Mavzu: kasb-hunar maktabari haqida malumot
Kasbiy ta’limning maqsad va vazifalari
Download 29.76 Kb.
|
kasb hunar maktablari haqida referat
Kasbiy ta’limning maqsad va vazifalari
Kasbiy ta'lim uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo'nalgan bo'lsada, ushbu tadbir bitiruvchilarining kasbiy mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirilgan. Bu holat kasbiy mahorat va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o'z bilimini takomillashtirib borish va o'z-o'zini tarbiyalash ehtiyoj ini oshirishga xizmat qilmas edi. Mustaqillikka erishgandan keyin Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta'lim tizimidagi islohotlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e ’tibor berilmoqda. Kasbiy mahorat dcyilganda, bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko'nikma va malakalarini egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bo'yicha raqobatbardoshlik darajasida o'z aksini topadi. Kasbiy mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajada moslashuvchanligini va yangiliklarni tez o'zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida o'ta olishi, faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi. Kasbiy mahorat va layoqat shaxsning shunday sifatlariki, ular bo'lajak mutaxassisning hayotiy mehnat muvaffaqiyatlarini belgilab beradi. Mustaqil Respublikamizda ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogika fanining asosiy maqsadi sifatida jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish 15 sharoitlariga moslasha oladigan. mamlakatimiz iqtisodiyotini buyuk davlat darajasiga ko ‘taradigan mutaxassislarni tayyorlash va bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondashuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tatbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e ’tibor qaratish lozim. Shu sababli bugungi kunda barcha fan sohalari bo'yicha, jumladan, kasb ta’limiga oid darsliklar, o'quv qo'Uanma va tavsiyalarning yangi avlodini yaratish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Bu o'rinda kasb ta’limiga bo'lgan e ’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: - ta’lim islohotlari natijasida litsey, kollej va boshqa shu kabi yangi turdagi o'quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi; - oliy o'quv yurtlarida kasb ta’limi bo'yicha alohida bo'lim va fakultetlarning tashkii etilishi; - kasbiy ta’lim pedagogikasining boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog'lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; - kasbiy ta ’lim muassasalarining aholiga ta ’lim xizmatlarini ko'rsatish turlarining ortib borishi, o'z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yishi; - mehnatni tashkii qilishning ilg'or shakllarini joriy etishi va boshqalar. Download 29.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling