Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana05.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1426721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
4-mavzu yosh

Kichik maktab Yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati о‘qish hisoblanadi
Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va xulq-
atvoridagi о‘rni nihoyatda katta. Bu davrda axlokiy xatti-harakat koidalari 
о‘zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yо‘nalishi tarkib topa boshlaydi. 
Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi 
о‘qish mobaynida muhim о‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va 
tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi. 
Bola о‘quv faoliyatida о‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida
harakat qilishga о‘rganadi, о‘z irodasini о‘quv maqsadlariga erishish uchun 
mashq qildiradi. О‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va 
tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola xulq-
atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri 
bu anglanilgan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga о‘tish davridir. Bola faol ravishda 
о‘zini о‘zi boshqarishga, qо‘yilgan maqsadlarga kо‘ra о‘zining faoliyatini tashkil 
etishga о‘rganish davridir. Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi 
shakllarini paydo bо‘lishi bevosita о‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir. Hech bir 
о‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan о‘zi о‘rgatmagan arifmetik misol 
va masalalarni echishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda kо‘p о‘qituvchilar ulardan 
qunt bilan о‘qishni, uyushqoqlikni, ma’suliyatlilikni, tartibga aniq rioya etishni talab 
etadilar. Vaholanki, ushbu kо‘nikmalar о‘qituvchi tomonidan ma’lum odat va 
malakalarga о‘rgatilinganidan sо‘nggina paydo bо‘ladi. 
Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida 
shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy xatti-harakatlar 
ularning shakllanishini asosiy qonuniga bо‘ysunadi. Unga kо‘ra yangi xatti-
harakatlar avvalo kattalar bilan bо‘lgan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola 
shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini о‘rganadi va shundan 
keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi. Kattalar
bolalarni amaliy jihatdan о‘z vaqtlarini tо‘g‘ri taqsimlash borasida
yaxshi о‘qish, о‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanish 
qoidalariga о‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan,
maslahatlashadigan yangi bir о‘rinni egallaydi. Kichik maktab davri bu 
ijobiy о‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning 
shu bosqichida har bir bola erishgan muvafaqqiyatlar darajasi nihoyatda muhim 
hisoblanadi.Agar shu Yoshda bola bilish, о‘rganish quvonchini his etmasa,о‘qish 
malakalarini egallay olmasa, dо‘stlashishni bilmasa, о‘ziga nisbatan, о‘z 
imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bо‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida 
amalga oshirish qiyinroq bо‘lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zо‘riqishni talab 
etadi. 
Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling