Mavzu: Kechki kartoshka Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Kartoshkani ekish usullari va tup qalinligi


Download 31.78 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi31.78 Kb.
#1524341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kechki kartoshka 11

2.3. Kartoshkani ekish usullari va tup qalinligi
Ekish usuli to‘g‘risidagi ta’limotga sezilarli hissa qo‘shgan olimlar V.I.Edelshteyn (1962), I.I.Sinyagin (1975), M.V.Markov (1970), N.N.Balashev (1968, 1976), D.T.Abdukarimov (1971), V.I.Zuyev (1983, 1987), O.Y.Fonina (1972) va boshqalar hisoblanadi. I.I.Sinyagin (1975) ta’kidlashicha, o‘simlikning oziqlanish maydonini tanlash har qanday qishloq xo‘jalik ekinini yetishtirishning eng muhim tub masalalaridan bo‘lib, uni to‘g‘ri belgilash nafaqat hosil miqdori va sifatini, balki mahsulot birligiga mehnat xarajatlari va mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyatlarini aniqlaydi.T.E.Ostonaqulov (1991, 1997, 2002) tajribalari natijalariga ko‘ra, ertangi kartoshka navlari 70x20-25 sm sxemalarda ekilganda har bir gektar maydonda 57 mingtadan 71 mingtagacha ko‘chat bo‘lishini ta’minlaydi. Kartoshka tuganaklarini qalin ekish bir gektar maydondagi o‘simliklar soni ortirib qolmay, balki paykalning mikroiqlim sharoiti yaxshilanib, tuproq ortiqcha qizib ketmaydi, harorat pasayib, o‘simlik atrofida havo namligi oshadi. Bu ekinning o‘sishi, rivojlanishi, tuganak paydo bo‘lishi va yetilishi, nihoyat hosildorlikning ortishiga foydali ta’sir etadi, deb ta’kidlaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kartoshka hosilini belgilaydigan asosiy elementlardan biri – tupdagi poyalar soni hisoblanadi. Shuning uchun bir tupdagi poyalar 3-4 tadan kam bo‘lmasligi, har gektarda esa 160-250 ming poya bo‘lishi mo‘l ertagi kartoshka hosilining garovidir (T.E.Ostonaqulov, 1997). D.T.Abdukarimov, S.X.Xushvaqtov (1972) Samarqand viloyati sharoitida kartoshka Lorx navini 70x20 sm sxemada gektarda 71 ming tup qalinlikda ekish eng yuqori hosildorlik bilan birga ko‘p sifatli urug‘bop tuganaklar chiqishni ta’minlashini qayd etadi. N.N.Balashev, YE.G.Luchinina (1978), M.Q.Lukov (1983), S.X.Narziyeva (1981), T.Qurbonov (1984), T.E.Ostonaqulov (1975, 1997), M.Ortiqov (1999), A.Hamzayev (2000) va boshqalarning ta’kidlashicha, kartoshkani yetishtirish va ekish usuli, muddati, navi hamda hosildan foydalanish sohasiga qarab, 70x15-20 yoki 90x20-25 sm sxemalarda gektarda 95 ming tupgacha joylashtirish mumkin.
T.E.Ostonaqulov (1997) fikriga ko‘ra, tup son oshirilganda ayrim o‘simliklarning mahsuldorligi kamayadi, lekin gektardagi ko‘chat soni ko‘payib, buning evaziga har gektardan olinadigan hosil miqdori ortadi. Lekin o‘simliklar haddan tashqari qalin qilib ekilsa, ular salqinlashib qolib, bir-birini ezadi va nobud qiladi, natijada o‘simliklarningrivojlanishi kechikadi, hosili kamayadi va sifati keskin yomonlashadi.Respublikamizda quyoshning yerga kuchli darajada nur sochishi (insolyatsiyasi) o‘simlikning o‘sish va hosil to‘plashiga salbiy ta’sir etadi. Kartoshka ekinini bir gektar maydonida 40-50 ming metr kvadrat barg sathi shakllantiradigan ekish qalinligi eng qulay hisoblanadi (T.E.Ostonaqulov, 1991). S.X.Narziyeva (1981) Zarafshon vodiysi tipik va o‘tloq-bo‘z tuproqlarida kartoshka o‘rtapishar navlarini yozgi muddatda 90x20 va (90+30)x20 sm sxemada N200 P160 K100 kg/ga o‘g‘it sharoitida o‘stirishni tavsiya etadi. Kartoshkaning maydon birligidagi qulay tup qalinligi tuproq unumdorligi, o‘g‘itlash sharoitidan tashqari sug‘orish rejimiga ham bog‘liqligi N.N.Balashev, YE.V.Uspenskaya (1949), N.Usmanbekov (1968), A.T.Toshxo‘jayev (1978), N.N.Balashev, YE.G.Luchinina (1978), D.T.Abdukarimov, A.T.Toshxo‘jayev, T.E.Astanakulov (1978), T.E.Ostonaqulov (1997) kabilar tomonidan qayd etilgan.



Download 31.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling