Mavzu: Ketma-ketlikni belgilash topshiriqlari. Test topshiriqlarining qiyosiy tavsifi. Reja


Testning asosiy tendensiyasi ko‘rsatkichlari


Download 118.85 Kb.
bet6/7
Sana07.05.2023
Hajmi118.85 Kb.
#1437036
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 mustaqil ish

Testning asosiy tendensiyasi ko‘rsatkichlari


Testning sifati bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarga testning asosiy tendensiyasi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar ham kiradi. Bu ko‘rsatkichlar normal taqsimot qonuniga asoslanadi. Yuqorida ko‘rganimizdek, test natijalari grafik shaklida ifodalanganda qo‘ng‘iroqsimon shakl hosil bo‘lishi kerak: o‘rtacha va o‘rtachaga yaqin ball olganlar ko‘pchilikni tashkil qilib, juda past yoki juda yuqori ball olganlar kamchilikni tashkil qilishi kerak. Bunday holatda testning asosiy tendensiya ko‘rsatkichlari – o‘rta arifmetik, mediana va moda o‘zaro teng bo‘ladi.

O‘rta arifmetik
Mediana
Moda



Normal taqsimot grafigida moda, mediana va ortacha arifmetikning joylashuvi
O‘rta arifmetik – bu test topshiruvchilar natijalarining o‘rtacha qiymati. O‘rta arifmetikni hisoblash uchun test topshiruvchilar ballarining yig‘indisi olinadi va test topshiruvchilar soniga bo‘linadi.
Misol uchun, 7 kishi test topshirdi va ularning ballari quyidagicha bo‘ldi:
10, 9, 9, 8, 7, 6, 5
O‘rta arifmetikni hisoblash uchun:
- jami ballar yig‘indisini olamiz: 10+9+9+8+7+6+5=54;
- natijani test topshiruvchilar soniga bo‘lamiz: 54/7=7,7.
Demak, o‘rta arifmetik 7,7ga teng.
Boshqa bir misol: 8 kishi test topshirdi va ularning ballari quyidagicha bo‘ldi:
8, 7, 7, 6, 5, 4, 4, 3
O‘rta arifmetikni hisoblash uchun:
- jami ballar yig‘indisini olamiz: 8+7+7+6+5+4+4+3=44;
- natijani test topshiruvchilar soniga bo‘lamiz: 44/8=5,5.
Demak, o‘rta arifmetik 5,5ga teng.
Mediana – test natijalarini kamayish ketma-ketligida joylashtirganimizda ketma-ketlikni teng ikkiga ajratuvchi son.
Yuqoridagi birinchi misolimizda: 10, 9, 9, 8, 7, 6, 5
mediana 8ga teng, chunki 8 sonigacha 3ta raqam va 8 sonidan keyin ham 3ta raqam joylashgan.
Yuqoridagi ikkinchi misolimizda: 8, 7, 7, 6, 5, 4, 4, 3
mediana 5,5ga teng, chunki o‘rtadagi 6 va 5 sonlarigacha 3ta raqam va bu sonlardan keyin ham 3ta raqam joylashgan, o‘rtada ikkita son bo‘lib qolganda esa ularning o‘rta arifmetik qiymati olinadi: (6+5)/2=5,5.
Moda – raqamlar ketma-ketligida eng ko‘p uchraydigan raqam. Ayrim hollarda raqamlar ketma-ketligida bittadan ortiq moda bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi birinchi misolimizda: 10, 9, 9, 8, 7, 6, 5
moda 9ga teng, chunki 9 raqami ikki marta uchragan, qolgan raqamlar bir martadan uchragan.
Yuqoridagi ikkinchi misolimizda: 8, 7, 7, 6, 5, 4, 4, 3
ikkita moda mavjud: 7 va 4. Bu har ikki raqam ikki martadan uchragan, qolgan raqamlar esa bir martadan uchragan.
Agar test test topshiruvchilar guruhi uchun juda
Download 118.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling