Mavzu: Jurnalistika ma'nolarining taraqqiyoti


-modda. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish hollari


Download 65.57 Kb.
bet23/24
Sana30.04.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1416820
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Atqiyoyeva Nilufar Kurs ishi

31-modda. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish hollari
Muharrir (bosh muharrir), shuningdek jurnalist ommaviy axborot vositasida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan materiallar tarqatilganligi uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydilar:
1) agar bu ma’lumotlar rasmiy xabarlardan olingan bo‘lsa;
2) agar ular axborot agentliklari yoki davlat va ro‘yxatga olingan jamoat idoralarining matbuot xizmati orqali olingan bo‘lsa;
3) agar ular xalq deputatlari Sovetlarining sessiyalarida, jamoat tashkilotlari syezdlari, konferensiyalari, plenumlarida so‘zlagan, shuningdek boshqa holatlardagi rasmiy nutqlarning takrorlanishidan iborat bo‘lsa;
4) agar ular oldindan yozilmay efirga berilgan muallif nutqlarida yoki ushbu Qonunga muvofiq tahrir qilinmaydigan nashrda bo‘lsa.
32-modda. Etkazilgan ma’naviy zararni qoplash
Ommaviy axborot vositasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, fuqaroning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan yoki unga mulk bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqacha zarar yetkazadigan ma’lumotni tarqatishi natijasida fuqaroga yetkazilgan ma’naviy (mulk bilan bog‘liq bo‘lmagan) zarar sud qaroriga muvofiq ommaviy axborot vositasi, shuningdek aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qoplanadi. Ma’naviy (mulk bilan bog‘liq bo‘lmagan) zararni pul bilan qoplash miqdorini sud belgilaydi. Ma’naviy zararni pul bilan qoplash miqdori 10 ming so‘mdan oshmasligi kerak. Ommaviy axborot vositalari orqali kechirim so‘rash, xatoni oshkora tan olish orqali ham bunday ma’naviy zararning o‘rni qoplanishi mumkin.
VII bob. XALQARO ALOQALAR
33-modda. O‘zbekiston Respublikasida chet el ommaviy axborot vositalari, xorijiy davlatlar diplomatiya va boshqa vakolatxonalari vakillarining faoliyati
Ommaviy axborot vositalari sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

XULOSA

Shubhasiz, bugungi kunimizni televideniye, internetsiz tasavvur qila olmaymiz.Televideniye va internet esa Jurnalistika sohasining asosini tashkil etadi Demak, jurnalistika sohasi har bir insonning hayotida muhim ahamiyatga ega.Bu so’zlarning asl ma’nosini anglash jurnalistika sohasiga kirish uchun birinchi eng muhim qadamdir. Bugungi shiddat bilan rivijlanib borayotgan mediamakonda Jurnalistika sohasi va jurnalistning vazifalari tobora ortib bormoqda.Internet oqimi kuchayib borar ekan, bu sohaning yelkasida katta mas’uliyat turibdi. Shuning uchun jurnalistika tarixiy zarurat foydasiga harakat qiluvchi progressiv, tarixiy taraqqiyotni kechiktirishga intiladigan reaksion jurnalistika deb ataladi. Jurnalistning bunday faoliyati erkin emas, uning maqsadi va natijalari zarurat talablarini buzish asosida shaxsning tanazzulga uchrashiga, jamiyatning orqaga chekinishiga, g‘ayriinsoniy kuchlarning g‘alabasiga olib keladi. Shuni yodda tutish kerakki, mutlaq erkinlik yo'q. Zero, zarurat haqidagi "to'liq" bilimga erishib bo'lmaydi, ijtimoiy mavqedagi xarajatlar muqarrar va u yoki bu darajada insonning ijodiy qobiliyatlari cheklangan. Shu bois jurnalist, jurnalistlar jamoalari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining tashkilotchilari o‘z faoliyatining ijtimoiy va ijodiy erkinligi uchun tinimsiz kurash olib boradilar. Shunday qilib, har bir jurnalistning o‘z faoliyatining ijtimoiy va ijodiy muammolarini hal etishi jurnalistikadagi eng yuqori erkinlikdir.




Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling