Mavzu: Kechki kartoshka Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 31.78 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi31.78 Kb.
#1524341
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kechki kartoshka 11


Mavzu:Kechki kartoshka
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1.Kechki kartoshkani yetishtirishda xosildorlikga agrotexnik tadbirlar ta’siri
2.2.Kartoshka ekinining mineral ugitlarga talabi
2.3. Kartoshkani ekish usullari va tup qalinligi
2.4. Kartoshkaning biologik xususiyatlari
2.5. Kechki kartoshka yetishtirishda xosildorlikga agrotexnik tadbirlar ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va ularning tahlili.
III.Xulosa
IV.Fydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Kartoshka – oziq ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatga ega universal ekindir. U dunyo dehqonchiligida maydoni bo‘yicha bug‘doy, sholi, makkajo‘xoridan keyingi o‘rinda, ahamiyati jihatdan esa ikkinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun haqli ravishda ikkinchi non deb yuritiladi. Tuganak biokimyoviy tarkibi 75 % suv va 25 % quruq moddadan iborat. Quruq moddaning 70-80 % i kraxmal bo‘lib, tuganakda uning miqdori 13-20 %, oqsil-2-3 %, kletchatka-1 %, moy-0,2-0,3 %, shakar-1 %, kul 0,8-1,0 % ni tashkil etadi.Respublikamizda kartoshkachilik asosan nisbatan salqin, chirindiga boy, yer osti sizot suvlari yuza joylashgan tuproqlarda yoki tog‘li hamda tog‘ oldi hududlarda joylashtirilgan. Chunki, kartoshka kelib chiqishiga ko‘ra, baland tog‘li mintaqalar o‘simligi. Bunday joylarda tuproq va iqlim sharoiti kartoshkaning o‘sishi va rivojlanishi uchun nihoyatda qulay bo‘lib, yoz oylarida o‘rtacha harorat tekisliklarga qaraganda 8-100 S gacha past va namlik yuqori bo‘ladi.
Kartoshka ekinining agrotexnik va agroiqtisodiy ahamiyati ham katta.Chunki, chopiq talab ekin bo‘lgani uchun u yetishtirilgan dala tuprog‘i yumshoq va begona o‘tlardan tozalanib, ko‘plab boshoqli va dukkakli don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda shudgorni band qiluvchi ekin sifatida o‘stiriladi.O‘zbekistonda kartoshka asosan oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi. Faqat, notovar mayda, sifatsiz tuganaklar hosili mollarga beriladi.Tog‘li joylarda kunduzgi va tungi haroratlar o‘rtasidagi farq ham tekisliklarga nisbatan ancha katta bo‘lib, o‘simlikda kunduzgi to‘plangan assimilyatsiya mahsulotlari tungi soatlarda sarflanib ulgurmaydi va natijada o‘simlik yer ustki qismlarida to‘planib, xujayra shirasining konsentratsiyasini oshiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘simlikning sovuqqa chidamliligini kuchaytiradi. Shuning uchun, Pomir sharoitida kartoshka o‘simligi -7-80 S sovuqqa chiday oladi (N.N.Balashev, 1972, 1976; N.N.Balashev, YE.G.Luchinina, 1978). Ko‘pchilik tadqiqotchilar (N.N.Balashev, 1963; 1978; V.I.Zuyev, A.Umarov, O.Qodirxo‘jayev, 1987; D.T.Abdukarimov, 1971, 1987; T.E.Ostonaqulov, 1988, 1991, 1997, 2003; I.T.Ergashev, 2000 kabilar) ning ta’kidlashicha, tog‘li sharoitlarda virusli kasalliklar va ularning tashuvchilari kam tarqalgan. Shuning uchun, dengiz sathidan 1000 m va undan ziyod balandlikda yetishtirilgan kartoshka virus va bakteriyalardan sog‘lom, aynimagan bo‘lib, urug‘lik hamda boshqa sifatlari yuqori bo‘ladi (T.E.Ostonaqulov, 1997).O‘zbekistonning Urgut tumani sharoitlarida kartoshka ekinini urug‘lik hamda tovar maqsadlarda yetishtirishga mos va qulayligi bilan xarakterlanadi.Tog‘li sharoitda rayonlashtirilgan kartoshkaning tezpishar va o‘rtatezpishar navlar hosildorligiga agrotexnik tadbirlar ta’sirini o‘rganishni maqsad qilib oldik.Zarafshon vodiysining tog‘li va tog‘ oldi hududlarida qulay agrotexnologik tadbirlarni ilmiy asoslash muhim amaliy va nazariy ahamiyatga ega.


Download 31.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling