Mavzu: Kаlkulyatsiya vа uning turlаri. Stаndаrt kаlkulyatsiya. Kаlkulyatsiya bo’yichа оg’ishishlаr

Kalkulyasiya qilish 4 usuldan iborat bo‘lib, oddiy, bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi

Download 13.48 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi13.48 Kb.
#1818841
1   2   3   4   5
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI MA\'RUZA RAIMBOYEV ASLBEK

Kalkulyasiya qilish 4 usuldan iborat bo‘lib, oddiy, bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi.

Kalkulyasiya qilish 4 usuldan iborat bo‘lib, oddiy, bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi.

 Oddiy usul - oddiy ishlab chiqarishda, ya’ni ko‘mir, neft, gaz qazib chiqarishda, issiqlik va yelektr quvvati ishlab chiqarishda, dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlarida qo‘llaniladi. Bu usulda bitta mahsulotning o‘rtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar summasini xarajat moddalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Bo‘limli usul - metallurgiya, to‘qimachilik, yengil sanoat, kimyo va boshqa sanoat korxonalarida qo‘llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish bo‘limlar yoki bosqichlardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, to‘qimachilik sanoati, ip yigiruv, to‘quv va bo‘yash bo‘limlaridan tashkil topgan. Bo‘limli usulda tayyor mahsulotning tannarxi oxirgi bo‘limda aniqlanadi. Bo‘limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shuki, unda har bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir bo‘limli bosqichi bo‘yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar hisobi mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulyasiya moddalari bo‘yicha yuritiladi.

Buyurtmali usulning - mohiyati shundan iboratki, bunda hamma asosiy xarajatlar kalkulyasiya moddalari bo‘yicha har bir ishlab chiqarish buyurtmasi bo‘yicha alohida hisob qilinadi. Kalkulyasiya qilishning bu usulida xarajatlar hisobi va kalkulyasiyalash ob’yekti ayrim ishlab chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning haqiqiy tannarxi buyurtma tayyor bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi.

Normativ usuli - asosan ishlab chiqarishning ommaviy va yirik tarmog‘i bo‘lgan mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladi. Kalkulyasiyalashning boshqa usullari kabi bu usulda ham korxonada omborlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash, moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga sarflash bo‘yicha dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish ustidan nazorat qilish, hisob ishlarini bajarishda hisoblash mashinalaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga yegadir.

Download 13.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling