Mavzu: Kаlkulyatsiya vа uning turlаri. Stаndаrt kаlkulyatsiya. Kаlkulyatsiya bo’yichа оg’ishishlаr


Download 13.48 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi13.48 Kb.
#1818841
1   2   3   4   5
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI MA\'RUZA RAIMBOYEV ASLBEK

Bunday K. navbatdagi davr uchun (yil, chorak) ayrim mahsulotlarning oʻrtacha tannarxini belgilashda qoʻllaniladi, ulgurji narxni belgilashga asos boʻladi; hisobot K. (xatga olish maʼlumotlari asosida hisoblanadi, reja vazifalari bajarilishini nazorat qilish uchun tuziladi, amaldagi harajatlar darajasini koʻrsatadi); normativ K. (i.ch. vositalari va ish vaqtidan foydalanishning mavjud meʼyorlari asosida tuziladi); l o y i ha K. (boshqa koʻrsatkichlar bilan bir qatorda kapital qoʻyilmalar va yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qoʻllaniladi). Shuningdek, tannarx K.si ishlab chiqarish, toʻliq, tarmoq va b. K.larga boʻlinadi.

Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob’ekti

Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob’ekti

• bilvosita xarajatlarni taqsimlash usulini tanlash. Har bir korxona ushbu tanlovni mustaqil ravishda amalga oshiradi va uni majburiy ravishda hisob siyosatida qayd etadi;

• korxona xarajatlarini davrlar bo'yicha taqsimlash. Buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar ularni tugatish vaqtida aks ettirilishi kerak. Pul oqimlari bilan bog'lash muhim emas;

• Kapital qo'yilmalar va joriy xarajatlar hisobini alohida yuritilishi. Ushbu tamoyil "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida " nizom bilan asoslanadi;

• Ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblash usullarini mustaqil tanlash.

• Ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblash usullarini mustaqil tanlash.

Jarayonli, buyurtmali tannarx hisoblash usullari

• Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilish tizimi seriyali yoki ommaviy tarzda bir xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Xarajatlarni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilishni har bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonining alohida qismini bajarish va ishlov berishga qarab mahsulotni bitta muomaladan boshqasiga o’tishni ko’zda tutgan texnologiyaga ega subektlar ham qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab chiqarishni tugatadi va mahsulotni tayyor mahsulot omboriga topshiradi. Xarajatlar mahsulotlarga ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun nisbatsiz umumlashtiriladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini ma’lum davrda shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.


Download 13.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling