Mavzu: Kasbga yo'naltirilgan ta'limning maqsadi va mazmuni Reja: Kirish. I. Bob
Download 48.25 Kb.
|
BARISOVA NAVRO`ZA QAHRAMON QIZI
1-shakl. Ta’lim mazmuni keng miqyosdagi kasblar bо‘yicha tarmoqlar va tarmoqlararo kasblar integratsiya bloklarining shakllanishi, asosida hosil bо‘ladi
Umumiy ta’limiy blokka – nazariy va amaliy о‘quv materiali kiradi, yaqin kasblar guruhi uchun integratsiya asosini о‘taydi, tarmoqlardan (ishlab chiqarish) ajratilgan va yoki tarmoqlararo darajasida bо‘ladi. Bu umumtexnik, texnologik yoki kasbiy faoliyatning asosini tashkil etuvchi guruhlar bо‘lishi mumkin. Agar bu kasblar uchun tarmoqli blok unsurlari, masalan, iqtisodiy tavsif bо‘yicha, umumiy kasbiy blokka kiritilishi mumkin. Ta’lim jarayonida kasbiy blok eng asosiysi hisoblanib kasbiy blokda о‘quv materiali, turli kasbiy faoliyatni talab etilayotgan darajada о‘rganish maqsadga muvofiqdir. Mutaxassislik bloki-nazariy va amaliy о‘quv materiali kasb mutaxassisligini о‘rganish uchun zarur. Umumiy mutaxassislik bloki – keng miqyosli texnik-texnologiyani qamrab oluvchi, mehnatning mazmuni bо‘yicha nisbatan har xilligiga asoslanadi. Bir necha mutaxassisliklar uchun kasblar bо‘yicha umumta’lim mazmunini ajratib, umumiy mutaxassislik blokiga kiritish mumkin. Masalan, «Tikuvchilik» kasbi uchun ta’lim mazmuni tanlanganda, yuqori qatlam bо‘yicha – tikuvchilik ishlab chiqarishga tо‘g‘ri keladi, о‘rta qatlam bо‘yicha kiyimlarni, yakka tartibda tikish texnologiyasii, yaqin kasblar guruhi, quyi katlam- «tikuvchilik» kasbi mutaxassisliklar masalan, ayollar yengil kiyimlarini tikuvchi. Birinchi qatlam uchun ajratilgan mazmun umutexnik blok kо‘rinishda tikuvchilik ishlab chiqarishi uchun xizmat qiladi (fanlar «Materialshunoslik», «Bozor iqtisodiyoti») 2-chi qatlam-yakka tartibda kiyimlarni tikish – yaqin kasblar guruhi umumkasbiy blok kо‘rinishida.(fanlar «Madaniyat», «Kiyimlarni loyihalash asoslari») uchinchi qatlam-«Tikuvchilik» kasbi uchun umumiy kasbiy blok kо‘rinishida (fanlar «Kiyimlarni tikish texnologiyasi asoslari», «Kiyimlarni modellashtirish va konstruksiyalash asoslari»). Uchta asosiy yuloklarga mos keluvchi 3 ta mutaxassislik: ayollar yengil kiyimi, ayollar ustki kiyimi, erkaklar kiyimi mutaxassisliklari belgilanadi. Bu blok «Kiyim tayyorlash texnologiyasi» о‘quv fani tanlangan mutaxasislikka bog‘liq holda aniq mazmunlar bilan tо‘ldiriladi. Qо‘shimcha bloklarning 4 turdagi majmuini kо‘rib chiqamiz. Yо‘nalishni о‘zgartirish bloki – egallangan kasblar asosida yangisini egallash ishsizlarni о‘qitish tizimi uchun muhimdir. Tikuvchilik qayta о‘qitib о‘zining mutaxasisligiga mos ravishda bichuvchi mutaxassisligini berish. Bunday yо‘nalishni о‘zlashtirish tikuvchi uchun yakka faoliyatni olib borishiga yordam beradi. Bu blokda quyidagi «Kostyum tarixi», «Menedjment asoslari», «Kiyimlar konstruksiyasi», «Kiyimlarni modellashtirish va badiiy bezash» fanlari о‘qitiladi. Kasbiy ta’limni oshirish bloki – kadrlar tayyorlashning 2- tizimi bilan bog‘liq. Agar 2-tizim - umumtexnik daraja va tarmoqli tayyorlashni kasbiy ta’limning о‘rta darajasigacha olib borish masalasini hal etishga xizmat qilsa, u holda ta’lim oluvchilar kasbiy ta’limni egallaganliklari haqidagi diplom bilan birga texnik diplomni ham oladilar (kichik injener). Biznes blok – bozor iqtisodiyoti sharoitida muhimdir. Bu blok odamlarni bozorga jalb etishga va muayyan faoliyatni yuritishga yordam beradi. Blok – Kasbiy tayyorgarlikni takomillashtiruvchi bloki – о‘z kasbi bо‘yicha yangi texnika va texnologiyalar haqida ma’lumotlar berish, yangi texnika va texnologiyalarda ishlay oluvchi ishchi va mutaxassislarni tayyorlashda muhimdir. Bu blok bо‘yicha о‘qitish biror firma tomonidan tushgan taklif asosida о‘quv dasturiga kiritilishi mumkin. Biz asosiy va qо‘shimcha bloklar mohiyati bilan tanishib chiqdik. Ular asosida uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish jarayonida kasbiy ta’lim mazmuni yaratiladi. Uzluksiz kasbiy ta’lim yaxlitligini taminlash uchun bloklar sirasiga ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi bloklarni ham kiritish lozim. Ular jumlasiga «Kompyuter asoslari», «Bozor iqtisodiyoti va kichik biznes», «Moliya asoslari», «Xuquq asoslari» kabi bloklar kiritilib ular asosiy tuzilma unsuri bо‘lib xzmat qiladi. Mazkur bloklar yordamida ta’lim mazmuni ham shakllanadi. Masalan, boshlang‘ich kasbiy ta’lim mazmuniga kiruvchi bir qator kasblarni egallash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturiga kiruvchi «Tikuvchi» mutaxassisligini egallash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avval mutaxassislik boshlang‘ich darajada egallanadi, keyin о‘rta darajada, Mutaxassislik bloki, bu yerda «Ayollar yengil kiyimlarining tikuvchisi»ni asosiy va qо‘shma modul asosida shakllantirish mumkin.
Modul birligi sifatida tavsiya etiladigan fanlar hamda amaliy ta’lim turlari: laboratoriya-amaliy ishlar, ishlab chiqarish amaliyoti, kurs ishlar va dipllom ishlarini kо‘rishimiz mumkin. Download 48.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling