Mavzu: Katta ma’lumotlar bazalarini loyihalash


Download 456.37 Kb.
bet1/4
Sana13.02.2023
Hajmi456.37 Kb.
#1194854
  1   2   3   4
Bog'liq
4.1-ma\'ruza


Mavzu: Katta ma’lumotlar bazalarini loyihalash
(Katta ma’lumotlar bazalarini yaratish, ma’lumotlarni saqlash va qidirish. Ma’lumotlar bazasi arxitekturasini baholash)


Reja:

  1. Ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari.

  2. Ma'lumotlar arxitekturasi

  3. Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitektnrasi



Ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari.
Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni, odatda quyidagi asosiy bosqichlardan tashkil topadi:

  1. Predmet sohasini tahlil qilish va ma’lumotlar bazasining axborot iste’moli talablarini aniqlash.

  2. Ma’lumotlar bazasida modellashtirilishi lozim bo’lgan ob’ektlarni tahlil qilish. Ushbu ob’ektlardan mohiyatlar va ularning xususiyatlarini hosil qilish hamda ularning ro’yxatini tuzish. Masalan, «nomi», «rangi», «og’irligi» va boshqa xususiyatlar «detal» mohiyatining xususiyatlari sifatida keltirilishi mumkin.

  3. Tanlab olingan MBBT (Paradox, dBase, FoxPro, Clipper, Access, InterBase, SyBase, Informix, Oracle va hokazo) talqinida mohiyatlar va xususiyatlar uchun mos keluvchi axborot ob’ektlarini (masalan, jadvallar va ustunlarni) belgilash.

  4. Har bir ob’ektni qaytarilmas tarzda belgilaydigan atributlarni aniqlash.

  5. Ma’lumotlar butunligini belgilaydigan va uni saqlab turishga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish.

  6. Ob’ektlar (masalan, jadvallar va ustunlar) orasidagi aloqalarni o’rnatish.

  7. Ma’lumotlarning ishonchliligi hamda zarur hollarda ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash masalalarini rejalashtirish.



Yaxshi tuzilgan ma’lumotlar bazasi:

  • Ortiqcha (takrorlanuvchi) ma’lumotlarni bartaraf qilish orqali xotirani tejaydi.

  • Ma’lumotlarning aniqligi va yaxlitligini saqlaydi.

  • Ma’lumotlarga turli usullar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi.

Samarali va foydali MBni loyihalashtirish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:

  1. Talablarni tahlil qilish yoki ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash

  2. Ma’lumotlarni jadvallarga ajratish

  3. Asosiy kalitlarni (primary key) ko’rsatish va munosabatlarni tahlil qilish

  4. Jadvallarni standartlashtirish uchun normallashtirish

Keling, har bir qadamni batafsil ko’rib chiqaylik. Maʼlumotlar bazasining turli modellari juda ham koʻp, biz esa ushbu qo’llanmada eng koʻp ishlatiladigan relyatsion ma’lumotlar bazasi modelidan (relational model) foydalanamiz.
Yuqoridagi jarayonlarni koʻrishdan avval Relational Model bilan tanishaylik.



Download 456.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling