Mavzu: Jismoniy tarbiya tizimida gimnastika va uning turlari
Darsni o’tkazishiga bo’lgan umumiy metodik ko’rsatmalar
Download 203.93 Kb.
|
Gimnastikaning sport turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning asosiy qismi
Darsni o’tkazishiga bo’lgan umumiy metodik ko’rsatmalar.
Ta’lim maqsadlarini aniqlash. Dastlabki vazifa dars maqsadi (vazifa) hisoblanadi. Maqsadni to’g’ri belgilashga darsning tashkiliy vositalari, uslublari va shakllarini tanlash bog’lik. Asosiy manba bo’lib davlat dasturi hizmat qiladi. Darsda o’qituvchi shug’ullanuvchilarga amaliy va sport mashqlarini to’gri bajarish usullariga o’rgatadi. Dars vazifalarini aniqlab va ularni xal qilish uchun eng yaxshi vositalarni tanlab, o’qituvchi muntazam ravishda shug’ullanuvchilar xarakatini kuzatish kerak. O’qituvchining yuqori talabchanligi uning obro’sini - oshiradi. Darsda o’ta yuqori intizomni ushlab turish kerak. Biroq butun dars mobaynida o’quvchilarni tang xolatida ushlash shart emas. O’qituvchiga xar doim shug’ullanuvchilar e’tiborini jalb qila olish imkoniyatini bera oladigan o’quvchilar bilan o’zaro munosabatlarni o’rnatish kerak. Darsning tayyorlov qismida asosiy qism vazifalarini bajarishga tayyorgarlik amalga oshiriladi. Bu qismda saf mashqlari (yugurish, yurish, sakrab turishlar, raqs xarakatlari), umumrivojlantiruvchi mashqlar (anjomlar bilan, gimnastik devorda, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik o’yinlari) tatbiq qilinadi. URMni o’tkazishda o’qituvchi quyidagilarni bilish kerak: 1. Mashqlar xaqida xabardor qilishning turli usullaridan foydalanish. 2. Yordam ko’rsatish. 3. Xatolarni to’g’rilash. 4. Maydonchalarda shug’ullanuvchilarni joylashtirish. Xabardor qilish usullari: 1. Oddiy ko’rsatishini gapirib berish bilan birlashtirish. 2. Bo’lingan usul - mashqni qismlarga bo’lgan xolda ko’rsatishi 3. Ko’rsatish orqali xabardor qilish xarakatlarini ko’chirish. Darsning asosiy qismi. Shug’ullanuvchilar faoliyati yo’nalishini aniqlaydigan umumiy vazifalar quyidagilar: 1. Shug’ullanuvchilarning irodasini va jismoniy xislatlarini tarbiyalash 2. Xayot uchun muhim bo’lgan va sport ko’nikmalarini shakllantirish kim bilan o’tkazilishidan qat’iy nazar gimnastikaning xar bir mashg’ulotida ikki shu vazifa xal qilinadi. Bu qismda jismoniy xislatlar rivojlanishn uchun maxsus bo’lgan mashqlar bajarilishining umumiy uslubi tatbiq qilinadi. Gimnastik ko’p ko’rashning barcha turlari ishlatiladi. Vositalarni navbatlash o’tuvchilarda turli xarakatlantiruvchi qobiliyat va ko’nikmalar katta sochini shakllantirshini ko’zda tutadi, bunda quyidagilarni etiborga olish lozim: 1. Dars asosiy qismi barcha mashqlarini bajarish uchun yuqori ishga qobiliyatliligini saqlash sharoitlari. 2. Rejada belgilangan mashqlarni egallash darajasi. Bitta mashgulotga xali o’zlashtirilmagan mashqlarni kiritish to’gri kelmaydi. ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !Download 203.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling