Mavzu: Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi. I-bob. Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi
Ma’muriyat tushunchasi va uning tashkilot boshqaruvidagi tutgan o‘rni
Download 294 Kb.
|
Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi. kurs ishi
Ma’muriyat tushunchasi va uning tashkilot boshqaruvidagi tutgan o‘rni.
Bozor munosabatlari sharoitida har bir rahbar, eng avvalo, o‘z idorasidagi, boshqaruv apparatidagi xodimlarni, mutaxassislar va xizmatchilar ishini boshqara olishi kerak. CHunki faoliyat samaradorligi ko‘p jihatdanboshqaruv komandasi ishining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Bu masalani ijobiy hal qilish rahbar xodimlardan ularning shaxsiy qobiliyatlari bilan birga boshqaruv faoliyati asoslari ilmini mukammal egallashlarini, ma’muriy menejment asoslarini bilishlari va yuqori darajali malakaga ega bo‘lishlarini talab qilinadi. Tashkilotda ma’muriyat ishini to‘g‘ri tashkil eta bilish, vazifa va vakolatlarni taqsimlashda xodimning malakasini e’tiborga olish, boshqaruv usullaridan o‘z o‘rnida foydalanish, samarali va ahil boshqaruv apparatini shakllantirish har bir rahbar faoliyatining asosini tashkil etadi Rahbarning qo‘l ostidagi xodimlarga bo‘lgan iliq munosabati xodimlarning o‘z ishlarini yuqori sifatli qilib bajarishlarini va ko‘tarinki ruhda ishlashlarini ta’minlaydi. Rahbarlarning xodimlar bilan ishlash jarayonida xodimlarning holatlarini va shaxsiy xususiyatlarini inobatga olishi, ijtimoiy adolat tamoyiliga rioya etishi ularning qalbiga yo‘l topa bilishi uning bilim darajasiga, muomala madaniyatiga bog‘liqdir. Bu kabi hususiyatlarga ega bo‘lgan rahbarlar o‘zlari boshqarib turgan jamoalari oldiga quyilgan murakkab masalalarni to‘g‘ri hal qilishga va rejalarni yuqori samarali qilib bajarishga qodir bo‘ladilar. Bunday jamoalarda ruhiy iqlim muqarrar barqaror topgan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday jamoalar har qanday qiyinchilikni engib o‘tishga qodir bo‘ladilar. Mazkur jamoalar Respublikamiz iqtisodiyotini ko‘tarishda markaziy ustun bo‘lib xizmat qiladi. SHunday hususiyatlarga ega bo‘lgan rahbarlarning sonini oshirish oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash darajasiga va ishlab turgan rahbarlarning malakasini uzluksiz tarzda oshirishga bog‘liqdir. Tashkilotdagi ma’muriyatning tuzilishi asosan boshqaruv apparati sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqaruv apparatining tarkibini bir-biri bilan bog‘langan teng xuquqli birliklar va bo‘g‘inlar bilan to‘ldirish uning tashkiliy tuzilmasi deyiladi. Har bir bo‘linma o‘z vazifasiga ega bo‘lib, bo‘linma bajaradigan vazifalar doirasini, uning faoliyat chegaralarini, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi. Tashkilotning rasmiy tuzilishida chiziqli va funksional aloqalar o‘ziga hos hususiyatga ega bo‘ladi. CHiziqli boshqaruv aloqalari boshqaruv va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, funksional aloqalar bevosita boshqaruv faoliyatini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Tuzilish bo‘linmalari rasmiy va norasmiy aloqalarda bo‘ladi. 2 Rasmiy aloqalar - bu eng avvalo rahbarlar bilan buysunuvchilar o‘rtasidagi aloqalardir (vertikal aloqalar). Ular rahbarlikning va buysunuvchilarning turiga qarab farq qiladi. Agar rahbarlik to‘laqonli bo‘lib, quyi bo‘linmalar faoliyatiga doir barcha masalalarga dahldor bo‘lsa, bu xildagi aloqa muntazam aloqa deb aytiladi. Rahbarlik cheklangan bo‘lsa, u holda aloqa funksional bo‘ladi. Bo‘linmalar o‘rtasida, vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir. Download 294 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling