Mavzu: Kiber xavfsizlikva xalqaro hujjatlar Reja
Kiberxavfsizlikning muhim ahamiyati
Download 40.43 Kb.
|
Kiber xavfsizlik va xalqaro hujjatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQShning kiberxavfsizlik strategiyalari
Kiberxavfsizlikning muhim ahamiyati
1980-yillar boshida AQShda dastlabki shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarish ortidan boshlangan internet-texnologiyalarga asoslangan tijorat sovuq urushdan keyingi davrdagi global miqyosli rivojlanishning ilk xabarchisi bo‘ldi. Internetning ommalashuvi va tijoratlashuvidan so‘ng, 2000-yillarda mobil telefon texnologiyasi shiddat bilan rivojlanib bordi. Bugungi kunda esa tobora keng tarqalib borayotgan zamonaviy smartfonlar hayotning barcha jabhalariga kirib bordi. Texnologik rivojlanish bilan parallel ravishda, ayni paytda mamlakatlar «muhim infratuzilma» sifatida ta'riflanuvchi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimlarini tarmoq texnologiyalariga asoslangan innovatsiyalar bilan boshqara boshladilar. Natijada esa muhim infratuzilmalarning kiberxavfsizligini ta'minlash ularning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Intellektual inqilob natijasida 1990-yillardan e'tiboran davlatlar kiberdunyo taqdim etgan imkoniyatlardan o‘z harbiy salohiyatlarini rivojlantirish yo‘lida ham foydalana boshladilar. Bu borada xalqaro tizimda global va mintaqaviy kuch maqomida bo‘lgan ko‘plab davlatlar, xususan, AQSh va Xitoy o‘z kiberxavfsizligi va hujum qobiliyatini oshirish maqsadida maxsus strategiyalarni ilgari sura boshladi, ushbu jarayonlarni rivojlantirish maqsadida fundamental tuzilmalar yaratildi. Shundan kelib chiqqan holda, bu ikki davlat samarali kiberxavfsizlik qobiliyatiga ega deb bemalol aytish mumkin. AQShning kiberxavfsizlik strategiyalari Sovuq urush tugagach, 1990 yildan boshlab AQSh internetning ommalashuvi va tijoratlashuviga o‘z gegemonligini davom ettirishning vositasi sifatida alohida ahamiyat qaratdi. Amerika 2000-yillarning boshlariga qadar o‘zining kiberxavfsizlik strategiyasini ayni shu maqsadni ko‘zlagan holda ishlab chiqdi. 2000 yildan keyingi davrda esa Rossiya kiberimkoniyatlarni o‘z harbiy salohiyatini oshirish uchun qo‘llashi, shuningdek, Xitoydan kelib chiqadigan kiber-josuslik tahdidlari ortishi tufayli AQSh ham harbiy va razvedka maqsadlarini shu doirada kengaytirish payiga tushdi. Ta'kidlash joizki, AQShning kiberxavfsizlik strategiyasini belgilaydigan asosiy hujjatlar mamlakatning tegishli muassasalari tomonidan e'lon qilingan strategik ma'lumotlar, harbiy va xavfsizlik doktrinalaridangina iborat emas. Federal tizimning natijasi o‘laroq, AQShning kiberxavfsizlik strategiyasi shakllanishida prezident ko‘rsatmalari, tegishli xavfsizlik institutlari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar, shtatlar bo‘yicha tuzilgan kiber strategik rejalar ham katta ahamiyatga ega. Kiberxavfsizlik strategiyasida AQSh asosan quyidagi maqsadlarga e'tibor qaratadi: Muhim infratuzilmalarni himoya qilish uchun davlat va xususiy sektorlarning birgalikda harakatlanishiga erishish. Davlat va xususiy sektorning birgalikda harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishga oid rejalarni ishlab chiqish, xususiy sektorni kiber sohadagi vazifalarni bajarishga undash va uni bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlash. Ish beruvchilar va biznes sektorining kiberhujumlarga qarshi «immunitet»ini oshirish, federal darajada ta'lim berish va yo‘naltirishga ahamiyat qaratish. Rossiyaning kiber qudrati ortidan tug‘iluvchi tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish. Xitoyning kiber-josuslik tahdidlarining oldini olish maqsadida texnologik yangiliklarni amaliyotga muttasil joriy qilish va xususiy sektorning tijoriy manfaatlarini himoya qilish uchun zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, ichimlik suvi, aholi sog‘lig‘ini saqlash va favqulodda vaziyatlarga javob berish tizimlari, ijtimoiy ta'minot, axborot va telekommunikatsiya infratuzilmalari, energetika, transport, bank va moliya, kimyo sohasi, pochta tizimlaridagi barcha rasmiy kompyuter, dasturiy ta'minot va tarmoq texnologiyalarini kiberhujumlardan himoya qilish. Tovar va xizmatlar, g‘oyalar, tadbirkorlar va kapitalning erkin harakatlanishini ta'minlash. AQSh bilan ittifoqdosh mamlakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan kiberhujumlarga qarshi kurashda ushbu davlatlarni qo‘llab-quvvatlash. Download 40.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling