Mavzu: kasb-hunar maktabari haqida malumot


Kasb-hunar ta’limi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida


Download 29.76 Kb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi29.76 Kb.
#1771139
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
kasb hunar maktablari haqida referat

Kasb-hunar ta’limi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida


Istiqlolga erishgan mamlakatimizda yuz berayotgan tub o'zgarishlar ta’lim mazmunini davr nuqtai nazaridan yangilashni taqozo etmoqda. Bunday yangilanish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan O 'z ­ bekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilmoqda. «Ta’lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy m a ’naviy saloxiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiy oti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimi barpo etilmoqda. Ta’limning «O'zbek rnodeli» dunyoga keldi, bu model xalqaro miqyosda engobro'li mutaxassislar tomonidan tan olinmoqda. Mamlakatimizda va xorijiy mamlakatlarda to'plangan ijobiy tajribalarga asoslangan holda. t a ’lim tizimining to'laqonli faoliyatini 12 tashkil etish va isloxotlarni jadallashtirishga qaratilgan m e ’yoriyuslubiy hujjatlar ishlab chiqildi. Fan texnika taraqqiyoti sharoitida jamiyatning barcha a ’zolarining jumladan yoshlarning madaniy va ta’limiy darajasiga bo'lgan talab to’xtovsiz o'sib bormoqda. Shu sababli, yoshlar o'zlarining g'oyaviyaxloqiy sifatlari, saviyalari hamda professional-kasbiy mahoratlari bilan fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini jamiyat afzalliklari bilan bog'liq bo'ladigan davlat va jamiyat, ishlab chiqarish tomonidan ishchi-mutaxassislarga qo'yilgan vazifalarni hal qilishga qodir malakali ishchi mutaxassislar tayyorlaydigan tizim - «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida shakllantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimi doirasida kasb ta’limiga alohida o'rin berilishining samarasi sifatida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar tizimi yaratildi. Bugungi kunda kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg’or usullar va yo'nalishlar bilan boyib bormoqda. Ayni vaqtda o'zining keng tatbig'ini kutayotgan, fanning boshqa sohalari bilan aloqadorlikda ishlab chiqilgan yangi konsepsiya va nazariyalar rivojlantirilmoqda. Kasbiy ta’lim uzoq davr mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo'naltirildi, biroq. ushbu chora bitiruvchilarning kasbiy mahoratining shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahorat va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o'z bilimini takomillashtirib borishi hamda o'z-o'zini tarbiyalash ehtiyoj ini oshirishga xizmat qilmas edi. Respublika xalq ta ’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida kasbiy ta’limni samarali tashkil etish, ishchi kasblariga maxsus tayyorlash, ta'lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirish masalalariga alohida e ’tibor berilmoqda. Kasbiy mahorat deyilganda, bitiruvchining yuqori darajada kasbiy ko'nikma va malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bo'yicha raqobatbardoshlik darajasi aks ettirishida namoyon bo'ladi. Kasbiy mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajadagi moslashuvchanligi, yangiliklarni tez 13 o'zlashtii'ishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida o'ta olishi va faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi. Kasbiy mahorat va layoqat shaxsning shunday sifatlaridirki, ular bo'lajak mutaxassisning hayotiy hamda mehnat muvvafaqqiyatlarini belgilab beradi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida t a ’limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogika fanining asosiiy vazifasi jahon talablari darajasidayangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, iqtisodiyotimizni buyuk davlat darajasiga ko'taradigan mutaxassislarni tayyorlash, ushbu jarayonda asosiy omil sifatida berilaydigan axborotlar hajmini e ’tirof etish emas, balki ularga nisbatan ijodiy yondashuvni shaklantirish va mustaqil fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Shu sababli bugungi kunda barcha fan sohalari, jumladan, kasb ta’limi bo'yicha yangi o'quv darsliklari, qo'Uanma va tavsiyalarni yaratish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Bu o'rinda kasb ta’limiga bo'lgan e ’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: - ta’lim islohotlari natijasida akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va boshqa turdagi o'quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi; - oliy o'quv yurtlarida kasb ta'limini o'qitilishning yo'lga qo'- yilayotganligi, bu borada alohida fakultet va bo'limlarning tashkii etilishi; -kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanadajipsroq bog'- lanib borishi. istiqbolda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalaming yuzaga kelishi; - kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko'rsatish borasidagi faoliyat turlarining ortib borishi, o'z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi; mehnatni tashkii qilishning ilg'or shakllarini joriy etishi va boshqalar. Ularning kasbiy pedagogika talabalar ta’limi, tarbiyasi, o'qishi hamda rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganadi, ta’lim-tarbiya, peda14 gogik va axborot texnologiyalarini qo'liash mezonlarini ishlab chiqadi. kasb ta'limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimini asoslaydi. U pedagogik nazariyalar to‘g"risidagi bilimlarni, innovatsion texnologiyalarni loyihalash uslublarini umumlashtiradi. Kasbiy pedagogika fani shaxsni kasbiy faoliyatga tayyorlash, yosh avlodni kasbiy tarbiyalash, malakali ishchi kuchining yangi talablar darajasida faoliyat yuritishini t a ’minlashni ko'zda tutadi.


Download 29.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling