Mavzu: Kalonnalarni yaratish va yuklarni joylashtirish. Mavzu: Kalonnalarni yaratish va yuklarni joylashtirish


Download 444.08 Kb.
bet4/5
Sana11.02.2023
Hajmi444.08 Kb.
#1190313
1   2   3   4   5
Bog'liq
Konstruktsiya

Qurilish maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bunda barcha uchastkalar va ish joylarida mehnat xavfsizligi ta’minlangan boMishi kerak. Qurilish maydonchasi va ish jovini tashkil qilish QMQ 3.01.02-00 «qurilishda xavfsizlik texnikasi»ga asoslanib amalga oshiriladi. Har bir qurilish maydonida xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi bo'yicha tadbirlarini o’z ichiga olgan «Ishlab chiqarish ishlari loyihasi» (IChIL) deb nomlangan hujjat bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish ishlari loyixasi qurilish boshqarmasining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanib, qurilish ishlarini boshlashdan ikki oy oldin qurilish joyiga beriladi. Bu xujjatsiz qurilish - montaj ishlarini bajarishga ruxsat etilmaydi. Qurilish joyiga ish boshqaruvchilar (uchastka boshlig‘i, ish yurituvchi yoki ustalar) mazkur loyiha bilan tanishib, shu xujjat asosida qurilish maydonchasi va ish joyini tashkil qilish uchun bir qator tayyorgarlik ishlarini bajaradilar. Avvalo qurilish maydonchasi tashqi muhitdan taxta to‘siqlar bilan (to‘siqlarning balandligi 1,6 metrdan kam bo'lmasligi kerak) o'ralib, transport vositalari va ishchilar kirib-chiqishi uchun darvoza o‘rnatiladi. Darvoza oldiga transport vositalarining qurilish maydonchasida harakatining sxemasi va bino pasporti ham o‘rnatiladi.

Sxemada qurilish materiallari va konstruksiyalarini tashiydigan transport vositalarining qurilish maydonchasidagi harakat tezligi, qaerda to'xtashi, yuklash-tushirish ishlarini bajaradigan joylar, xavfli zonalar va yana orqaga qaytadigan yo‘lning belgisi ko‘rsatiladi. Xaydovchilar shu sxema orqali qurilish maydonchasida aniq va puxta harakat qilishlari kerak. Qurilish pasportida esa qurilayotgan bino va qurilish boshqarmasining nomi, ish boshqaruvchilarining familiyalari hamda bino qurilishi qachon boshlanib, qachon tugallanishi haqidagi yozuvlar o'z ifodasini topishi shart. Qurilish maydonchasida transport vositalari harakatlanishi uchun vaqtinchalik yoMlarni shunday xisob bilan qurish kerakki, maydonchaga kirayotgan avtomobillar yilning barcha faslini har qanday obhavo sharoitida ham bemalol harakat qila olsin. Transport vositalari uchun me’yor bo‘yicha bir tomonlama harakat qiladigart yo'lning kengligi 3,5 m, ikki tomonlama harakatlanadigan yo'lning kengligi 6m bo'lishi kerak. Transport vositalari qaytadigan yo'lning radiusi 10m va boshqa yirik xajmli avtomobillar uchun 12 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.


Download 444.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling