Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash. Reja


Download 76 Kb.
bet9/11
Sana08.01.2022
Hajmi76 Kb.
#240788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 М.М.

Pedagogik so‘rash metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan o‘quvchilarning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. So‘rash savollarning mantiqiy o‘ylangan sistemasini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy formadagi javobni ("ha","yo‘q") ham taqozo etishi mumkin.

Test, so‘rovnomalar - bu so‘rovnoma, ya’ni anketa usuli qo‘llanganda yaratilgan o‘quvchilar tarbiyasi to‘g‘risidagi yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi.

Test savollaridan ko‘zlangan maqsad oz vaqt ichida talabalarning bilimlarini yoppasiga baholashdir.

Mutaxassislarning bilimini va saviyasini aniqlash uslublaridan biri - bu test yordamidagi sinovdir.

Test yordamida sinov talaba yoki mutaxassisning bilimi, ilmi, ma’naviyati hamda yoshlarning qaysi yo‘nalish va mutaxassislikka layoqati, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida bilimni baholashning pedagogika nuqtai nazaridan ba’zi bir yutuqlari va kamchiliklarida keltirilgan va baholash jarayonini EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi ta’kidlangan. Test savollari va masalalarining jozibadorligiga sabab, uning qisqa va lo‘ndaligi, to‘g‘ri javobni umumiy javoblar ichida borligi va ularning talabalarga ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilishi,uning topishmoqli o‘yinga o‘xshashligi va javobni topishda xotira,intuisiya va topqirliklar qo‘l keladi. Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.




Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling