Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi bajardi
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish
Download 159.1 Kb.
|
3-3iqtim-20 Kamolov Zarif kor.iq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1-jadvaI Kichik biznes subyektlariga litsenziya beruvchi organlar
2. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turiari bilan shug ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozatberiladi. Litsenziya beruvchi organlar 2.1-jadvalda keltirilgan. Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo'lgan shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan so'ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida qarorqabulqilinadi. Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so'ng, 15 kun mobaynida ariza va zarur hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o'tkazish uchun ketgan xarajatlami ariza beruvchi to'laydi.
Litsenziya ikki nusxada bo'lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo'l qo'yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada arizaberuvchigatopshiriladi. Litsenziyada quyidagilar ko'rsatilgan bo'ladi: -litsenziya berayotgan muassasa nomi; -yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi; -litsenziya berilayotgan faoliyat turi; -faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari; -litsenziyaning royxat raqami, berilgan vaqti va muddati. Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada belgilangan qonun-qoidalar yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug ullansa, u holda litsenziya bergan muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir. Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda litsenziya bergan muassasa litsenziyani bekor qiladi. Download 159.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling