan bogliq bo’lib, davlat dasturlari bilan ta’minlanadi. Gimnastikaning bu kabi mahoratini musobaqa tayanch turlari yordamida bolalar, o’smirlar, yoshlar umumjismoniy tayyorgarlikning tobora yuqori darajasiga erishadi. Amaliy va kasbiy - amaliy xarakterdagi muxim xarakat malakalari va ko’nikmalarini egallaydi. 2. Soglomlashtirish turlari - gigienik gimnastika va uning shakllari axolining keng katlamlarini jismoniy tarbiyalash uchuy fan me’yori sanaladi organizmning optimal funksional holatini ta’minlaydi, emotsional tonusni ko’taradi. Davlat gimnastikasi va uning shakllari xam gimnastikaning mazkur turi guruhiga mansub. ish qobiliyatini tiklaydi, 3. Gimnastikaning sport turlari. Bular ikki kichik guruh: ommaviy - sport sport turlarga bo’linadi Sportning aloxida turlari sifatida mavjud. Yuksak sport mahoratni egallash va ma’suliyatli musobaqalarda qatnashishga qaratilgan dasturlarning yoshga oid qiyinchiliklari yil davomida maxsus intensiv tayyorlanishni talab etadi. Ommaviylikka erishish, sportning mazkur turiga qiziquvchilarning barchasini jalb etish maqsadida "B" toifa tasnif dasturlari va mashqlari bolalar va kattalar uchun ishlab chiqilgan. Gimnastikaning metodik xususiyatlarini bilan belgilanadigan universalligi, vosita va turlari xilma-xilligi uni istalgan toifa shaxslar bilan olib borish imkonini beradi Sportning bu turiga individuall qobilyaitlarida zarur bo’ladi, bu shug’ullanuvchilarning maqsadli tanlovi uchun asoslanadi nazariy va metodik jixatdan asoslangan gimnastikaning mazmun va yo’nalganlikka ko’ra ko’plab turlari ularni jismoniy tarbiya uchun xos toifa vazifalarini hal etishda qo’llash imkoniyati beradi uni jismoniy tarbiya tizimining muhim va tengsiz vositasiga aylantiradi Jismoniy tarbiya vosita va metodlarining yagona tuzilishi mavjud. U o’yinlar, gimnastika, sport va turizmdan iborat. Bir-biridan o’tkazish shartlari va jismoniy mashqlar turlariga ifodalanishi bilan farq qilsada, ular organik birlikda mavjuddir. Gimnastika jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi va metodi sifatida ajratiladi gimnastikaning tayangan jismoniy mashqlar va ilmiy asoslangan usullar tizimi bo’lib, xarakat qobiliyatlarini takomillashtirishi va shug’ullanuvchilarni soglomlashtirishga chaqirilgan
Download 203.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling