turdagi plitalardan foydalanganda ayrim uchastkalarda (ayniqsa burilishda) monolit qismlarga ehtiyoj qolmaydi. - Ushbu turdagi yo‘llarni qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash
- xarajatlari harakat intensiv bo‘lgan qurilishlarda o‘zini 1.5...2 yilda qoplaydi.
- Yig‘ma va bo‘laklarga ajratiladigan plitalar qurilish tashkilotini shaxsiy mulki
- bo‘lib , undan ko‘p marta foydalanish imkonini beradi.
Yo‘l qoplamasi bir necha qatlamlardan iborat – to‘shaladigan qo‘mli - Yo‘l qoplamasi bir necha qatlamlardan iborat – to‘shaladigan qo‘mli
- qatlam, yuk ko‘taruvchi zamin (shebenkali, betonli, temirbetonli) va qoplama.
- Qurilish maydonida qurilish davrida bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish uchun
- doimiy yo‘llar yuqori qoplamasiz barpo etiladi. Faqat yo‘lning pastki qatlamlari
- barpo etilib temir betonli yo‘l plitalaridan vaqtinchalik qoplama hosil qilinadi.
- Asosiy qoplama bu holatda ob’yekt topshirilishidan oldin qoplanadi.
Qurilish maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bunda barcha uchastkalar va ish joylarida mehnat xavfsizligi ta’minlangan boMishi kerak. Qurilish maydonchasi va ish jovini tashkil qilish QMQ 3.01.02-00 «qurilishda xavfsizlik texnikasi»ga asoslanib amalga oshiriladi. Har bir qurilish maydonida xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi bo'yicha tadbirlarini o’z ichiga olgan «Ishlab chiqarish ishlari loyihasi» (IChIL) deb nomlangan hujjat bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish ishlari loyixasi qurilish boshqarmasining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanib, qurilish ishlarini boshlashdan ikki oy oldin qurilish joyiga beriladi. Bu xujjatsiz qurilish - montaj ishlarini bajarishga ruxsat etilmaydi. Qurilish joyiga ish boshqaruvchilar (uchastka boshlig‘i, ish yurituvchi yoki ustalar) mazkur loyiha bilan tanishib, shu xujjat asosida qurilish maydonchasi va ish joyini tashkil qilish uchun bir qator tayyorgarlik ishlarini bajaradilar. Avvalo qurilish maydonchasi tashqi muhitdan taxta to‘siqlar bilan (to‘siqlarning balandligi 1,6 metrdan kam bo'lmasligi kerak) o'ralib, transport vositalari va ishchilar kirib-chiqishi uchun darvoza o‘rnatiladi. Darvoza oldiga transport vositalarining qurilish maydonchasida harakatining sxemasi va bino pasporti ham o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |