Mavzu: kichik maktab yoshi davrida xotira jarayonlari, psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari mundarija: Kirish i-bob. Kichik maktab yoshi davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari
II-Bob. Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotira jarayonlaridagi muammolarni psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari
Download 104.66 Kb.
|
Chuliyeva Asila
II-Bob. Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotira jarayonlaridagi muammolarni psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari.
2.1. Kichik maktab yoshidagi bolalar xotira jarayonlarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar Bizning dunyo haqidagi va o’z tanamiz haqidagi bilimlarimizning asosiy manbai sezgilardir. Ular bosh miyaga tashqi dunyo xodisalari va inson organizmi haqidagi ma’lumotni yetkazib beruvchi asosiy kanallar bo’lib, insonga tashqi dunyo va o’z tanasida yo’nalishni belgilashga yordam beradi. Agar bu kanallar yopiq bo’lganda edi sezgi organlari kerakli informatsiyani yetkazib bermagan bo’lardilar, xar qanday ongli xayotning imkoni bo’lmagan bo’lar edi. Doimiy informatsiya kelishidan mahrum bo’lgan odam uyqu xolatiga tushib qolishi xaqida faktlar mavjud. Bunday xolatlar inson eshitish, ko’rish, xid bilishdan to’satdan maxrum bo’lganda, teri orqali sezish qandaydir patologik jarayon orqali chegaralanganda sodir bo’ladi. Shunga yaqinroq jarayon inson uni tashqi ta’sirotlardan ajratib turuvchi yorug’lik va ovoz o’tmaydigan kameraga tushib qolganda yoki u bir xil xolatda (masalan yotish) bo’lishga majbur bo’lganda yuz beradi. Juda ko’p tadqiqotchilarning ko’rsatishicha, ilk bolalik davrida eshitish yoki ko’rish qobiliyatining yo’qligi bois informatsiya kelishining buzilishi bola psixik taraqqiyotining keskin sustlashuviga olib keladi. Agar bolaligida ko’rish yoki eshitish qobiliyati bo’lmagan bolalarni bu defektlarni kompensatsiya qiluvchi tuyishning maxsus usullarga o’rgatilmasa, ularning normal psxik rivojlanishi mumkin bo’lmay qoladi va bu bolalar mustaqil rivojlanmaydilar. Sezgilar insonga signallarni qabul qilish va tashqi dunyo va organizm xolatining xossalari va belgilarini aks ettirish imkonini beradi. Ular insonni tashqi dunyo bilan bog’laydilar va bilishning asosiy manbai xamda inson psixik taraqqiyotining asosiy sharti hisoblanadilar.1 Biroq bu holatning aniqligiga qaramay fanda shunday fikrlar ham mavjudki, bizning ongli hayotimizning haqiqiy manbai sezgilar emas, balki ongning ichki holati, tashqi dunyodan kelayotgan informatsiya oqimidan mustaqil ravishda mavjud bo’lgan va tabiatan berilgan aqlli fikrlash qobiliyatidir. Bu qarashlar ratsionalistlar (X.Volf) g’oyalari asosida yotadi. Uning fikricha, psixik jarayonlar tarixiy murakkab tarixiy taraqqiyot maxsuli emas, aql va ong inson “ruxi”ning birlamchi xossasidir. Uzoq yillar mobaynida insonning psixomotor rivojlanishi ikki omilli metafizik nazariya doirasida qaralib kelindi, bunda ba’zi mualliflar hal qiluvchi o’rinni irsiy omillarga, psixomotorikaning genetik jihatdan determinantlashgan morfofunktsional mexanizmlariga ajratadilar (Krechmer va boshqalar), boshqa bir mualliflar esa yetakchi rolni atrof muhitga beradilar (Fr. Galton, 1875), va nihoyat boshqa bir mualliflar ikkala omillar ham o’zaro ta’sirda bo’ladilar, ya’ni konvergentlashadilar deb ta’kidlaydilar. (V. Shtern, 1935). Oxir oqibatda bolalar psixologiyasida dunyo bo’yicha tanilgan L.S. Vigotskiy, A. Vallon, J. Piaje, Dj. Bruner, A.V. Zaporojets, T. Bauer va boshqa mualliflarning ishlari paydo bo’ldi. Bu tadqiqotlar konkret psixofiziologik jarayonlarning rivojlanishi haqidagi muhim eksperimental ma’lumotlarni o’z ichiga oladi, ularning orasida intermodal va sensor koordinatsiyalar rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar ko’proq qiziqarlidir, shuningdek, maxsus mashqlar yordamida bilishni rivojlantirishdagi ma’lum bosqichlarni tezlashtirish imkoniyatlari haqidagi tadqiqotlar ham e’tiborga loyiqdir. Inson hayotining birinchi yillari “intensiv ravishda jismoniy va axloqiy rivojlanish” davri sifatida e’tirof etiladi. “Mazkur davrda motor ko’nikmalar shakllanadi, ko’pincha idrok jarayonlari rivojlanishi tugaydi va bilish qobiliyatlari asoslari shakllana boshlaydi, buning natijasida keyinchalik intellek rivojlanadi” (T. Bauer, 1979). Boladagi psixomotor (harakat) imkoniyatlari bir qator psixik funktsiyalar rivojlanishining yosh xususiyatlariga bog’liq bular muskul-harakat sezgilari va idrok, sensomotor rivojlanish, xotira, tafakkur va diqqatdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarda harakatlar tezligi ortadi, lekin ularning aniqligi unchalik yuqori bo’lmaydi, chunki juda ko’p ortiqcha, anglanmagan harakatlar amalga oshiriladi. Bolalar tashqi jixatdan o’xshash jismoniy mashqlarni yomon farqlaydilar, harakatlarning boshqaruvning asosiy parametrlari bo’yicha yomon tafovutlaydilar. Kichik maktab yoshida tafakkur, diqqatning taqsimlanishi va ko’chishi hali yaxshi rivojlanmaganligi bois harakat ko’nikmalarini o’zlashtirish qiyinchilik bilan kechadi. Bir necha o’n yillar mobaynida yosh davrlari psixologiyasi bo’yicha mutaxassislar turli yoshdagi bolalarga xos bo’lgan xususiyatlarni o’rganishga xarakat qilganlar. Ulardan biri Arnold Gezell (1880 —1961), yangi tug’ilgan chaqaloqlarni butun bolalik davomida kuzatgan. U bolalardagi u yoki bu xulq atvor shakli qanday va qachon paydo bo’lishini qayd qiladi: emaklash, yurish, yugurish, mayda predmetlarni olish, qaychi yordamida qirqish malakasi, qalamdan foydalanish va inson figurasini chizish malakalari va x.k.lar. U to’plangan ma’lumotlari asosida yosh taraqqiyotining turli davrlarida oddiy bola imkoniyatlarini ifodalab bergan. Gezellning kuzatishlarida shu narsa ma’lum bo’ldiki, yaxshi ovqatlangan bolalarda xulq atvorning bu shakllari jiddiy va oldindan aytib bo’lmas ketma—ketlikda yuzaga kelgan. Konkret bolaning yoshiga qarab u faqat bolaning bo’yi yoki og’irligini aniqlab qolmasdan, uning bilim va ko’nikmalarini ham aniqlashga muvaffaq bo’lgan. Bu esa Gezellga bola o’sishining dinamikasi birinchi navbatda atrof—muhitga bog’liq emas degan xulosaga kelishga imkon berdi. Bola erishgan narsalarning ko’pchiligi ko’proq uning rivojlanishi biologik jadvali asosida aniqlanadi. Xulq atvorning har qanday yangi tipi yetilish funktsiyasi sifatida vujudga keladi. Biroq Gezell nazariyasi va metodlari bir nechta nozik tomonlarga ega. U o’rgangan bolalar bir ijtimoiy qatlamga mansub bo’lib, o’xshash sharoitlarda voyaga yetganlar va ehtimol bu holat ular xulq—atvoridagi o’xshashliklarga ta’sir qilgandir. Hozir bizga ma’lumki, turli ijtimoiy—madaniy sharoitlarda tarbiyalangan bolalar, uning jadvalida aks ettirilgan o’rtacha ko’rsatkichlardan keskin farq qiluvchi rivojlanish ko’rsatkichlariga egalar. Masalan AQSHdagi o’rtacha normal bolalar 11 va 13 oyda yura boshlaydilar, Gezelda esa bu ko’rsatkich 15 oyni tashkil etadi. Ehtimol bu siljish go’daklarni parvarish qilish jarayonining yaxshilanishi bilan bog’liqdir. Olim kuzatgan go’daklar 1930 yillarda tug’ilganlar. Ular ko’p vaqt davomida tinch holatda, yo’rgaklab yotqizib qo’yilganlar. Bu narsa ularga zamonaviy bolalar ega bo’lgan yurishga imkon beruvchi ko’nikmalarning erta tajribasiga ega bo’lishga halaqit bergan. Bundan tashqari bolaning yurishni boshlash muddatiga madaniy xususiyatlar ham ta’sir ko’rsatadi. Hopkins (1991) ma’lumotlariga ko’ra qora tanli bolalar oq tanli bolalarga nisbatan bir necht hafta oldin yura boshlaydilar. SHimoliy Hindistonlik go’daklar, ular qayerda tug’ilishidan qat’iy nazar ertaroq yura boshlaydilar. Buning sababi ularning onalari massajni erta qo’llaydilar va bola faolligini qo’llab—quvvatlaydilar. Gvatemalilik go’daklar tor va qorong’i uylarda yashashlari, yaxshi boquv va e’tibordan mahrum ekanliklari sababli rivojlanishning nazorat nuqtasida ko’rsatilgan muddatdan ancha keyin yura boshlaydilar. Ba’zi sust tomonlarga ega bo’lishiga qaramay Gezell tadqiqotlari o’z qiymatini yo’qotmaydi. Taraqqiyot psixologiyasi Gezellning birlamchi tadqiqotlaridan ancha ilgarilab ketdi. Pertseptiv, motor, kognitiv va emotsional rivojlanish — konkret ijtimoiy muhitda yuz beruvchi yagona jarayondir. Go’dak ko’rish maydoni doirasiga tushgan predmetni ulab ko’rishga, uni o’zi tomon surishga, diqqat bilan tomosha qilishga harakat qiladi. Birinchi qadamini qo’yayotgan bola ikki yoqqa o’zini tashlab uni rag’batlantirib turgan onasi quchog’iga intiladi. Uning uchun noodatiy bo’lgan vertikal joylashuvda u predmetlarni yangi qiyofada ko’radi, yangi predmetlarni o’rganadi. Go’dakning motor rivojlanishi uning pertseptiv, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Bolaning tanasi, bosh miyasi va tajribasi taraqqiyotning spiralsimon modeliga asosan bir—biriga o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy va motor rivojlanish faqatgina yetilish sababli emas, balki imkoniyatlar va qobiliyatlarning dinamik tizimi tufayli ham amalga oshadi. G.Krayg (2000) fikricha, hayotining to’rtinchi oyida bola o’zida qo’l va barmoqlar borligini seza boshlaydi va uni bir necha daqiqa mobaynida tomosha qiladi, ikkala qo’lini birgalikda ushlashga, bir qo’lini ikkinchi qo’li bilan ushlab ko’rishga harakat qila boshlaydi. 5—6 oydan boshlab davrda ko’pchilik go’daklar o’z taraqqiyotlarida ko’rish—yo’naltirilgan olish deb atalmish muhim bosqichga yetishadilar. Ular qo’llarini aniq uzatishlari va yoqqan narsani ushlashlari, hatto harakatlanayotgan bo’lsa ham, uni o’zlari tomon siljitishga muvaffaq bo’ladilar. Narsalarni ushlash uchun qo’l va kaftlar harakatlari va bu harakatlarni tashkil etish qobiliyati ustidan ixtiyoriy nazoratni amalga oshirish kerak bo’ladi. Dastlabki 5 oylik mobaynida go’daklar barchoqlar yordamida tashqi dunyoni o’rganishni boshqarish uchun vizual informatsiyadan foydalanadilar. Asta—sekin ular uzatish, ushlash, chaynab ko’rishni ketma—ketlikda birlashtiradilar va ularning dunyosi o’zgaradi: endi ular alohida va birgalikda qo’llanuvchi qo’l, ko’z, og’iz yordamida ob’ektlarni sistematik tarzda o’rganishga kirishishlari mumkin. Bu davrda barmoqlar va kaftlarni qo’llash bilan bog’liq mayda motorikani takomillashtirish jarayoni davom etadi. 5 oyga kelib bola reflektor ushlashdan ixtiyoriy ushlashga o’tadi. Bolalarning aksariyati 8 oylikdan boshlab ob’ektlarni bir qo’ldan ikkinchi qo’lga olishlari, ba’zi bolalar esa predmetni ikkita barmoqlari bilan ushlashlari va bunda bosh barmoqni tayanch sifatida qo’llashlari mumkin. Ular har bir qo’llariga alohida predmetni olishni va ularni bir—biriga urib ko’rishni zavq bilan bajaradilar. Download 104.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling