Mavzu: kichik maktab yoshi davrida xotira jarayonlari, psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari mundarija: Kirish i-bob. Kichik maktab yoshi davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari


Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotira jarayonlaridagi muammolarni psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari


Download 104.66 Kb.
bet6/8
Sana17.10.2023
Hajmi104.66 Kb.
#1706180
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chuliyeva Asila

2.2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotira jarayonlaridagi muammolarni psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari.
Bolalarda kichik maktab yoshida oliy asab markazlarining boshqaruvchanlik ta’siri sekin-asta mukammallashib boradi. Buning natijasida diqqat xarakteristikasida ahamiyatga molik o’zgarishlar yuz beradi, uning barcha xususiyatlari jadal sur’atlarda rivojlanib boradi: ayniqsa diqqat ko’lami keskin (2 barobar) ortadi, uning turg’unligi oshadi, diqqatni ko’chirish va taqsimlash ko’nikmalari rivojlanadi. Lekin faqatgina 9-10 yoshlarda bolalar hatti-harakatlarning berilgan dasturini mustaqil bajara oladilar. Diqqatning yaxshi xususiyatlari va uning tashkil qilinishi kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qishdagi o’zlashtirishida muvaffaqiyatlarining belgilovchi omili hisoblanadi. Yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilar diqqat rivojlanishining yuqori ko’rsatkichlariga ega bo’ladilar. Bunda maxsus tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, turli predmetlarni o’zlashtirishda diqqatning turli xususiyatlari «hissasi» turlichadir. Masalan, matematika fanini o’zlashtirishda yetakchi o’rinni diqqatning ko’lami, til o’rganishda diqqatning taqsimlanishi, o’qishga o’rgatishda diqqatning turg’unligi egallar ekan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, diqqatning turli xususiyatlarini rivojlantirib, turli fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichlarini yuqoriga olib chiqish mumkin. Ammo bu masalaning murakkab tomoni shundaki, diqqatning turli xususiyatlari bir xilda rivojlanish imkoniyatiga ega emas. Ta’sirga ko’proq diqqatning ko’lami moyilroq bo’lib, u individual xarakterga ega, shu bilan bir vaqtda diqqatning taqsimlanishi va turg’unligi rivojlantirish qiyin bo’lgan va betartib rivojlanish xususiyatiga ega bo’lgan tomonlardir. (O.Yu.Ermolaev, 1987).
Kompyuterga tobe bolalar uchun psixokorreksion dastur tuzish. O‘yinga tobelik namoyon bo‘lishida, ehtimol, yosh davr xususiyatlari alohida o‘rin tutsa kerak. Ehtimol, har bir yosh bosqichda “kompyuter o‘yinlariga (K0‘) tobelik” fenomeni yosh davrlarida namoyon boTuvchi o'zgarishlarning shakllanishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi, motivatsion ehtiyoj sohasining o‘zgarishiga, shaxsning jamiyatdagi mavqeyi, holatiga ta’sir qiladi hamda shaxslararo munosabat xususiyatini belgilab beradi. Kompyuter o‘yinlariga tobe sinaluvchilarning motivatsion sohasi xususiyatlarini aniqlanadi. Test metodi - “Muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi” testi (modifikatsiyasi) sinaluvchilar motivatsion sohasidagi yetakchi yo‘nalishni aniqlashga xizmat qiladi. Kompyuter o‘yinlariga tobelik darajasi o‘zaro farqlanuvchi o‘quvchilar motivatsion sohasida muvaffaqiyatga modjal olish xususiyatlariga ko‘ra individual-psixologik tafovutlar aniqlanadi. Kompyuter o‘yinlariga tobelik darajasi yuqori kichik maktab o‘quvchiiarida tobelik darajasi past o‘quvchilarga nisbatan muvaffaqiyatga intilish motivatsiyalari ustun ekanligi empirik izlanishlarda o‘z ifodasini topdi. Shu o‘rinda ziddiyatli munosabat shakllanib qolmasligi kerak, ya’ni kompyuter o‘yinlariga tobelikning o‘sishi o‘quvchilarning muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining o‘ sishiga va bu holat ularning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishidagi yutuqlarini kafolatlaydi, degan noto‘g‘ri taassurotni tug‘dirmasligi kerak. Ushbu mulohaza haqqoniy ko‘rinish olishi uchun kompyuter o‘yinlari bilan o‘quv maqsadlarining uyg‘unligi ta’minlangan boiishi lozim. Motivatsiya ko‘rsatkichlari hamda kompyuter o'yinlariga tobelik darajasi o‘rtasida miqdoriy muhim aloqadorlikning mavjudligi kuzatilgan, Bu holat о‘quvchilaming kompyuter o‘yinlariga tobeligi bilan muvaffaqiyatga initilish motivlari o‘rtasidagi ichki aloqadorlik kompyuter o‘yinlarida erishadigan yutuqlari oqibati deb baholash mumkin. Ulardagi muvaffaqiyatga erishish motivatsiyalari kompyuter oVmlarida yuqori natijalarga erishish, o‘yin bosqichlarini muvaffaqiyatli bosib o‘tish va yuqori natijalarga erishishga qaratilganligini ifodalaydi. Tadqiqot natijalari kichik maktab yoshidagi sinaluvchilarda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining ko‘proq ifodalanishini ta’kidlash imkoniyatini berdi. Bu o‘yinning kichik maktab yoshidagi bola rivojlanishiga tabiati hamda ta’siri mexanizmini tushunish imkoniyatini beradi. Xususan, kompyuter o‘yinlariga tobelik fenomenini kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin emas. Tobelik tushunchasi asosiy faoliyat turining cheklanganligi bilan bog‘liq. Kichik maktab yoshidagilarda biz quyidagilarni kuzatishimiz mumkin: kompyuter o‘yini o‘quv faoliyatini cheklamaydi, balki uning shaklini o‘zgartiradi. Agar kelgusida o‘quv faoliyati maqsadlariga muvofiq keladigan hamda bolalarning intellektuallik darajasini o‘stirishga mo‘ljallangan kompyuter o‘yinlari shakllantirilsa, u o‘quv ko‘nikmalarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratadi, aqliy sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolaning bilish faolligini rag‘batlantiradi. Motivatsion sohasini rivojlantiradi, buning hisobiga esa o‘zligini qabul qilish hamda hurmat qilish tarzining shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Bizning fikrimizcha, kompyuter o‘yinlariga psixologik tobelikning asosi bo‘lib, ehtimol, quyidagilar xizmat qiladi: “o‘qituvchi - o‘quvchi”, “bola - katta yoshlilar” munosabati tizimidagi va tengdoshlari bilan munosabat xususiyatlarini o‘rganish muhim deb hisoblandi.
Ota-onalarga tavsiyalar 1. Bolani vaqt meyorlari bilan tanishtirish. 2. Bolani kundalik vazifalarini nazorat qilish (to‘garaklar, qiziqishlar). 3. Uydakitob o‘qishni kuchaytirish. 4. Har kuni bola bilan muloqot kilib, kelib chiqqan muammolarga birgalikda yechim topish. 5. Do‘stlarini uyga taklif qilish orqali bola kim bilan muloqot qilayotganini bilish. 6. Farzandning bo‘sh paytida qaerda bo‘lishini bilish. 7. Muloqot qoidalarini o‘rgatish. 8. Emotsional stressni yechish usullarini o‘rgatish. 9. Kompyuter o‘yinlari nazoratini amalga oshirish. 10. Sportga qiziqtirish. 11. Internetga nazoratsiz kirishga ruxsat bermaslik. 12. Farzand bilan salbiy hodisalar, yomon illatlar, vayronagarchilik kabi tushunchalar haqida suhbatlashish. 13. Farzand uchun namuna bo‘lish. Profllaktika Bolaning muammolarini muhokama qiling, o‘zingiznikini gapirib bering. Agar o‘z kechinmalaringizni boMishsangiz yaxshi bo ‘ladi. Bunday holatlarda qanday hislarni boshdan kechirganingizni gapirib bering. Bola uni tushunishni chin dildan istayotganingizni, do‘stona ishtirokingizni sezadi. Bolaning quvvatini “tinch yo‘nalishga” yo‘naltirish zarur, shuning uchun uni nima qiziqtirishini aniqlashtiring - (kino, san’at, kitoblar to‘plash, sur’atga olish va hokazo) buni qanchalar tez amalga oshirsangiz, shuncha yaxshi bo‘ladi: hayoti qiziqarli mashg'ulotlar bilan to£lgan odam o‘zini anchayin baxtli va keraklik hisoblaydi. Unda o‘ziga e’tiborni qaratish zarurati yo‘q va unga bitta bo‘lsa ham do‘st bo‘ladi. Eng asosiysi unga o‘zi uchun mos bo‘lgan munosabat doirasini yaratadi. Bu haqida u hali kichkinaligidan g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Bu sizning do‘stlaringiz bolalari qandaydir klub, to‘garak, seksiya bo‘lishi mumkin bir so‘z bilan aytganda o‘xshash qiziqishlar bir biriga ijobiy munosabatda boiuvchi odamlarni birlashtiruvchi har qanday jamoa. Bolani qayg‘urishga o‘rgatish atrofdagilami hissiyotlarini tushinishga yordam beradi. Oilada bola kimgadir yoki nimagadir javobgar bo‘lsin, kichik ukasiga, uydagi gullarni sug‘orishga va albatta 7-8 yoshdan boshlab shaxsiy portfeli, stol va o‘z xonasiga va hokazo. Sekin-astalik bilan unga o‘z ishlaringizni o‘tkazing va bolada mas’uliyatlilik hissini shakllantiring. Bolalarning muammolari ko‘pincha biz kattalaming fonida kulguli, o‘ylab topilgan, e’tiborga noloyiq ko‘rinadi, lekin bola bunday o‘ylamaydi, unga ko‘p holatlar imkonsiz tuyuladi. Buni har doink yodingizda tuting va tez-tez o‘z bolaligingiz muammolarini xotirlang, uni o‘rnida bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lar edingiz, shuni o‘ylang. Bola sizning e’tibor va tushunishingizga g‘amxo‘rlikka va yordamga umid qilishi mumkinmi? Asosiysi kattalar va bolalarga bu hissiyotlarda qancha chizilsa,shuncha yashashga yordam berish.


Download 104.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling