Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Mehnat normalarini hisobi


Download 0.97 Mb.
bet40/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

3. Mehnat normalarini hisobi.
Ishchilar soni va umumiy ish haqi fondining xisobi.
Sanoat korxonalarida ishlovchilar soni quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar va xisoblanadilar:
- asosiy ishchilar,
- yordamchi ishchilar (navbatchi personal bilan birga),
- muxandis-texnik xodimlari,
- xizmatchi va kichik xizmat qiluvchi personal.
Ishlab chiqarish ishchilar soni xizmat ko’rsatish (boshqarish), ishlab chiqarish va vaqt normalari asosida xisoblanadilar (bajariladigan ish harakterga qarab).
Tsex xodimlar (muxandis, xizmatchi, kxk) soni boshqaruv sxemasiga binoan tsexning shtat ro’yxati jadvalida xisoblangan bo’ladi (shtat jadvalida hamma mansablar va shtat birliklari qayd etiladi).
Ishchilarning xozirgi soni uz navbatida smena va sutkalik sonlardan iborat.
Ishchilarning xozirgi soni 1 smena mobaynida ish vazifasini bajarish uchun zarur bo’lgan sonni (ship) bildiradi (nsm).
Ishchilarning xozirgi sutkalik soni esa 1 sutka mobaynida zarur bo’lgan ishchilar sonini ifodalaydi va uni xisoblash uchun (psm) smenalar soniga ko’paytiriladi (nsut).
Uzluksiz ishlab chiqarishda ish jarayoni butun sutkalik tartibda tashkil bo’lib , unda ishlab chiqarishni dam olish va bayram kunlarida amalga oshirishni ta’minlash uchun ishlash uchun (urniga almashish shtati) ishchilar zaxirasini inobatga olish shart. Ishchilarning sutkalik soni va ushbu zaxira sonining yigindisi shtat sonini tashkil qiladi (nsht)
Undan tashqari har bir korxona mehnat va o’quv ta’tillar, dekret va kasallik bo’yicha, davlat va jamoat vazifaarni o’tash uchun ishga chiqmagan o’rniga almashtirish uchun zarur bo’lgan rejali rezerv ishchilar sonini belgilashi lozim. Ishchilarning shtat soni va ushbu rejali ishga chiqmasliklar kunlari uchun mo’ljallangan ishchilar rezerv sonining yigindisi esa ro’yxat sonni tashkil etadi.
Ishchilarning ro’yxat soni tsex yoki korxonada ishchilarga bo’lgan talabni ifodalaydi (ma’lum kasb va malakasi bo’yicha) va shtat sonining tegishli o’tish koeffitsienti ko’paytirmasiga teng.
Bu o’tish koeffitsienti esa ishchining yil mobaynidagi ish vaqti balansida ishlab chiqarish turiga qarab xisoblanadi.
Ishchilarning yil mobaynidagi ish vaqti balansi mehnat va ish haqi bo’limida aloxida uzluksiz va uzlukli ishlab chiqarish turlari uchun tuziladi.
Amaliyot o’tish davrida ushbu bo’limda ish joylari, kasbi, malakasi bo’yicha ishchilar haqida ma’lumot olish lozim, hamda shunga qarab tarif stavka, mukofot va ustama haqlar tizimini aniqlash kerak.
Ish haqi fondlar xisobi aloxida asosiy va yordamchi ishchilar, hamda tsex xodimlari uchun xisoblanadi.
Chunki asosiy ishchilarning ish haqi va ijtimoiy sugurta ajratmalari mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasida «mehnatga doir to’gri sarflar» moddasida aks etiriladi, yordamchi ishchilar va tsex xodimlar ish haqlari esa «boshqa qolgan harajatlar» yoki mehnatga doir yondosh harajatlar moddasida qayd etiladi. Tarif stavkalar O’zbekiston Respublikasida qo’llaniladigan yagona tarif setka asosida xisoblanadi (22 razryad va ularga tegishli tarif koeffitsientlar, minimal ish haqi miqdori,tarmoq tarif koeffitsientiga binoan.)
3 -ilovada ish sharoiti va mehnat haqi turiga qarab tarif stavkalar keltirilgan.
Ish haqi fondi:
- ishlangan vaqt uchun to’langan haq;
- ishlanmagan vaqt uchun to’langan haq;
- taqdirlovchi to’lovlardan iborat.
Ishlangan vaqt uchun to’langan haq quyidagilardan iborat:
- tarif stavka, ish bay rastsenka va okladlar bo’yicha ish haqlari;
- natural haq tarzida to’langan mahsulotning qiymati;
- tarif ustidan to’lanadigan rag’batlantiruvchi ustama va qo’shimcha haqlar (yuksak maxorat, tajriba, qo’shimcha kasblarni egallash uchun va x.k.);
- mehnat sharoiti va ish tartibi bilan bog’liq bo’lgan kompensatsion to’lovlar.
Ishlanmagan vaqt uchun haqlar esa quyidagilardan iborat:
- yillik va qo’shimcha ta’til (otpuska)lar uchun;
- o’spirinlarning imtiyozli vaqti uchun;
- xodimga tegishli bo’lmagan ish to’xtashlar uchun;
- majburiy progul (ishga chikmaslik)lar uchun to’langan haq.
Taqdirlovchi to’lovlar ham quyidagilardan iborat:
- bir vaqtli mukofotlar;
- ish staji, yil yakunlari bo’yicha to’lovlar;
- moddiy (pul) yordami;
- foydalanmagan ta’til uchun kompenstsiyalar;
- xodimlarga ragbatlantirish uchun bepul beriladigan aktsiyalarning
kiymatlari.
Umumiy ish haqi fondi to’g’ri, asosiy va qo’shimcha ish haqi fondlaridan iborat.
To’gri ish haqi (tarif) fondi deb haqiqatdan ishlangan vaqt yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab to’langan haqga aytiladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling