Shaxsiy yondoshish. Bunday yondoshish tarbiyalanuvchilarning shaxsiy sifatlariga tayanishni ko‘zlaydi va tarbiyachidan quyidagilarni talab etadi:
shaxsning individual xususiyatlarini (xarakteri, mijozi(temperamenti), qarashlari, odatlari va b.) muntazam o‘rganish va yaxshi bilish;
mohirona tashxislash va shaxsiy sifatlarning real shakllanganlik darajasini bilish;
tarbiyalanuvchini shaxsning rivojlanishini ta’minlovchi murakkablashib boradigan faoliyatga tortish;
shaxsning aktivligiga tayanish;
shaxsni tarbiyalashdan o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish, maqsadni, mazmuni, metodlarni o‘z –o‘zini tarbiyalashning shakllarini belgilash maxoratini hosil qilish;
faoliyatning muvaffaqiyatga olib keluvchi mustaqillik, tashabbus, tarbiyalanuvchilarning tashabbuskorligini, mohirona tashkil etish va yo‘naltirishni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |