Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash. Reja
Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash metodlari
Download 76 Kb.
|
2 М.М.
3. Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash metodlari
Ta’lim-tarbiya ishida aniq didaktik maqsadlarga ko‘ra tahsil beruvchi va tahsil oluvchilarning o‘zaro aloqador biri ikkinchisini taqozo etuvchi hatti-harakatlari majmuasi yoki muloqotda bo‘lish usullariga ta’lim-tarbiya metodlari deb yuritiladi. Tarbiya metodlarini turkumlash: 1. Tarbiyaviy jarayonda axborotini o‘zlashtirish manbaiga ko‘ra: a) og‘zaki (so‘zlab berish, savol-javob, suhbat, ma’ruza,tushuntirish, bayon etish kabilar); b) ko‘rsatmali (ko‘rsatmali bayon etish, tushuntirish); v) amaliy (tajriba sinovlari va laboratoriya ishlari, o‘quv ishab chiqarish mehnati); 2. Tarbiyaviy jarayonda axborotni uzatilishi va o‘zlashtirish mantiqiga ko‘ra: a) oddiydan murakkabga (induktiv); b) murakkabdan oddiyga yoki mavhumdan ma’lumga (deduktiv); 3. Tarbiya jarayonini o‘rganuvchilarning mustaqil tarbiya tafakkuri darajasiga ko‘ra: a) mahsulsiz (reproduktiv); b) mahsullik (produktiv); 4. Tarbiyaviy ishlarining bajarilish darajasiga ko‘ra: a) Tarbiya beruvchi rahbarligidagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar; b) Tarbiya beruvchi rahbarligisiz tahsil oluvchilarning mustaqil ishlari (manbalar bilan ishlash, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, mehnat vazifalarini bajarish va shu kabilar); 5. Tarbiyalanuvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bo‘yicha: a) tarbiyalash o‘yinlari; b) tarbiya bo‘yicha munozaralari; v) tarbiya bo‘yicha qiziqarli amaliy vaziyatlarni yuzaga keltirish; 6. Javobgarlik burchini shakllantirish va rag‘batlantirish usuliga ko‘ra: a) ishontirish; b) talab qo‘yish; v) qo‘yilgan talabga muvofiq mashq qildirish; g) rag‘batlantirish va jazolash; 7. Nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish usuliga ko‘ra: b) yoppasiga (yalpi) tarbiyalash; v) og‘zaki va yozma sinov yoki so‘rovnomalar; g) dasturli so‘rov (testlar yordamida mashinali yoki mashinasiz); d) o‘z-o‘zini nazorat qilish va shu kabilar. Pedogogikada maqsadiga ko‘ra tarbiya metodlari quyidagi guruppalarga ajratiladi: faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari; xulq-atvor va faoliyatni rivojlantirish metodlari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tarbiyalash shakllari va metodlari. O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida quyidagi shakillardan foydalaniladi. 1.Fan asosslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash. 2.Darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqotlar o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash. 3. Darsdan tashqari tashqari paytlarda va o‘quv yurtidan tashqarida ma’naviy – ma’rifiy va turli xil tarbiyaviy tadbirlar jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash. Fan asoslarin io‘rganish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash xarbir fan va undagi xar bir mavzuni o‘rganish jarayonida uning tarbiyaviy xarakterini, tomonlarini ochib berish orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqotlar o‘tkazish ularning jismoniy ruhiy rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasi uchun muhim, ko‘p hollarda esa, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Dasrdan tashqari tarbiyaviy mashg‘ulot va muloqat quyidagilarga imkon beradi: bir-birini bilish; yaxshi munosabatlar shakllanishi; shaxs qirralarini anglash; yaxshi daqiqalarni birgalikda boshdan kechirish; insonlarning yaqinlashuvi; hamkorlikdagi hissiy kechinmalar; do‘stlashish-ruhiy yaqinlashish; tarbiyachi kasbining kerakligini his etish; ehtiyoj-talabni his etish. Darsdan tashqari tashqari paytlarda va o‘quv yurtidan tashqarida ma’naviy – ma’rifiy va turli xil tarbiyaviy tadbirlar tarbiyalamoq o‘quvchi-yoshlarning faoliyatini tashkil qilmoq demakdir Download 76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling