Mavzu: Katta ma’lumotlar bazalarini loyihalash


Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitektnrasi


Download 456.37 Kb.
bet3/4
Sana13.02.2023
Hajmi456.37 Kb.
#1194854
1   2   3   4
Bog'liq
4.1-ma\'ruza

Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitektnrasi, Ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimini qanday tashkil etilishini o'rganishdagi
ilmiy izlanishlar, ularni amalga oshirishni xilma-xil usullarini
ko‘rsatib beradi. Bularning ichidan eng optimal varianti Amerika
Milliy Standartlashtirish Instituti - ANSI (American National
Standarts Institute) tomonidan taqdim elilgan МВni uch bosqichli
tashkil etish usuli hisoblanadi.

Tashqi modeliar - eng yuqori bosqich. Bunda har bir model
o‘zining ma’lumotlar tavsifini qabul qiladi. Har bir ilova, o‘ziga
kerakli zarur bo'lgan ma’lumotlarni ko'radi va qayta ishlaydi
Masalan, ishchilarni malakasi bo‘yicha taqsimlash tizimi xizmatchi
malakasi haqidagi ma’lumotlarni ishlatadi. Unda oklad, manzili,
telefoni haqidagi axborotlar muhim emas va oxirgi ma’lumotlar
xodimlar bo'limi qism tizimida ishlatiladi.
Konseptual bosqich - markaziy boshqarish bosqishi bo’lib,
bunda MB eng ko‘p umumiy holda tasvirlanib, u shu MB bilan
ishiaydigan barcha ilovalar ishlatiladigan ma’lumotlarni qamrab oladi.
Umuman konseptual bosqich MB yaratilgan predmet sohani
umumlashgan modelini akslantiradi. Bu model obyektlaming muhim
xossalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Fizik bosqich - fayllarda joylashgan ma’lumotlarni tashqi
axborot saqlovchilarida joylashishini belgilaydi. Bu arxitektura
ma’lumotlar bilan ishlaganda mantiqiy va fizik mustaqillikni
ta’minlab beradi.
Mantiqiy mustaqilliylik bitta ilovani o'zgartirishni slu baza
bilan ishlaydigan boshqa ilovani o‘zgartimiasdan amalga oshirishni
bildiradi.
Fizik mustaqilliylik, saqlanuvchi ma’lumotlarni bir qattiq
diskdan boshqasiga ko‘chirganda uni ishlash qobiliyatini saqlab
qolgan holda o‘tkazishni bildiradi.
1.2-rasmda ko‘rsatilgan boshqa modellar kompyuter uchun
yo‘naltirilgan hisobianadi. Ular yordamida MBBT dasturlar va
foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma’lumodardan foydalanish uchun
imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyat ma’lumotlarni fizik joylashishini
hisobga olmasdan, balki dasturlar va foydalanuvchilar nomlari
bo‘yicha amalga oshiriladi. MBBT kerakli ma’lumotlami tashqi eslab
qolish qurilmasidan ma’lumotlarning fizik modeli bo‘yicha izlaydi.
Demak, kerakli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat aniq bir
MBBT yordamida bajariladi. Shuning uchun, ma’lumotlar modeli
usbbu MBBT ma’lumotlarni tavsiflash tilida tavsiflanishi kerak
bo’ladi. Ma’lumotlarning infologik modeli bo‘yicha yaratiladigan
bunday tavsifga ma’lumotlarning datalogik modeli deyiladi.

Download 456.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling