Mavzu: kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida marketing faoliyatini tashkil etish


Tadbirkorlik faoliyatida marketing tadqiqotlarining roli


Download 147.33 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi147.33 Kb.
#1537537
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-мавзу

4.3. Tadbirkorlik faoliyatida marketing tadqiqotlarining roli
Marketshg tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob`ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, xamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga karatilgan. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifning muvozanatiga ershpgan xolda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:

  • xaridorlar (iste`molchilar) ehtiyojini o`rganish;

  • tovarlarga ichki va tashqi talablarni o`rganish;

  • korxona faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • talab va taklif to`grisidagi olingan ma`lumotlar asosida bozorni o`rganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarning tovarlarni sotib olishga kiziqishini oshirish;

  • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish;

  • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to`g’risida ma`lumotlar olish;

  • to`ldiruvchi tovarlar va o`rnini bosuvchi tovarlar to`g’risida axborotlar yigish.

Tovarlarga talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iborat.
G.L. Bagiev va boshqalar "Zamonaviy marketing tadqiqotlari, tadbirkorlik tizimidagi axborot topish, to`plash, qayta ishlash va joriy hamda strategik kdrorlar qabul qilish jarayoni"1- deb ta`rif berganlar.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul larajasini belgalash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb etish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz ti`sir va doimiy yangilanishdir. SHu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar na firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur ma`lumotlar i,1 axborotlarni to`plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o`tkazish tirtiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma`lumot va manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so`rov, guruxli baxs eng ko`p qo`llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tsgkshli bosqichlarida samarali axborot to`plash, uni qayta ishlash, texnika nositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida kiltirilgan radio telefonli va bort-komp’yuterli avtomobilga boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini olib ko`raylik. Kuzatish uslubi vositasida xiridorlarning joriy davrda va avtomobil’ bozoridagi munosabatlari, ko`mikmalarini baholash mumkin. So`rov uslubida esa aniq bir xaridornyang «yamgi jihozlarga» qiziqishlari, ularga qo`yadigan talab va istaklarni baholash mumkin. eksperiment uslubida esa sinov tarzida avtomobillarning kichik pirtiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o`zaro bogliqlik, aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta`minlanishi lozim. Tuzilgan reja mohiyatan quyidagi savollarga javob berishi lozim.

  1. Qanday ma`lumotlar to`planishi kerak?

  2. Ma`lumotlarni kim to`playdi?

  3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?

  4. Ma`lumotlarni to`plashda qanday uslublar qo`llaniladi?

  5. Ma`lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda takdim etiladi?

  6. Ma`lumotlarni to`plash qachon va qaerda amalga oshiriladi?

  7. Ma`lumotlarni to`plash uchun qanday xarajatlar ko`zda tutiladi?

  8. Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi,

mazmunan va mantiqan bog’liqligi ta`minlanadi. Bu o`z navbatida tadqiqotning keyingi bosqichlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik va xatoliklarning vujudga kelishiga yo`l qo`ymaydi. Ma`lumotlarni to`plash bosqichi, tasdiqlangan reja asosida amalga opshrilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni qayta ishlash, tayinli tartibga solish vazifasini ham bajaradi. CHunki jamlanadigan ma`lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e`tibor beriladi.
.

Download 147.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling