Mavzu: Kechki kartoshka Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Kartoshka ekinining mineral ugitlarga talabi


Download 31.78 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi31.78 Kb.
#1524341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kechki kartoshka 11

2.2. Kartoshka ekinining mineral ugitlarga talabi
Kartoshka tuproqdagi oziq elementlariga talabchan o‘simlik. Bu uning biologik xususiyatlari, jumladan ko‘p miqdorda biomassa to‘plashi va nisbatan ildiz tizimining kuchsiz rivojlanganligi bilan bog‘liq (B.A.Pisarev, V.A.Suxoivanov, A.V.Borisov, I.Ilin va boshqalar, 1974).O‘rtacha har 100 sentner kartoshka hosili o‘zi bilan 50 kilogramm azot, 20 kilogramm fosfor, 90 kilogramm kaliy olib chiqadi (B.A.Pisarev, 1977, 1980, 1988, T.E.Ostonaqulov, 1997). Oziq elementlarni yerdan olib chiqish bo‘yicha kartoshka lavlagi va ba’zi texnika hamda sabzavot ekinlarini hisobga olmaganda, ko‘pchilik ekinlardan ustun turadi. Kartoshkaning oziq elementlarga talabi o‘suv davrida tuproq iqlim sharoitlariga, agrotexnika darajasiga, tuproq unumdorligiga, naviga va hosildan foydalanish yo‘nalishiga qarab turlicha o‘zgaradi (N.N.Balashev, 1979). Oziq elementlarning tuproqda yetishmasligi yoki ortiqcha miqdorda bo‘lishi o‘simlikning vegetativ va reproduktiv organlarining nisbatiga, mahsuldorligi, kasallik va noqulay sharoitlarga, aynishga chidamligi, hosildorlik, tuganak biokimyoviy tarkibi, saqlanuvchanligi va urug‘lik sifatiga nihoyatda katta ta’sir etadi (N.N.Balashev, YE.G.Luchinina, 1978; T.E.Ostonaqulov, 2003). Qulay oziqlanish sharoiti, tuproq namlik rejimi va zichlashtirib kartoshka o‘stirishning hosil miqdori va urug‘lik sifatiga ta’sirini YE.V.Moskovina (1965), S.Xushvaqtov (1973), S.Narziyeva (1980), M.Q.Lukov (1984) kabilar o‘rganib, mineral o‘g‘itlar to‘liq N150 P120 K60 kg/ga meyorda, tuproq namligi o‘suv davrida DNS nisbatan 75-80 % da, 70x20-25, 90x15-20 sm yoki 90x30+30 (20) sm sxemalarda ekilganda eng yuqori bo‘lishini qayd etdilar.
Kartoshka urug‘chiligida mineral o‘g‘itlarni roli haqida olimlarning fikri turlicha. M.Y.Berezovskiy (1971), V.I.Minashkin, G.Shumetov (1972), N.N.Balashev (1976), S.M.Bukasov, A.Y.Kameraz (1972) kabilar azotli o‘g‘itlar tuganak urug‘lik sifatini yomonlashtirib, aynishni tezlashtiradi, fosforli o‘g‘itlar ham pishishni jadallashtirib, aynishga olib keladi, kaliyli o‘g‘itlar esa (xlor saqlamaydiganlari) o‘simlikning aynishiga bardoshligini oshiradi deb hisoblaydilar.
Kartoshkani o‘g‘itlash tizimi ekin o‘stirilayotgan muddat, navi, mahsulotdan foydalanish yo‘nalishi, tuproq tipi, suv bilan ta’minlanganlik darajasi, xosildorlik, tuproqning sho‘rlanish darajasi, o‘tmishdosh ekinlar kabilarga qarab turlicha bo‘ladi (T.E.Ostonaqulov, 1997). Toshkent viloyati bo‘z tuproqlarida N.Usmonbekov (1968) ta’kidlashicha, mineral o‘g‘itlarni N200 P200 K100 kg/ga meyorda qo‘llash eng samarali hisoblanadi. Samarqand viloyatining o‘tloq-bo‘z tuproqlarida T.E.Ostonaqulov (1980) ning kartoshka o‘rtapishar Lorx va Sulev navlari uchun mineral o‘g‘itlarni kechki muddatda N200 P160 K100 kg/ga meyor va nisbatda solish gektaridan 260-280 sentner tovar urug‘bop hosilni ta’minlagan. Mineral o‘g‘itlarni N250 P200 K125 va N300 P240 K150 kg/ga gacha oshirish hosildorlikning oshishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmay, balki uning aynishiga, urug‘lik va oziqlik sifatining pasayishiga olib kelishi aniqlandi. Mineral o‘g‘itlardan keng foydalanilish munosabati bilan kimyolashtirish majmuasida organik o‘g‘itlarning salmog‘i yanada ortib Haydalgan bedapoya, kuzgi g‘alla va oraliq ekinlardan bo‘shagan yerlarga yozda kechki kartoshka ekiladi. Yerni tayyorlash sug‘orish, chuqur ag‘darmay haydash, chizel va bir yo‘la boronalashdan iborat. Kechki kartoshkaga yerni haydash oldidan gektariga 25-30 tonna chirigan go‘ng, 300-350 kg ammofos va 150-200 kg kaliy tuzi solinadi. Yozda ekib, qishki va urug‘lik kartoshka hosili olishda o‘rta va o‘rtakechpishar navlarni (Kardinal, Dezire, Pikasso kabilarni) 15-30 iyunlarda, tezpishar va o‘rtatezpishar navlarni (Sante, Marfona, Arinda, Arnova, Aladin, Yaroqli-2010, Kurado, Rozara, Alvara, Eskord, Romano, Impala, Binella, Kosmos, Kondor, Memfis va Sevilya singarilarni) 5-15 iyulgacha ekish maqsadga muvofiq. Kechki qilib yozda ekishgacha saqlangan urug‘lik tuganaklar haddan tashqari ko‘karib ketadi. Uzun o‘simtali tuganaklarni ekish qiyin va bunday urug‘liklar hosili ko‘pincha kam bo‘ladi. Shuning uchun o‘simtalar uzunligi 8-12 sm ga yetganda 1-2 marta sindiriladi. Oxirgi marta o‘simtalarni sindirish ekishga 10-12 kun qolganda o‘tkaziladi. Natijada ekilgan tuganaklarning ancha erta va qiyg‘os unib chiqishi ta’minlanadi. Urug‘ni ekishga tayyorlash va ekish
Ekish uchun urug‘lik tuganaklarni shakli, rangi va o‘simtalarining yo‘g‘onligiga qarab e’tibor bilan tanlash mo‘l hosil garovidir. Urug‘lik tuganaklarni ekishga tayyorlash vazni 30-80 grammlik tuganaklar butun, yiriklari esa kesib ekiladi. Kesilgan va butun tuganaklar har 3-3,5 tonnasi 100 litr suvga 5-6 kg, Roslin yoki TMTD, 2-3 gramm qahrabo kislotasi va 4-5 kg ammofos aralashtirilib, ivitilib so‘ngra ekiladi. Kechki kartoshka gektariga 3,3-3,5 tonna urug‘lik tuganaklari ekiladi. Paykallarda 14-18 kun o‘tgach, o‘simliklar ko‘karib chiqadi. Shuning uchun maydonlar o‘simlik ko‘karguncha 1-2 marta yengil (400-500 m3) ga meyorda sug‘oriladi. Natijada har bir gektarda yetarli tup soni ta’minlanib, siyraklanib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kechki kartoshka o‘suv davrida 2 marta oziqlantiriladi: birinchi marta unib chiqish boshlanishi bilan birinchi qator orasiga ishlov berish chog‘ida mochevina yoki ammoniy selitrasi bilan (200-250 kg/ga); ikkinchi oziqlantirish esa shonalash davrida ikkinchi marta qator orasiga ishlov berishda gektariga 300-350 kilogramm mochevina yoki ammoniy selitrasi bilan amalga oshiriladi. Yozda eski tuganagi bilan ekilgan kartoshka tuproq namligini dala nam sig‘imiga nisbatan 70-80 % darajada ushlash uchun 10-12 marta (ekilgandan ko‘karguncha 1-2, ko‘karishdan g‘unchalashgacha ham 1-2, g‘unchalashdan pishishgacha 6-7 marta) sug‘oriladi. Sug‘orish har 8-14 kunda, gektariga 500-800 m3 hisobida beriladi. Hosilni yig‘ish olish va asrash Hosil palak sarg‘ayib, pastki barglari qurigach, tuganak po‘sti qalinlashib, stolonlardan osongina uziladigan bo‘lgach, oktabr oxiri noyabr oyi boshlarida yig‘ib olinadi. Kartoshka kovlangandan keyin dalaning o‘zida bir necha soat davomida quritiladi va mayda-yirikligiga qarab saralanadi. Bunda vazni 25-30 g dan yuqori bo‘lgan yirik tuganaklar tovar mahsulot sifatida ajratiladi. mayda va shikastlangan tuganaklar brakka chiqariladi. Yog‘in-sochinli kunlarda kovlangan kartoshka ombor yoki usti berk bostirmalarda 2-3 kun davomida quritiladi. Agar hosilni yig‘ish davrida qora sovuqlar tushib qolgudek bo‘lsa, sovuq urgan tuganaklarni aniqlash maqsadida kartoshka issiq binolarda bir necha kungacha saqlanadi. Bunda sovuq urgan tuganaklarning hamma qismi yoki ayrim joylari yumshab, ajralib qoladi. Manba: «Takroriy ekinlar – Farovonlik manbai», T.E.Ostonaqulov, N.X.Xalilov
bormoqda. Ulardan foydalanish mineral o‘g‘itlar samaradorligini oshiradi,
o‘simliklarni makro va mikroelementlar bilan ta’minlaydi, tuproqdagi oziq moddalar balansini tartibga solib turadi, qiyin eruvchan fosfatlarni o‘simliklar tomonidan yengil o‘zlashtiriladigan holatga o‘tkazish imkonini beradi (X.Z.Umarov, A.T.Toshxo‘jayev, M.Z.Umarova, 1989).
Go‘ng yerga solingach faqat birinchi yiligina emas, balki ikkinchi yili ham o‘simliklar uning tarkibidagi azotning 15-20 % ini, fosforning 10-15 % ini, kaliyning 10-15 % ini, uchinchi yilgi azotning 10-15 % ini, fosforning 5-10 % ini va kaliyning 0-10 % idan foydalanib, hosilning oshishiga ijobiy ta’sir etadi. Ko‘p yillik dala tajribalari natijalariga qaraganda, tarkibidagi yalpi oziq moddalari bo‘yicha ekvivalent miqdorida go‘ng va mineral o‘g‘itlar berilgan ekinlardan olinadigan qo‘shimcha hosil miqdori bir-biriga yaqin keladi (X.Umarov, A.Toshxo‘jayev, M.Z.Umarova, 1989). Yerga solingan har bir tonna go‘ng pomidor hosilini 170-180, karam hosilini 150-160, kartoshka hosilini 85-90 va poliz ekinlari hosilini 180-190 kilogramga oshiradi (X.Umarov, 1977; X.Umarov, A.Toshxo‘jayev, M.Z.Umarova, 1989). D.N.Pryanishnikov (1952) ta’kidlashicha, o‘g‘itlarni samarali qo‘llab ulardan foydalanish koeffitsentini oshirish maqsadida o‘simlikning o‘sish va rivojlanishining boshqa omillarini yaxshilash zarur. Maqbul o‘g‘it meyori nisbiy tushuncha bo‘lib, uni aniqlaydigan omillaridan biri sug‘orish xisoblanadi. Sug‘orish tufayli o‘g‘itlash tartibi, o‘g‘it turi, agrotexnika darajasi kabilar tufayli maqbul o‘g‘it meyori ortishi mumkin. O‘suv davrida organik va mineral o‘g‘itlar solib o‘simlikni yetarli miqdorda oziq elementlari bilan ta’minlash kartoshkadan muttasil mo‘l hosil olishning muhim omillaridandir (T.E.Ostonaqulov, 1980). Ko‘pchilik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, har qanday ob-havo va tuproq sharoitlarida kartoshka eng ko‘p kaliy, kamroq azot va juda kam fosforga extiyoj sezadi. Kartoshkaning oziq elementlarga talabi hosil oshishi va o‘g‘it meyori ortishi bilan ko‘payadi (A.I.Tamman, 1963). Oziqlanish sharoitini o‘zgartirib, o‘simlikning o‘sishini kuchaytirish, uning rivojlanishini to‘xtatish yoki jadallashtirish, yer ustki va ostki organlar nisbatini muvofiqlash, hosilni oshirish, olinayotgan mahsulot biokimyoviy tarkibini o‘zgartirish mumkin (M.B.Gilis, 1975). V.S.Goncharov (1971) ta’kidlashicha, o‘g‘itlash tufayli o‘simlikning assimilyatsiya yuzasi ortadi, o‘simlik tupida ko‘p va yirik tuganaklar to‘planadi. N.Jdanov va M.Lugmanov (1976) qayd etishicha, o‘g‘itlangan variantda o‘simlik orasi va qatorlar o‘simlik tomonidan tez yopilishi hisobiga tuproq 0-20sm qatlamida harorat 1,0-4,30 S ga (o‘g‘itsiz variantga nisbatan) past bo‘ladi. T.E.Ostonaqulov (1997) ta’kidlashicha, organik o‘g‘itlar bilan mineral o‘g‘itlar qo‘shib, birgalikda qo‘llansa, ekinlar hosildorligi yanada ortadi va eng ko‘p qo‘shimcha hosil olinadi. Tajribalardan aniqlanishicha, kartoshka urug‘lik tuganaklari, karam va pomidor urug‘lari mikroelementlarni 0,02-0,05 % li eritmasi bilan ekish oldi ishlanganda yoki bargi orqali oziqlantirilganda, hosildorlik 10-23 % ga ortganligi, sifati ancha yaxshilanganligi ma’lum bo‘ldi (T.E.Ostonaqulov, 1996).


Download 31.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling