Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

Download 1.01 Mb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1475609
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

Biroq o‘quvchining suyak tizimi (ko‘krak qafasi, tos, qo‘l suyaklari), umurtqa pog‘onasida hali tog‘aysimon to‘qimalar uchraydi, bu esa mazkur tizimning etarli darajada takomillashib bo‘lmaganligidan darak beradi. Yurak muskullari ularda tez o‘sadi, qon tomirlarining diametri sal kattaroq bo‘ladi, miyaning og‘irligi boshlang‘ich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi.

Maktab ta'limi bolaning turmush tarzi, tartibi, ijtimoiy holati, sinf jamoasi, oila muhitidagi ahvolini o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat bo‘lib qoladi. Yangi bilim, ko‘nikma, malakalar egallab, tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi qonuniyatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Ta'lim o‘quvchidan muayyan darajadagi uyushqoqlikni, intizomlilikni, irodaviy zo‘r berishlikni, faollikni, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakatlar o‘rnini anglashilgan rejali, maqsadga muvofiq aqliy mehnat egallay boradi.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri — bu undagi o‘ziga xos ehtiyojning mavjudligidir. Mazkur ehtiyoj o‘z mohiyati bilan muayyan tartibdagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lmasdan, balki faqat o‘quvchi bo‘lish is-tagining aynan o‘zidan iboratdir. Bu ehtiyoj zamirida o‘qishning tashqi alomatlari (atributlari), chunonchi, forma kiyish xohishi, o‘z shaxsiy portfeliga, dars tayyorlash burchagiga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg‘usi kabilar yotadi, xolos

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling