Pedagogik texnologiya, ishlab chiqarish-texnologik jarayondek, rejalashtirilgan natijaga erishishni kafolatlaydi.
1.3. Pedagogik texnologiya tamoyillari.
Pedagogik texnologiya tamoyillari, «Pedagogika» va «Texnologiya» fanlarining negizini tashkil etuvchi qoidalar yig'indisiga tayanadi. Pedagogik texnologiya maqsadlari, vazifa-lari, tarkibi, mazmunining tahliliga ko'ra uning quyidagi asosli tamoyillari shakllantirilgan: ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, maqsadga yo'naltirilganlik, faoliyatli yondashuvlik, boshqari-luvchanlik, tuzatuvchanlik, natijaviylik, qayta takrorlanuvchanlik, tejamlilik. Ushbu barcha tamoyillar o'zaro bog'iiq bo'lib, bir-birini talab etadi va to'ldiradi. Bu tamoyillar asosida o'quv jarayoni tashkil etiladi, ya'ni uning tayyorgarligi va o'qitish jarayoni amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning tamoyillarida pedagogik va texnologik fanlarning yutuqlari qamrab olingan. «Pedagogik texnologiya» fani ko'rinishidagi mazkur tamoyillar majmuasi aniqligi, isbot talab etmasligi, amaliyligi tufayli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ajoyib natijalarni beradi.
1. Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil har qanday o'quv predmeti, o'quv materiali fanining zamonaviy yutuqlariga tayanishi lozimligini ko'rsatadi. Ushbu tamoyil, eng awalo o'quv dasturlar, o'quv qo'llanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga muvofiq har yili o'quv fanlarining ishchi o'quv rejalari va o'quv materiallarini takomillashtirish, muammoli mashg'ulot o'tkazish talab etiladi. Ilmiylik shakli va fanning tili o'rganiladigan o'quv fanlariga xos xususiyatlarning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi. Ilmiy axborotning ifoda etilish aniqligi va qat'iyligi, uni ifoda etish tizimi va aloqalariga juda katta e'tibor qaratishni talab etadi.
Oliy maktabda ilmiylik, birinchi navbatda, obyektiv olam qonuniyatlarini ochish bilan uzviy bog'iiq vafanlararo bog'lanishlar va fanlarning o'zaro taysirini shakllanishini talab etadi.
Ushbutamoyilningoliymaktabdaro'yobgachiqarilishiuchun, barcha o'qituvchilar tomonidan majburiy ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi va bu ishga talabalarning jalb qilinishi taqozo etiladi. Bu talabalarda ajoyib va nostandart yechimlar qabul qilish, individual va ijodiy ishlash malakalarini hosil qilish, ilmiy adabiyot va axborotlardan foydalanish ko'nikmalarini, ularda tanqidiy fikrlash, bilimlar harakatchanligi, tez o'zgaruvchan sharoitlarga moslashish - qobiliyatlarini rivojlanish imkoniyatlarini shakllantiradi. Oliy maktabda o'quv jarayoni doimo harakatdagi jarayondir, shuning uchun u doimiy ravishda nafaqat fan va texnikaning holatini, balki ularning zamonaviy taraqqiyoti barcha xususiyatlarini e'tiborga olishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |