Demak, ma’lumotlar bazasi alohida obyekt haqidagi integratsiyalashgan ma’lumotlar to‘plamidir.
Ma’lumotlar bazasi geografik ma’lumotlarni to‘plashda an’anaviy fayl asosli ma’lumotlar to‘plamiga nisbatan quyidagi qulayliklarni yaratadi:
Barcha ma’lumotlarni bir joyga to‘plagan holda ortiqcha joyni egallashdan xalos etadi.
Ma’lumotlarni to‘g‘ri tashkillashtirish va ularning ikkilanib kelishining kamayishi natijasida ta’mirlash xarajatlari qisqartiriladi.
Amaliy masalalar axborot erkinligiga erishadi, bu esa ko‘plab amaliy masalalarning bir xil ma’lumot bilan alohida ishlash imkoniyatini beradi.
Foydalanuvchilar bilimi amaliy masalalarda osonlik bilan almashinadi, chunki ma’lumotlar bazasi o‘zgarmas bo‘lib qoladi.
Ma’lumotlar almashinuvining osonlashuvi barcha turdagi foydalanuvchilar hamda ma’lumot boshqaruvchilari o‘rtasidagi korporativ tasvir (view, obzor)ni osonlashtiradi.
Axborotlar standarti tuziladi hamda ularning xavfsizligi ta’minlanadi.
MBBT bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli foydalanuvchilarning katta miqdordagi axborotlar bilan ishlashiga mos keladi.
Boshqa tomondan qaraganda, MBBT fayllar tizimiga qaraganda quyidagi noqulayliklarga ham ega:
MBBT dasturini sotib olish hamda ta’mirlash birmuncha qimmat.
MBBT ma’lumotlarni boshqarishda qiyinchiliklar tug‘diradi, ayniqsa, kichik loyihalar uchun.
Maxsus indeksatsiya va algoritm qodlanilishi mumkin bo‘lgan murakkab turdagi ma’lumotlar hamda strukturalardan foydalanishda yakka foydalanuvchiga fayllar usuli qulay bo‘ladi.
So‘nggi yillarda geografik axborotlar bazasi juda ham kengayib bormoqda. Masalan, AQSHning aerosuratlari 25 TeraBayt (TB)ni tashkil etadi, Buyuk Britaniyaning taxminan 450 million vektor obyektlari bo‘lib, bu vektorlar MasterMap ma’lumotlar bazasida joylashgan bo‘lib, butun Britaniyani qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |