Mavzu: Kechki kartoshka Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Kechki kartoshka yetishtirishda xosildorlikga agrotexnik tadbirlar ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va ularning tahlili


Download 31.78 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi31.78 Kb.
#1524341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kechki kartoshka 11

2.5. Kechki kartoshka yetishtirishda xosildorlikga agrotexnik tadbirlar ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va ularning tahlili.
Yozda ekib, qishki va urug‘lik kartoshka hosili olishda o‘rta va o‘rtakechpishar navlarni (Lorx, Temp, Loshitskiy, Sulev, Berlixingen, Gollandiya navlaridan Kardinal, Diamant, Dezire, Pikasso kabilarni) 1-20 iyunlarda, tezpishar va o‘rtatezpishar navlar (Nevskiy, Zarafshon, Ogonyok, Detskoselskiy, Belorusskiy ranniy, Gollandiya navlaridan Sante, Marfona, Eskord, Romano, Impala, Binella, Kosmos, Kondor singarilarni) 15 iyundan 5 iyulgacha ekish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, o‘rtapishar va kechki navlarning urug‘lik tuganaklarini yozgi qilib ekish yaxshi. Chunki, ular omborxonalarda ekishgacha so‘limay va ko‘p nishlamay saqlanadi.Kechki qilib yozda ekishgacha saqlangan urug‘lik tuganaklar haddan tashqari ko‘karib ketadi. Uzun o‘simtali tuganaklarni ekish qiyin va bunday urug‘liklar hosili ko‘pincha kam bo‘ladi. Shuning uchun o‘simtalar uzunligi 8-12 sm ga yetganda 1-2 marta sindiriladi. Oxirgi marta o‘simtalarni sindirish ekishga 10-12 kun qolganda o‘tkaziladi. Natijada ekilgan tuganaklarning ancha erta va qiyg‘os unib chiqishi ta’minlanadi.Ekish uchun urug‘lik tuganaklarni shakli, rangi va o‘simtalarining yo‘g‘onligiga qarab e’tibor bilan tanlash mo‘l hosil garovidir. Urug‘lik tuganaklarni ekishga tayyorlash vazni 30-80 grammlik tuganaklar butun, yiriklari esa kesib ekiladi. Kesilgan va butun tuganaklar har 3-3,5 tonnasi 100 litr suvga 5-6 kg TMTD, 2-3 gramm qahrabo kislotasi va 4-5 kg ammofos aralashtirilib, ivitilib so‘ngra ekiladi. Ekish dastlab (1 - 10 iyunlarda) kechpishar, so‘ngra (1-20 iyunlarda) o‘rtapishar va oxirgi (25 iyun - 5 iyul) kunlari tezpishar navlar urug‘lik materiallari 10-12 santimetr chuqurlikda, har gektarda 57-70 ming tup, 70 X 20 - 25 yoki 90 X 15 - 20 santimetr sxemalarda SN-4B-2, SKS-4, KSN-9 markali sajalkalar bilan amalga oshiriladi. Bu borada Gollandiya «Kramer» sajalkasining ustunligini qayd etish va ekishda undan foydalanishni tavsiya etamiz. Chunki, Gollandiya sajalkasining kartoshka ekish apparatining asosiy qismlari yumshoq polimer materiallardan foydalanib tayyorlangan, bu ekishda uruqqa, ayniqsa nishiga zarar yetkazmaydiOlib borilgan tajribalar natijalariga ko‘ra kartoshka navlari yozda turli muddatlarda ekilganda hosildorligi va ko‘payish koeffitsenti qo‘yidagicha bo‘ldi. (1-jadval). Bunda kartoshkaning kardinal va Sante navlari 20 iyunda ekilganda gektaridan283,1 va 300, sentner hosil olinib, shundan Sante navida tovar hosil chiqimi 279,1 sentnerni yoki 98,6 % ni tashkil qildi.Kardinal navida esa bu ko‘rsatkich 290,6 sentneoni, umumiy hosilning 95,5 % ini tashkil etdi. Ushbu muddatda ikkala navda ham ekish meyori 3,3 tonnani tashkil qilib ko‘payishi koeffitsenti 8,5 va 8,8 borabarni tashkil etdi.Bu ikkala nav 5 iyulda ekilganda esa hosildorlik kordinal navida 238,3 sentnerni Sante navida 281, 7 sentnerni, tovar hosil chiqimi 224,2 va 267,1 sentnerni umumiy hosilgan nisbatan 94,1 – 94,8 foizni tashkil qildi. Ko‘payish koeffitsenti navlar aro 6,7- 8,1 marotbaga ko‘tarilganligi ko‘zatildi.Kardinal va sante navlari kechki muddalarda kechki muddatlarda ya’ni 20 iyulda ekilganda esa hosildorlik ko‘rsatkichlari 1780 senterdan 196,1 sentnergani tashkil qilib, tovar hosil chiqimi 160,6-182,2 sentnerni, umumiy hosilga nisbatan 90,2-92,9 foizni tashkil etdi. Ko‘payish koeffitsenti 4,8-5,5 barobardan iborat bo‘ldi.Tajribalar ntijalari shuni ko‘rsatdiki kartoshka navlarini kechki muddatlarda (20 iyun, 5 iyul va 20 iyulda) ekilganda eng yuqori hosildorlik(283,1-300,6 s/ga ), tovar hosil chiqimi (95,5-98,6 %) va eng ko‘p ko‘payish koeffitsenti (8,5-8,5) 20 iyunda kechki qilib ekib o‘stirilganda olindi.Kechki kartoshka gektariga 3,3-3,5 tonna urug‘lik tuganaklari ekilib, paykallarda 14-18 kun o‘tgach, o‘simliklar ko‘karib chiqadi. Shuning uchun maydonlar o‘simlik ko‘karguncha 1-2 marta yengil (400-500 m3) normada sug‘oriladi. Natijada har bir gektarda yetarli tup soni ta’minlanib, siyraklanib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kechki kartoshka o‘suv davrida ikki marta oziqlantiriladi. Birinchi marta unib chiqish boshlanishi bilan birinchi qator orasiga ishlov berish chog‘ida mochevina yoki ammoniy selitrasi bilan (200-250 kg), ikkinchi oziqlantirish esa shonalash davrida ikkinchi marta qator orasiga ishlov berishda gektariga 300-350 kilogramm mochevina yoki ammoniy selitrasi bilan amalga oshiriladi Kartoshka o‘rtapishar navlari hosildorligi va urug‘lik tuganaklar chiqimiga o‘g‘it normalarining ta’siri keltirilgan bo‘lib, bunda Lorx va Sulev navi o‘rganilgan.Ushbu tajribada birinchi variant o‘g‘itsiz, keyingi variantlar N100 P80 K50, N150 P120 K75, N200 P150 K100, N250 P200 K125, N300 P240 K150, ta’sir etuvchi normada o‘g‘it sarflangan. Ushbu fonda Lorx navi hosildorligi 13,8onnadan 3,45 tonnagacha o‘zgarib eng yuqori hosildorlik N300 normada berilganda (30,4 t/ga) olindi. Bunda urug‘lik tuganaklar chiqimi 8,3 tonnadan 16,7 tonnagachani tashkil qildi.umumiy hosildorlik nisbatan 54,8-59,8 5 ni tashkil qildi.Keyingi reprodutsiyalarda hosildorlik 24,0 tonnadan 27,6 tonnagacha o‘zgardi.. Bunda eng yuqori hosildorlik N200 P150 K100 normada berilib o‘stirilganda olindi.Aynigan tuganaklar foizi eng ko‘p oziqlantirilgan fonda ko‘zatilib 40 % tashkil qildi.Sulev navida esa eng yuqori hosildorlik N300 P240 K150 fonda o‘g‘itlaganda olinib, urug‘lik tuganaklar chiqimi N200 P160 K100 fonda eng yuqori 57,7 5 ni tashkil qildi. Keyingi reproduksiyada esa N200 P160 K100 fonda o‘g‘itlaganda 30,6 t/ga hosil olindi, aynigan tuganaklar 2,1-3,2 % ni tashkil qilib eng ko‘p aynigan tuganaklar o‘g‘itsiz variantda (3,2 %) kuzatildi.Demak, kartoshka navlar ini kechki muddatlarda har xil o‘g‘it normalarida oziqlantirilganda yuqori hosildorlik 30,4-28,8 tonnani, urug‘lik tuganaklar chiqimi 57,3-57,8 % ni tashkil qilar ekan. (2- jadval)Yozda eski (o‘tgan yilgi) tuganagi bilan ekilgan kartoshka tuproq namligini dala nam sig‘imiga nisbatan 70-80 % darajada ushlash uchun 10-12 marta (ekilgandan ko‘karguncha 1-2, ko‘karishdan g‘unchalashgacha ham 1-2, g‘unchalashdan pishishgacha 6-7 marta) sug‘oriladi. Sug‘orish har 8-14 kunda, gektariga 500-800 m3 hisobida beriladi.

Xulosa
Kardinal va Cante navlari kechki muddalarda kechki muddatlarda ya’ni 20 iyulda ekilganda esa hosildorlik ko‘rsatkichlari 1780 senterdan 196,1 sentnergani tashkil qilib, tovar hosil chiqimi 160,6-182,2 sentnerni, umumiy hosilga nisbatan 90,2-92,9 foizni tashkil etdi. Ko‘payish koeffitsenti 4,8-5,5 barobardan iborat bo‘ldi.
Tajribalar ntijalari shuni ko‘rsatdiki kartoshka navlarini kechki muddatlarda (20 iyun, 5 iyul va 20 iyulda) ekilganda eng yuqori hosildorlik (283,1-300,6 s/ga ), tovar hosil chiqimi (95,5-98,6 %) va eng ko‘p ko‘payish koeffitsenti (8,5-8,5) 20 iyunda kechki qilib ekib o‘stirilganda olindi.
Demak, kartoshka navlarini kechki muddatlarda har xil o‘g‘it normalarida oziqlantirilganda yuqori hosildorlik 30,4-28,8 tonnani, urug‘lik tuganaklar chiqimi 57,3-57,8 % ni tashkil qilar ekan.Bu tajribada rivojlanish davrlari bo‘yicha sug‘orish normasi unib chiqishan shonalashgacha 1- variantda 1052-1190 m3 / ga ni ikkinchi variantda 1086-1190 m3 / ga ni, uchinchi variantda 702-870 m3 / ga ni va 4 chi variantda 696-861 m3 / ga ni tashkil qilib, shonalashdan-gullashgacha esa 779-851, 799- 871, 468-542, 454-560 m3 / ga suv sarflangan.gullashdan palk sarg‘ayishgacha 773—810, 452-547, 734-811, 450-521 m3 / ga ni yoki mavsumiy sug‘orish normasi variantlar bo‘yicha 1 – variantda 5839-6022 m3 / ga, 2 variantda 4723-5034 m3 / ga,3- variantda 6320-6645 m3 / ga, 4 variantda 5751-6158 m3 / ga ni tashkil qildi. Sug‘orish sxemalari variantlar bo‘yicha 1-1-5, 1-1-6, 2-2-5, 2-2-7 sxemalarda amalga oshirildi. Demak, sug‘orish rejimini o‘rganishda eng ko‘p suv sarfi 6320-6645 75- 85-75 % da ya’ni 3 variantda kuzatildi. Eng kam suv sarfi esa 65-75-85 % da sug‘orilganda aniqlandi.



Download 31.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling