Mavzu. Kasbiy faoliyat va bilish jarayonlari. Tafakkur. Intellekt. Nutq


Diqqat turlari, ularning xuxusiyatlari va rivojlanishi. Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari


Download 51 Kb.
bet3/8
Sana18.12.2022
Hajmi51 Kb.
#1026937
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
СЕМИНАР 7 (1)

Diqqat turlari, ularning xuxusiyatlari va rivojlanishi. Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari. Muhandis xodimlarning bilish faoliyati boshqa kasb kishilarnikiga qaraganda chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, aniq maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxsusligi bilan farq qiladi. Quyida bularning barchasiga batafsil to‘xtalamiz. Diqqat va uning Muhandis xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni. Diqqat kishi faoliyatining barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o‘quv faoliyati samaradorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo‘naltirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq. Muhandisxodimlarining kasbiy faoliyatida bilish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning Muhandisfaoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz.
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
E’tiborni ma’lum ob’ektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash zarurati yo’zaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning uchta asosiy turi mavjud:

  • ixtiyorsiz diqqat;

  • ixtiyoriy diqqat;

  • ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat

Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatning o’zoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat Shaxs ning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yo’z beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda Shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish qonuniyatlari hisoblanadi.

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling