Mavzu. Joriy aktivlar auditi. Materiallar auditi nazorat savollari
Download 36.43 Kb.
|
1 1 Joriy aktivlar auditi Материаллар аудити
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mashq. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi.
- Tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi natijalari
- 4-mashq. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi.
- 4-mashq. TMZ sarflanishi auditi
- TEST SAVOLLARI 1. Materiallar auditining maqsadi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan
- 2. Olingan tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va mol yetkazib beruvchilarning scho‘t-fakturasidagi ma’lumotlar o‘rtasidagi farqlar to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilishida kimlar ishtirok etadi
- 3. Ishlab chiqarish zaxiralarining omborga kirimi qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi
- 4. Korxona omborida vaqtinchalik saqlanayotgan, lekin xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan moddiy boyliklar qaysi scho‘tda hisobga olinadi
- 5. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyada qatnashishi shartmi
- 7. Materiallar qoldiqlari va sarflanayotgan materiallar qiymatni aniqlash usullari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan
- 8. Korxona materiallar daval xom-ashyo sifatida qayta ishlash uchun berilganda qanday buxgalteriya yozuvi tuziladi
- 9. Materiallar korxona buxgalteriya balansiga qaysi qiymatda kirim qilinadi
3-mashq. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi. “Ulgurji savdo” AJ o‘tkazilayotgan auditorlik tekshiruvi chog‘ida tovar-moddiy zaxiralar hisobining holatini aniqlash maqsadida AJ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan inventarizatsiya ma’lumotlari o‘rganildi. Invetarizasiya komissiyasi tarkibi quyidagicha: rais AJ raisi o‘rinbosari, komissiya a’zolari: bosh buxgalter, tovarshunos. Mijoz-korxonaning inventarizatsiya bo‘yicha hujjatlari tarkibida quyidagi hujjatlar mavjud: Inventarizasiya o‘tkazish haqidagi buyruq; Tovar-moddiy qiymatliklarning inventarizatsiya ro‘yxati; Inventarizasiya natijalari bo‘yicha taqqoslash qaydnomasi; Inventarizasiya natijasida aniqlangan natijalar hisobi qaydnomasi. Tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi natijalari (inventarizatsiya ro‘yxati va analitik hisob qaydnomasidan yig‘ma ko‘chirma)
Eslatma: 2019-yildagi hisob siyosatiga muvofiq tovarlar hisobi haqiqiy tayyorlash xarajatlarida hisobga olinadi. Chakana baholar QQSsiz ko‘rsatilgan. Inventarizasiya ro‘yxati va inventarizatsiya natijalari bo‘yicha taqqoslash qaydnomasi oxirigacha rasmiylashtirilmagan bo‘lib, unda jami summalar va buxgalter, moddiy javobgar shaxs va inventarizatsiya komissiyasi raisining imzolari yo‘q. Mijoz-korxona buxgalteriya hisob-kitob ma’lumotnomasida quyidagi yozuvlar qilingan:
Moddiy javobgar shaxsning oylik ish haqi 1 075 000 so‘mni tashkil qiladi. Moddiy javobgar shaxs ishga qabul qilinganida u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan. Mijoz-korxona tekshirilayotgan xo‘jalik muomalalari bo‘yicha boshqa hujjatlar mavjud emas. Jamiyat bosh buxgalteri bilan suhbatda moddiy javobgar shaxsdan uning oylik ish haqining 50%i miqdorida undirishni, kamomadning qolgan qismini esa korxona xarajatlari sifatida hisobdan chiqarish haqida jamiyat rahbarining og‘zaki buyrug‘i mavjudligini bildirgan. Izoh: ushbu vaziyatda tovarlarni saqlash va berish paytidagi tabiiy kamayish me’yoriy quyidagicha: Shakar – 0,02%; Bug‘doy uni – 0,04;. Topshiriq: 1. Inventarizasiya natijalarining rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobida aks ettirilishi to‘g‘riligini baholang. 2. Mavjud ma’lumotlar asosida ushbu hisob obyekti bo‘yicha buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini baholang hamda nazorat vositalari riski va aniqlanmaslik riski bo‘yicha xulosa shakllantiring. 3. Zarur hollarda xo‘jalik muomalalarini va to‘g‘rilovchi yozuvlarni hisobda aks ettirishning to‘g‘ri variantlarini taklif qiling. 4-mashq. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi. “Agroaudit” MChJ auditorlik tashkilotining auditori A.Alimov, auditor yordamchilari B.Bahramov va V.Valievlar 2020-yil 1-15-aprel kunlarida “Osiyo” AJning 2019-yil uchun yillik moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdi. TMZlar auditi natijalari bo‘yicha quyidagilarni aniqladilar: 1. Jamiyatda materiallar haqiqiy tannarxida hisobga olinadi va ishlab chiqarishga berishda FIFO usulidan foydalaniladi. 2. Materiallarni xarid qilish milliy valyuta so‘mda va AQSh dollarida hisobga olinadi va mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarda asosan 20% oldindan to‘lov amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Buxgalteriyada ushbu muomalalar bo‘yicha quyidagi provodkalar berilgan:
2019-yil 1-mart holatiga AJda 1010-“Xom-ashyo va materiallar”scho‘tida materiallar qoldig‘i mavjud emas. Hisobot sanasiga AJning aktivlari summasi 98 102 500 000 ming so‘mni tashkil etgan. Tekshirilayotgan davrda mahsulot sotishdan tushum 905 250 000 ming so‘mni tashkil etgan. Topshiriq. 1. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida AJda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va buxgalteriya hisobi qoidalariga amal qilinishini baholang. 2. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlang va ularning moliyaviy hisobotga ta’sirini baholang. 3. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini yaxshilash bo‘yicha auditorning jamiyat rahbariyatiga tavsiyasini tayyorlang (zarur hollarda to‘g‘ri buxgalteriya yozuvlari variantlarini ko‘rsating). 4-mashq. TMZ sarflanishi auditi Korxonada TMZlar auditi vaqtida quyidagilar aniqlandi: materiallar xarid qilinishi haqida ma’lumot:
Korxona hisob siyosatida materiallarni ishlab chiqarishga o‘rtacha tortilgan qiymati (AVECO) usulidan foydalanish belgilangan. 2019-yil sentyabr oyida materiallar hisobini yurituvchi buxgalter ishdan bo‘shaganligi sababli uning o‘rniga yangi buxgalter ishga qabul qilingan. Yangi qabul qilingan buxgalter materiallar chiqimini hisobga olishda ularning qiymati FIFO usulidan foydalangan holda hisoblangan. 1-vaziyat. Ushbu holat hisobot yilining dekabr oyida aniqlangan va 31-dekabr holatiga 1010-“Xom-ashyo va materiallar” scho‘tida ushbu materiallar bo‘yicha qoldiq mavjud emas. 2-vaziyat. Ushbu holat hisobot yilining dekabr oyida aniqlangan va 31-dekabr holatiga 1010-“Xom-ashyo va materiallar” scho‘tida 1 250 kg material qoldig‘i mavjud. Topshiriq. 1. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan korxonaning buxgalteriya hisobi qoidalari va O‘zbekiston Respublika qonunchiligiga amal qilishini baholang. 2. Yo‘l qo‘yilgan xatoni aniqlang va uning moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlang. 3. Korxona rahbariyatiga materiallarni hisobga olishni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlang (zarur hollarda to‘g‘ri variantlarni ko‘rsating). TEST SAVOLLARI 1. Materiallar auditining maqsadi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? A) Materiallarning sarflanishi qonuniyligini tekshirish B) Materiallarning saqlanishi va sarflanishini tekshirish C) Materiallarning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini aniqlash. D) materiallar hisobining to‘g‘ri tashkil qilinganligini tekshirish 2. Olingan tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va mol yetkazib beruvchilarning scho‘t-fakturasidagi ma’lumotlar o‘rtasidagi farqlar to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilishida kimlar ishtirok etadi? A) buxgalteriya, ombor mudiri va mol yetkazib beruvchi vakili B) rahbar, ombor mudiri va mol yetkazib beruvchi C) ombor mudiri va bosh buxgalter D) ombor mudiri va mol yetkazib beruvich 3. Ishlab chiqarish zaxiralarining omborga kirimi qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi? A) kirim orderi, nakladnoy, limit-zabor karta, tilxat B) ishonchnoma, nakladnoy, scho‘t faktura, sklad kartochkasi C) yuk xati, kirim orderi, sklad hisobi kartochkasi D) saldo vedomosti, scho‘t faktura 4. Korxona omborida vaqtinchalik saqlanayotgan, lekin xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan moddiy boyliklar qaysi scho‘tda hisobga olinadi? A) 1000- “Materiallarni hisobga oluvchi scho‘tlar” (1010-1090) B) 2800- “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi scho‘tlar” C) 004-“Komissiyaga olingan tovarlar” balansdan tashqari scho‘ti D) 002- “Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” balansdan tashqari scho‘ti 5. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyada qatnashishi shartmi? A) Qatnashishi shart B) Bosh buxgalter ishtiroki yetarli C) Korxonadan bitta vakil qatnashishi yetarli D) Auditor ishtiroki yetarli 6. “Ishonchnoma kitobchasi” va “Berilgan ishonchnomalarni ro‘yxatga olish jurnali” kimda saqlanishi kerak? A) Bosh buxgalterda B) Materiallar hisobiga mas’ul buxgalterda C) Korxona rahbarida D) Ishonchnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga mas’ul shaxsda 7. Materiallar qoldiqlari va sarflanayotgan materiallar qiymatni aniqlash usullari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) O‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha (AVECO), tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt bo‘yicha dastlabki zaxiralar tannarxi bo‘yicha (FIFO) B) Tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha, o‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha (AVECO), tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt bo‘yicha dastlabki zaxiralar tannarxi bo‘yicha (FIFO) C) Tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha, o‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha (AVECO) D) O‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha 8. Korxona materiallar daval xom-ashyo sifatida qayta ishlash uchun berilganda qanday buxgalteriya yozuvi tuziladi? A) D-t 1070-“Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” scho‘ti, K-t Materiallarni hisobga oluvchi scho‘ti (1000) B) D-t 1070 –“Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar scho‘ti” K-t 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” scho‘ti C) D-t 1000-“Materiallarni hisobga oluvchi scho‘tlar” K-t 2830-“Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar” scho‘ti D) D-t 2830-“Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot” scho‘ti K-t 1000-“Materiallarni hisobga oluvchi scho‘tlar” (1010-1090). 9. Materiallar korxona buxgalteriya balansiga qaysi qiymatda kirim qilinadi? A) joriy qiymati bo‘yicha B) realizatsiya qilishning sof qiymatida C) xarid qiymatida D) tannarxi bo‘yicha 10. Xarid qilingan materiallar uchun haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (misol uchun o‘tkazmalar uchun bank komissiyalari) materiallar tannarxiga kiritiladimi? A) Ushbu xarajatlar materiallar tannarxiga kiritilmaydi hamda ular yuzaga kelgan hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi. B) Ushbu xarajatlar materiallar tannarxiga kiritiladi. C) Ushbu xarajatlar 1610-“Materiallar qiymatida farqlar” scho‘tida hisobga olinadi. D) Ushbu xarajatlar materiallar tannarxiga kiritilmaydi hamda ular yuzaga kelgan hisobot davrida umumishlab chiqarish xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Download 36.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling