Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Download 488.83 Kb.
bet13/19
Sana19.10.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1709860
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Mavzu 3 (3)

Vektor ma’lumot olish. Asosiy yoki birlamchi vektor ma’lumot olish bu geografik ma’lumot olishning asosiy manbayi hisoblanadi. Vektor ma’lumot olish ikkita muhim qismga: dala yoki yer va GPS syomkasiga bo‘linadi. Oxirgi vaqtlarda GPS syomkasi tobora kengroq qo‘llanilib bormoqda va bu ikki tur syomka bir-biriga qo‘shilib ketmoqda.
Dala yoki yer syomkasi istalgan nuqtaning uch o‘lchamdagi joylashuvini boshqa koordinatasi ma’lum bo‘lgan tayanch nuqtalar (reper, marka, signal) yordamida o‘lchash tamoyiliga asoslangan. Syomka ishlari tayanch nuqtadan boshlanadi. Agar bu nuqtaning koordinata sistemasi ma’lum bo‘lsa, qolgan barcha o‘lchangan nuqtalar mana shu sistema doirasida olinadi. Agar ma’lum bo‘lmasa, mahalliy yoki qiyosiy koordinata sistemasini ishlatadi. Syomka paytida olingan nuqtalar syomka o‘lchovlaridan olinganligi uchun ularning koordinatalari boshqa nuqtalar koordinatalariga bog‘liq holda bo‘ladi.
Bizga geodeziya kurslaridan ma’lumki,bu turdagi syomkada boshlang‘ich va oxirgi nuqta o‘zaro bir-biriga bog‘lanishi kerak. Masalan, yopiq poligon ichida syomka bajarilsa, boshlang‘ich nuqtaning koordinatasi bilan oxirgi nuqtaning koordinatasi bir xil bo‘lishi, yo‘l yoki trassa syomka qilinganda esa boshlang‘ich nuqtadan boshlanib kelingan syomka oxirgi koordinatasi ma’lum bo‘lgan nuqtaga kelganda aynan o‘sha nuqtaning koordinatasi chiqishi kerak, aks holda xatolik paydo bo‘lib, agar u yo‘l qo‘yilgan darajada bo‘lsa, tarqatib yuboriladi. Agar yo‘l qo‘yiladigan darajada bo‘lmasa, unda syomkani qayta boshlash kerak bo‘ladi. Yangi syomkada esa oldin o‘lchangan nuqtalar joylashuvi o‘zgarishi mumkin.
Geodezistlar an’anaviy syomka paytida burchak o‘lchash ishlarida teodolit va masofa o‘lchashda lenta hamda metrlardan foydalanishadi. Vaholanki, hozirgi kunda bunday asboblar o‘rnini ham burchak, ham masofa o‘lchay oladigan elektrooptik elektron teodolitlar egallamoqda (3.10-rasm).



    1. rasm. Zamonaviy teodolit (Manba: Trimble veb-sahifasi)

Bu turdagi asboblar avtomatik ravishda ma’lumotlarni xotirasida saqlaydi va eng muhimi, vektor nuqtalarni, chiziqlarni hamda maydonlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri dalaning o‘zida yaratadi. Bu esa bizga joyning o‘zida dala va kameral ishlarni taqqoslab, to‘g‘rilab olish imkoniyatini beradi. Zamon rivojlanishi bilan eski geodezik syomka o‘rnini yangi zamonaviy syomka turlari egallamoqda, natijada ishning sifati va aniqligi ham oshib bormoqda.
Odatda, syomka qilish uchun ikki kishi talab etiladi, ulardan biri elektron taxeometrni ishlatish bilan mashg‘ul bo‘lsa, ikkinchisi nur qaytaruvchi prizmani ushlab turishi lozim. Ba’zi masofadan turib boshqariladigan tizimlarda birgina insonning o‘zi ham elektron taxeometr, ham prizmani boshqarishga yetarli bo‘lmoqda. Yer yoki dala syomkasi ko‘p vaqt talab qiladigan va qimmat syomka bo‘lishiga qaramasdan, hozirgacha berilgan nuqtaning koordinatasini yuqori aniqlikda topishning eng yaxshi yo‘li sifatida baholanib kelmoqda.
Bunday turdagi ishlar yuqori aniqlik talab qiluvchi muhandislik ishlarida, jumladan bino va inshoot qurilishida, chegara belgilash va boshqa ishlarda qo‘llanilib kelmoqda. Bundan tashqari, bunday syomka natijasida olingan ma’lumotlar bo‘yicha tayanch punktlarning koordinatasi yuqori aniqlikda olinmoqda va bu nuqtalarga asoslanib aerokosmik tasvirlarni keyinchalik deshifrlash orqali kerakli nuqtalarning koordinatalari topiladi.

Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling