Mavzu: Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi. I-bob. Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi
Mehmonxona xo‘jaligida ma’muriyat o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlashni takomillashtirish
Download 294 Kb.
|
Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi. kurs ishi
Mehmonxona xo‘jaligida ma’muriyat o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlashni takomillashtirish
Har qanday mehmonxonaning ma’muriy xizmati faoliyatining samaradorligini ta’minlashda xodimlar o‘rtasida vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash muhimdir. Tashkilotda vazifalarni belgilashda tashkilotning strukturasini hisobga olish aloida ahamiyatga ega. Tashkilot strukturasi tashkilotning o‘z maqsadlariga samarali ravishda erishishini ta’minlaydigan boshqaruv pog‘onalari va funksional sohalar o‘rtasidagi mantiqiy o‘zaro munosabatni ifodalaydi. Vakolatlarni taqsimlash (vakolatlarni uzatish) – bu vazifa va vakolatlarni ularni bajarishga javobgarlikni olgan shaxsga taqsimlash tushuniladi. Uning vositasida rahbariyat xodimlar o‘rtasida tashkilot maqsadlariga erishish bilan bog‘liq behisob vazifalarni taqsimlaydi.Mantiqan qaraganda, agar mavjud vazifa biror xodimga uzatilmagan bo‘lsa,bu vazifani rahbarning o‘zi bajarishga majbur bo‘ladi. Ko‘p hollarda boshqaruvning mazmuni o‘z vazifalarini boshqalar tomonidan bajarilishiga erishish deb tushuniladi. Amaliyot ko‘rsatishicha, aynan vazifalarni uzatishni noto‘g‘ri qo‘llash ko‘plab rivojlanayotgan tashkilotlar inqiroziga olib kelgan. Vakolatlarni taqsimlashni samarali amalga oshirish uchun uning javobgarlik va tashkilot vakolatlari konsepsiyalari bilan bog‘liqligini tushunib olish kerak bo‘ladi.3 Javobgarlik - bu mavjud vazifalarni bajarish majburiyatini olish va uning amalga oshirishiga javob berishdir. Amalda xodim o‘ziga berilgan lavozim doirasidagi vazifalarni bajarish evaziga ma’lum mukofot olish haqida tashkilot bilan shartnoma tuzadi. Tabiiyki, agar ma’muriyat xodimi o‘z vazifasini noto‘g‘ri bajarsa, uni tuzatishga majbur bo‘ladi yoki oqibatlari uchun javob beradi. Vakolat - o‘zida tashkilot resurslaridan cheklangan holda foydalanish va uning ba’zi odimlarini ma’lum vazifalarni boshqarishga yo‘naltirishni ifodalaydi. Albatta, vakolatlarni uzatish motivatsiya, ta’sir etish va etakchilik bilan bog‘liq. Rahbar o‘z xodimlarini vazifalarni bajarishga unday olishi lozim. SHu bilan birga vazifalarni uzatishda kshp xatoliklar uchraydi. Rahbarlarning vakolatlarni uzatishni unchalik xush ko‘rmasliklarining asosiy sabablarini quyidagilar bilan izohlash mumkin: «Men buni xodimdan yaxshiroq qilaman » degan xato fikr; rahbarda kasbiy ko‘nikmalar va qobiliyatning yo‘qligi; qo‘l ostidagixodimlarga ishonmaslik; tavakkalchilik bilan bog‘liq xavf-xatardan qo‘rqish; tashkilotda mavjud havf–xatardan rahbarni ogohlantiruvchi tanlanma nazoratning yo‘qligi. Vakolatlarni taqsimlash va vazifalarning bajarilishini ta’minlashda xodim tomonidan mas’uliyatni zimmasiga olmaslik havfi tug‘iladi. Ushbu havfni yuz berishidan oldin aniqlash kerak. Buning uchun bo‘ysunuvchilarning vakolatlarni o‘ziga olishdan qochish sabablarini bilish muhimdir, ya’ni: xodim mustaqil fikrlashdan ko‘ra rahbardan so‘rashni qulayroq deb biladi. Bu ma’lum darajada xodimning javobgarligini kamaytiradi; o‘z xatolarini tanqid qilishlaridan qo‘rqadi. Natijada xodimda tashabbuskorlik pasayadi, harkatlari ishonchsiz bo‘ladi; xodimda topshiriqni bajarish uchun zarur axborot va resurslar etishmaydi. Xodim vazifani bajara olmasligiga ko‘zi etadi va uni zimmasiga olmaslikka harakat qiladi; xodimda unga haddan tashqari ko‘p vazifalar yuklanganligi haqidagi fikrning mavjudligi; xodimda o‘z bilim va tajribasiga ishonchning yo‘qligi; xodimga etarli ijobiy rag‘batlantirish vositalari taklif etilmasligi. Ma’muriy xodim faoliyatini samarali tashkil etish vakolatlar va vazifalar balansini muvofiqlashtirishni taqozo etar ekan, rahbar vakolatlar va vazifalarning tabiatini chuqur tushunishi, xodimga uning qobiliyati va lavozimiga mos vazifalarni yuklashi hamda tegishli vakolatlarni uzatishi lozim. Bu jarayon ayniqsa, ko‘p bosqichli ierarxik tuzilishga ega tashkilotlarda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Mehmonxona industriyasining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq boshqaruv siyosati belgilanadi: - asosiy mehmonxonalar xaftaning har kunida va kechayu-kunduz ishlaydi; - narxlar belgilab qo‘yilgan va yuqori, taklif xam qayd qilingan, ammo talabga bog‘liq xolda ular mavsumiy o‘zgarib turadi; - bu industriya ham ishlab chiqarish va ham xizmat ko‘rsatish; - barcha xizmatlar bevosita mijozlarga qaratilgan, ammo taqdim etilgan maxsulot sezilarli yoki sezilarsiz tabiatga ega; - ko‘pgina jarayonlar uyg‘unlashgan, ulardan aksariyati ayni vaqtda bajariladi; - ko‘pincha juda ziq vaqt va yuqori daraja muvofiqlashuv (koordinatsiya) talab qilinadi; - menejerlardan asosan boshqaruv soxasida maxorat va yuqori professionallik talab qilinadi; - oliy toifali bo‘lishni talab qiladigan mehnatdan tashqari, oily toifali bo‘lishni talab qilmaydigan mehnatlar mavjud; - aksariyat mehnatga kam ish xaqi to‘lanadi; - xodimlarni ishdan tashqari vaqtda ishlashga majbur qiladi; - ayol kishilar va yoshlarni soatbay mehnat xissalari katta; - aksariyat xodimlar o‘zga mamlakatdandir; - xodimlar qo‘nimsizligi katta. Mehmonxona xo‘jaligining ishlari va boshqaruv jarayoni mehmonxonaning tashkiliy strukturasi (tuzilmasi) doirasida kechadi. Struktura – bu mansabdorlar va xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatdagi model. Struktura – farmoyish va buyruqlar sxemasini belgilaydi va uning yordamida mehmonxona faoliyati rejalashtiriladi,tashkil qilinadi, yo‘naltiriladi va nazorat qilinadi. Strukturaning maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - Mexnat taqsimoti; - Vazifa va majburiyatlarni aniqlash; - O‘zaro munosabat va xizmat o‘rinlarini belgilash; - O‘zaro aloqa vaositalarini aniqlash. Mehmondo‘stlik industriyasi kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi uning iqtisodiy samaradorliginigina emas, xodimlarning ma’naviy qoniqishlarini, mehnatdan mamnunligini ham bildiradi. Menejerlar tashkiliy tuzilmaning va ishni tashkil etishning kompaniya xodimlarining sa’y-harakatlariga va faoliyatiga ta’sirini aniqlashlari zarur. Tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish chog‘ida mutaxassislar tashkilot maqsadi bilan bog‘liq faoliyat hamda uning unsurlari (elementlari) faoliyatiga asoslanadilar. Birinchisi – bu tashkilotning asosiy faoliyati bo‘lib, u ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi va provard oxirgi mahsulotga qaratiladi. Bu faoliyat mahsulotni yaratish, uni taklif qilish, marketing va tashkilotni moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi. Xulosa Ishni shakllantirishda kuzatuv tadqiqotlari, to‘plangan internet ma’lumotlarining tahlili natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: · Mehmonxonaga muayyan kategoriya berishdan avval, quyidagi mezonlar hisobga olinadi: - Mehmonxona joylashgan hudud va binosiga qo’yilgan talablar; - Suv va elektr ta’minoti; - Isitish tizimi; -Havfsizlik masalalari; -Texnik jihozlanish; -nomerlar va ularning jihozlanishi; -Santexnika uskunalari; -Mehmonxonadagi yordamchi xonalar; - Mehmonxona va uning jihozlanishi; - Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va xizmat toifasi. · Administrator nafaqat mehmonni ro’yhatdan o’tkazish hujjatlari, balki ichki foydalanish hujjatlarini ham yuritadi. Ichki foydalanish hujjatlari ish jarayonini rejalashtirish, samarali amalga oshirish va hisobotlar tuzishga yordam beradi. · Tozalash ishlarini bajarishda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehmonxona inshootlarini sanitariya talablariga mos ravishda tozalashlari shart. · Birinchi darajali mehmonxonalar nomerda xizmat ko‘rsatuvchi «Room service» xizmatiga ega bo‘lishi kerak. Agar ushbu xizmat to‘g‘ri tashkil etilsa,mehmonxona daromadining 15% ni tashkil etishi mumkin. · Mamlakatimizda xususan Samarqand shahrida mehmonxona sohasida kuchli raqobat mavjud. Har bir mehmonxona ushbu raqobat kurashida g‘olib bo‘lishi uchun doimo o‘z faoliyati, xizmatlari assortimentini takomillashtirib borishi, mijozlarning shiddat bilan o‘zgarayotgan ehtiyoj va qiziqishlarini o‘rganib tahlil qilishi va operativ tarzda “javob qaytarishi” zarur. Download 294 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling