Mavzu: kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida marketing faoliyatini tashkil etish


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida


Download 147.33 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi147.33 Kb.
#1537537
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-мавзу

4.1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning ahamiyati

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo`lib marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» kontserni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni o`rnini tavisiflab shunday deydi, ya`ni «Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir»'.
Marketing elementlarining paydo XVII asrning o`rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashning turli shakllari paydo bo`ladi, keyinchalik marketing faoliyatining birinchi elementlari, ya`ni reklama, narx, sotish kabilarning rivojlanishi kuzatildi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog’likdir, shu bois marketing so`zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market - bozor, ing - faol, faoliyat, harakat ma`nosini inglatadi). Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo`nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun ikgisodiyot bo`yicha imaliyot faoliyati hamdir.
Talab bilan taklifning o`zaro ta`siri alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o`zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o`z navbatida shunday ijtimoiy-iqgasodiy kategoriyalarning o`zaro ta`siriga* nsoslanadi, ya`ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarning iste`moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Quyida marketingning asosiy kategoriyalari berilgan .

Ehtiyoj individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir.


Talab xarid quvvatiga ega ehtiyoj.
Talab - mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo`linadi.
Tovar - ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e`tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste`mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingning mohiyati iste`molchilar talabiga mos tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo`ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov ta`kidlaganidek "...Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport kilish amaliyotida imkon qadar tezrok qutilish, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yo`laklarini topish, bir so`z bilan aytganda, faol marketingga asoslangan tashki iqtisodiy siyosat yuritish zarur"1.
Marketing falsafiy ma`noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. Umuman, marketingga quyidagicha ta`rif berishimiz mumkin: marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyati turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko`payishi va tadbirkorlar o`rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har tomonlama o`rganish yo`nalishlarining asosiylaridan kuyidagilarni ko`rsatib o`tish zarur:

  • talabni o`rganish;

  • bozor tarkibini aniqlash;

  • tovarni o`rganish;

  • raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

  • sotish shakli va uslublarini taxlil etish. Marketing quyidagilarni o`rgatadi:

  • bozorni o`rganish;

  • uni taqsimlash;

  • tovarlarni joylashtirish;

  • marketing siyosatini olib borish;

  • tovar siyosati;

  • narx siyosati;

  • taqsimot siyosati;

  • siljitish (yo`naltirish) siyosati;

• yuksalish, qo`shimcha xizmatlarni (R1iz) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, etkazib berish, assortiment, shaxsiy iste`mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo`lib, iste`molchilar va ularning talab istaklarini o`rganish, ularga mos govarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib berish, takdsh etish, sotish, xizmat ko`rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o`zaro muvofiqpashtirishga xizmat qiladi.
Marketing tamoyillari marketang asosi va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati - tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish albatta iste`molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo`ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Marketingning asosiy tamoyillari:
•bozorni bilish;
•unga moslashish;
•bozorga ta`sir o`tkazish.
Xulosa qilib aytganda, marketingaing mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
•iste`molchilarga yo`naltirilgan tamoyil, ya`ni iste`molchi shoxdir;
•istikbolga yo`naltirilgan tamoyil, ya`ni sub`ekt faoliyati istiqbolga yo`naltirilgan bo`lishi zarur;
pirovard ko`rsatkichga erishishga yo`naltirilgan tamoyil, ya`ni bozor hissasi, foyda oshishi va hokazolar.
Marketing kontseptsiyasining mazmuni uning vazifaparini amalga oshirish orqali hal etaladi. Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga » bo`linadi:
•marketing tadqiqotlari;
•mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
•sotish va taqsimot vazifasi;
•tovarni siljitish;
•narxni tashkil etish vazifasi;
•marketshg-menejment vazifasi.
Marketing vazifalari firmaning boshqa vazifalari, ya`ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta`minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketinpshng vazifalari xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning boshqa vazifalaridan farqi shundan iboratki, marketing vazifalari xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, uning iste`molchilari, mijozlari o`rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirshp va tashkil etishga qaratilgan. SHuning uchun ham marketang vazifalari doimo o`zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta`sir etadi,


Download 147.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling